|
O‘tkazuvchan materiallarni
|
bet | 1/4 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 73 Kb. | | #269989 |
Bog'liq 3-amaliy ish
O‘tkazuvchan materiallarni elektr xarakteristikasiga solishtirma qarshiligini va unga teskari kattalik solishtirma o‘tkazuvchanlikni; kontakt potensiallar farqi va termoelektr yurituvchi kuchni (termo E.Yu.K.); metallardan elektronlarni chiqish ishini kiritish mumkin.
Solishtirma o’tkazuvchanlik simenslarda ifodalanadi (Sm/m) va 𝜎 = 𝑞2𝑛0
2𝑚𝑣t
formula yordamida aniqlanishi mumkin, bu yerda q – elektron zaryadi (1,6 ·10– 19Кl); n0 – metallni hajmi birligidagi erkin elektronlar soni; λ – panjarani ikkita tuguni orasidagi masofa, bunda erkin elektronlar bir biri bilan to‘qnashishidagi o‘rtacha masofa; m – elektron massasi; vт – erkin elektronni issiqlik harakatini o‘rtacha tezligi.
Erkin elektronlarni konsentratsiyasi va ularni xaotik issiqlik harakati tezligi ma‘lum haroratda turli metallarda juda kam farq qiladi, shuning uchun solishtirma o‘tkazuvchanlik asosan erkin elektronlarni o‘tkazgichdagi yugurish yo‘lini o‘rtacha uzunligiga bog‘liq. Issiqlik tezligi o‘tkazuvchi materialning strukturasi bilan aniqlanadi. Masalan, kristall panjarasi eng tartibga keltirilgan toza metallar uchun solishtirma qarshiligi kichik, panjarada defektlarni bo‘lishi va aralashmalar mavjudligi ρ ni oshishiga olib keladi. Shunday qilib, o‘tkazgichlarni solishtirma qarshiligi ρ = ρтепл + ρост, bu yerda ρтепл – asosan panjarani issiqlik tebranishlariga asoslangan solishtirma qarshilik, ρост – kristall panjarada defektlar mavjudligi bilan bog‘liq solishtirma qarshilik.
Metallar uchun harakterli bo‘lgan solishtirma qarshilikni haroratga bog‘liqligi 22 - rasmda keltirilgan.
Debay haroratidan Θ yuqoriroq haroratlarda u metallar uchun 400...8000С ga teng solishtirma qarshilik chiziqli ortadi va u asosan panjarani issiqlik tebranishlarini oshishiga bog‘liq. Past haroratlar sohasida (kriogen) solishtirma qarshilik deyarli haroratga bog‘liq bo‘lmaydi, faqat ρост bilan aniqlanadi.
|
| |