22 – rasm. Metallar uchun solishtirma qarshilikni haroratga bog‘liqligi
Metall o‘tkazgichlarni solishtirma qarshiligini haroratga bog‘liq o‘zgarishini solishtirma qarshilikni harorat koeffitsiyenti deb ifodalash qabul qilingan, ТК ρ yoki αρ (К–1). Agar harorat tor chegarada o‘zgarsa, bunda solishtirma qarshilikni o‘rtacha harorat koeffitsiyentidan foydalaniladi
𝜌
𝛼 = 𝜌1−𝜌0
𝜌0(T1−T0)
(41)
bunda ρ0 – boshlang‘ich harorat deb qabul qilingan Т0 haroratdagi solishtirma qarshilik; ρ1 – Т1 haroratdagi solishtirma qarshilik. Metallar uchun α ρ 4·10 –3К –1 ni, qotishmalar uchun esa ancha kam – 10 –4...10 –6 К –1 ni tashkil qiladi.
Yuqori o’tkazuvchanlikka ega metallar va qotishmalar yetarli darajada mustahkamlik, plastiklik, korroziyaga chidamlilik, yaxshi qalaylanadi va payvandlanishga ega bo‘lishi kerak. Amalda kimyoviy toza metallardan: mis, allyuminiy va kumush ega.
Mis (Cu) bir qator qadrli texnik xossalarga ega: kichik solishtirma qarshilik, yetarli yuqori mexanik mustahkamlikka, qoniqtiruvchi karroziya chidamlilikka ega; ishlov berishga yaxshi (varaqlarga, lentalarga oson prokatlanadi va simga cho‘ziladi); qalaylanish va payvandlanish xususiyati yaxshi. Eng kichik solishtirma qarshilikka ximiyaviy toza mis ega (kislorodsiz М00 б solishtirma qarshiligi 0,017 mkОm·m; vakuumda tozalangan misni elektrolitik qayta eritish bilan yoki katoddagi misni kukun metallurgiyasi usuli bilan olinadi). Misni mexanik va elektr harakteristikalari uni holatiga sezilarli bog‘liq. Masalan, MT markali qattiq
cho‘zilgan mis kam o‘tkazuvchanlikka va nisbiy cho‘zilishiga ega, ammo MM markali kuydirilgan misga nisbatan katta mexanik mustahkamlikka ega.
Katta mustahkamlikka ega bo‘lgan maxsulotlar uchun kadmiyli va berilliyli latun va bronzadan foydalaniladi.
Alyuminiy (Al) havoda oson oksidlanadi, bunda mustahkam oksid plenkasi bilan qoplanadi va u metallni keyinchalik oksidlanishidan himoyalaydi, bu uning yuqori korroziyaga mustahkamligini ta‘minlaydi. Simli alyuminiyning solishtirma elektr qarshiligi 0,028 mkОm·m dan oshmasligi va yuqori plastiklikka ega bo‘lishi kerak.
Kumush (Ag) minimal solishtirma elektr qarshiligiga ega 0,016 mkОm·m; uncha yuqori bo‘lmagan mustahkamlik, ammo yaxshi plastiklikka ega. Boshqa qimmatbaho metallarga (oltin, plastina) nisbatan kumush pasaytirilgan ximiyaviy chidamlilik, metall asosga u bilan qoplangan diffuziyalanish an‘analariga ega.
Qalaylar (Sn) – qotishmalarni metallar bilan qalaylashda foydalaniladi. Yuqori o‘tkazuvchanlikdan tashqari ular uncha katta bo‘lmagan o‘tish qarshiligiga (kontakt qarshiligi) ega bo‘lishi kerak. Qalaylarni ikki turini farqlashadi: past haroratli qalaylashtirish, bunda qalaylashtirish harorati 400° gacha erish haroratiga ega va yuqori haroratli qalaylashtirish. Qalaylash erish harorati metallni eritish haroratidan pastroq bo‘lishi kerak, qalaylashtirishga uchraydigan, qalay sirtni yaxshi xo‘llashi kerak, metallni chiziqli kengayishini harorat koeffitsiyenti va qalayniki yaxshi bo‘lishi kerak. Qalaylashtirishda qalay asosidagi qo‘rg‘oshin, rux, kumushdan (bu qotishmalar evtektik aralashmalarni hosil qiladi) yaxshi o‘tkazuvchanlik va qarshilikka ega, ular qotishmalarni hosil qiluvchi metallarnikidan oz farq qiladi. Past haroratli qalaylashtirish uchun qalay- qo‘rg‘oshinli va qalay-ruxli qalaylashtirgichdan foydalaniladi: ПОС 61 (61% qalay, evtektik qotishma erish harorati 183°), ПОЦ-90 (90% qalay, evtektik qotishma, erish harorati 199°). 100° dan past haroratlarda vismutni qo‘rg‘oshin, kadmiy va qalay qotishmalaridan (yuqori mustahkamlikni ta‘minlamaydi, vismutli qotishmalar mo‘rt bo‘ladi) foydalaniladi. Yuqori haroratli sifatida mis, mis-rux, mis-fosfor li qalaylashtirgichda (ПМЦ-36, 36% mis). Kumushni
qalaylashtirgichlar juda texnologik ular yaxshi eriydi, yumshaydi, mexanik xususiyatlari yuqori erish harorati 779 dan 920° gacha (mis bilan kumush).
|