|
Mavzu: Hisoblash uchun kerakli ma'lumotlar to'plash
|
bet | 1/4 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 93,5 Kb. | | #116233 |
Bog'liq Hisoblash uchun kerakli ma\'lumotlar to\'plash
Mavzu: Hisoblash uchun kerakli ma'lumotlar to'plash
Reja:
1. Elektr yoritish qurilmalarini tanlash.
2. Yoritish normalari
3. Elektr yoritgichlardan oqilona foydalanish
4. Elektr energiya isrofini kamaytiruvchi chora-tadbirlar
Xozirgi davrda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida bo’layotgan umumiy energiya iste‟molidan 10-15% elektr yoritishga sarflanadi. Elektr yoritish tarmoqlarida elektr energiya sarfini kamaytirish uchun lampa va yoritgichlarni to’g’ri tanlash kerak, ulardan oqilona foydalanish va kuchlanishni kerakli darajada saqlab turish kerak. Elektr energiya sarfi qabul qilingan yoritish normalari, yoritgichlarni turlari va ularning ish rejimlari bilan bog’liqdir. Yoritish qurilmasi mumkin qadar kam elektr energiyasi va pul mablag’ini sarflab talab qilingan ko’rish sharoitlarini ta‟minlashi lozim.
Ko’rish sharoiti ravshanlikning ko’rish maydonidagi rejasi va taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Amaliy sharoitlarda ravshanlikni hisoblash va o’lchash juda ko’p qiyinchiliklar bilan bog’liq. Shuning uchun ish yuzasidagi yoritilganlik darajasini me‟yorlashda uning qaytarish koyeffitsIyenti hisobga olinadi. Bizning kundalik tajribamiz shuni ko’rsatadiki, biror ishning o’zini har xil darajadagi yoritilganliklarda bajarish mumkin.
Yoritilganlikni ko’tarishni davom ettirsak ko’rish qulayligiga, ya‟ni har qanday operatsiyani bajarishga yetadigan yoritilganlikka erishish mumkin. Ko’rish qulayligini ta‟minlashga kerak bo’ladigan yoritilganlik ishlatilayotgan yorug’lik manbalari nurlanishining spektral tarkibiga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi vaqtda o’rnatilgan yoritilganlik me‟yorlari hamma korxona va uyushmalar uchun majburiy hisoblanadi. Yoritilganlik me‟yorining qiymati bir qancha faktorlarga bog’liq bo’lib, ulardan asosiylariga quyidagilar kiradi:
ko’rilayotgan detal ish yuzasining qaytarish koyeffitsenti. Qaytarish koyeffitsenti qancha katta bo’lsa, uning yorqinligi shuncha katta bo’ladi va boshqa teng sharoitlarda ish yuzasiga kam yoritilganlik kerak bo’ladi:
ko’rilayotgan detalning eng kichik burchak o’lchami (detal kichik o’lchamining undan ko’zgacha bo’lgan masofaga nisbati);
fon va detal orasidagi tiniqlik;
ko’rish kuchlanganligini nisbiy davomiyligi;
yuzalarning ko’rish maydonida atrof foni ravshanligidan katta farq qiladigan ravshanlik bo’lishi;
ish jarayoniga jarohatlanish xavfi darajasi.
Yoritilganlikni tanlashda asosiy me‟yoriy xujjat sifatida «Qurilish me‟yorlari va qoidalari» misol bo’ladi.
Loyihachilar va ekspluatatsiya qiluvchilar ishini yengillashtirish uchun yoritilganlikning soha me‟yorlari hizmat qiladi, ular xalq xo’jaligining u yoki bu sohasiga xos bo’lgan spetsifik ishlab chiqarish sharoitini hisobga olgan holda umumiy me‟yorlar asosida tuzilgan. Soha
me‟yorlari aniq va keng tushunchali ko’rsatmalardan iborat bo’lib loyihalash amaliyotida qabul qilingan bir xil yechimlar bilan ta‟minlaydi.
Yoritilganlik sifati faqat yoritilganlik darajasi bilan aniqlanmaydi, u quyidagi asosiy sharoitlar yig’indisidan iborat:
ish yuzasi bo’ylab yoritilganlikni bir tekisda taqsimlash;
ish yuzasida soyalarning bo’lmasligi;
vaqt ichida yoritilganlikning doimiyligi;
ko’rish maydonida qamashtiruvchi yorqinliklarni bo’lmasligi;
nurlanishning spektral tarkibi.
Har bir muay‟an holat uchun yorug’lik manbai va yoritgich turini to’g’ri tanlash, loyihalashtirilayotgan yoritish qurilmasining texnik va iqtisodiy samarasini qandaydir darajada to’g’ri aniqlab, uning uzoq va ishonchli ishlashini belgilab beradi.
Cho’g’lanma va lyuminestsent lampalarni tanlashda quyidagi tushunchalarga amal qilish kerak.
me?yoriy xujjatlardan ma?lumki kam yoritilganlik (qorong’ilik) effektini kompensatsiya qilish uchun, bir xil sharoitda, lyuminestsent lampalar uchun cho’g’lanma lampalarga qaraganda yuqoriroq yoritilganlik me‟yorini belgilashni talab etiladi. Bu esa yoritilganlik me‟yori kichik darajada bo’lganda gaz razryad lampalarini cho’g’lanma lampalarga qaraganda afzal tomonlari bo’lmaydi.
lyuminestsent lampalari nurlanishning spektral tarkibi yaxshi bo’lganligi tufayli yetarli yoritilganlik darajalarida ranglarni farqlash cho’g’lanma lampalarga qaraganda to’g’riroq bo’ladi.
lyuminestsent lampali yoritish qurilmalariga ketadigan kapital xarajatlar cho’g’lanma lampalarga nisbatan bir necha marta oshiq bo’ladi.
lyuminestsent lampalarining ishonchli ishlashi va ularning yorug’lik-texnikaviy ko’rsatkichlarini barqaror bo’lishi, yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi muhit sharoitiga bog’liqdir.
Yuqorida keltirilganlarni e‟tiborga olib lyuminestsent lampalarni qo’yidagi hollarda tadbiq etish mumkin:
ranglarni farqlash talab qilinadagan ishlar bajariladigan xonalarda;
uzoq vaqt ko’rish bilan bog’liq ishlar bajarilayotgan xonalarda;
tabiiy yorug’lik tushmaydigan va odamlar uzoq turadigan xonalarda;
chorvachilik va parrandachilik xonalarida, agarda u xayvon va parrandalar holatiga yaxshi ta‟sir etishni ta‟minlasa va mahsuldorligini oshirsa.
Yoy razryadli lampalar (DRL- duga-razryadnaya lampa) turidagi lampalarni shipi baland ishlab chiqarish xonalarini, ochiq maydonlarni, ko’cha va yo’l qismlarini yoritishda ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yoritish qurilmasini loyihalayotganda yoritgich turini tanlashda uning ishidagi ishonchliligi, samaradorligi va iqtisodiy ko’rsatgichlari muhim rol o’ynaydi.
Yoritgichlarni tanlashda qo’yidagilar e‟tiborga olinishi kerak:
atrof- muhit sharoiti;
yorug’lik tarqatish tasnifiga talablar;
iqtisodiy ko’rsatgichi.
Yoritgichni ekspluatatsiya qilish davrida atrof - muhitning tasnifiga qarab quyidagi hollar bo’lishi mumkin:
yoritgich metall qismlarining yemirilishi va uni tez ishdan chiqishi;
sim himoya qobiqlarini shikastlanishi va natijada ularni o’zaro yoki korpusga qisqa tutashishi;
yorug’lik oqimini qaytaruvchi va o’tkazuvchi yuzalarning changlanishi yoki buzilishi;
bug’lar, gazlar, changlarning yonishi yoki portlashi.
Yoritish qurilmalarini loyihalayotganimizda yoritgichlarni har xil sharoitlarda ekspluatatsiya qilishga to’g’ri keladi: ya‟ni quruq isitiladigan xonalaridan tortib to portlash xavfi
bor xonalargacha.
To’g’ri yorug’lik taqsimlovchi yoritgichlar ko’proq iqtisodliroqdir, chunki ular mayda nuqsonlari bo’lgan yuzalarni ham yaxshi farqlaydilar. Umuman olganda qaytarilgan yorug’lik taqsimlanishida yoritish sifati to’g’ri taqsimlanganga qaraganda yuqori bo’ladi, chunki bunda:
yoritish bir tekisda yuqori darajada ta?minladi;
gorizontal va vertikal yuzalar ham yaxshi yoritiladi;
to’g’ri yorqin nur sochish maksimumi kamayadi;
qo’l va odam soyasi ham kamayib boradi.
Yuzalarni keraklicha yoritish masalasi odatda yoritgichlarning joylashishi, ishlatilayotgan yorug’lik manbalarining quvvati va turi bilan bog’liq bo’lgan ko’p yechimlarga ega. Loyihalanayotganda hamma yechimlardan eng qulayi tanlanadi, unda berilgan yoritilganlikni va kerakli yoritish sifatini ta‟minlash uchun eng kichik yorug’lik oqimining yig’indisi, ya‟ni minimal o’rnatilgan quvvat talab qilinadi. Yoritilayotgan yuzada yoritilganlikning taqsimlanishi yoritgichlarning yorug’lik kuchi egri chiziqlarining tasnifi va ular orasidagi nisbiy masofa bilan
aniqlanadi. Yoritgichlar orasidagi nisbiy masofa λ, ular orasidagi masofaning L yoritgichni ilish
balandligiga h bo’lgan nisbatidir .
Yoritgichlar orasidagi eng qo’lay nisbiy masofa hamma vaqt ham minimal o’rnatilgan quvvatni kafolatlamaydi. Bu birinchi navbatda cho’g’lanma lampali yoritgichlarga ta‟aluqli bo’lib, ularning quvvati oshishi bilan yorug’lik berishi ham ortib boradi. Cho’g’lanma lampalarda minimal o’rnatilgan quvvatni olish uchun nisbiy masofa, eng qo’lay bir tekis yoritish shartidagi kattalikdan bir muncha ortiq bo’lishi kerak.
Yoritgichlarni muayyan bir xonada joylashtirayotganda har doim ham kvadrat qirrasiga o’rnatishning imkoni bo’lmaydi. To’g’ri burchakli maydonlarga o’tayotganda (maydon-to’rtta yaqin yoritgichlar bilan chegaralangan yuza) katta tomonning kichigiga nisbati 1,5 dan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
Yoritgichlarni shaxmat tartibida joylashtirishning unchalik afzalliklari yo’q va qo’shni qatordagi yoritgichlar orasida mavjud bo’lgan masofa, qatordagi qo’shni yoritgichlar orasidagi masofadan bir necha marta kam bo’lganda ishlatiladi.
6.1.-jadvalda eng ko’p tarqalgan yoritgichlar uchun optimal nisbiy masofa qiymatlari keltirilgan.
6.1-jadval
Yorug’lik Yoritgichlar orasidagi nisbiy masofa
tarqalish Lyuminestsent lampalar, m Cho’g’lanma lampalar, m
tavsifi
Kontsentrlashgan 0,6 0,6
Chuqur 0,9 1,0
Kosinusli 1,4 1,6
Teng tarqalgan 2,0 2,6
Yarim keng 1,6 1,8
Devor yaqinida ishchi yuza bo’lgan taqdirda devor bilan eng yaqin yoritgichlar qatori orasidagi masofa (0,25….0,3) L bo’ladi. Boshqa holatlar uchun (0,3…..0,5) L.
Xonalarga yorug’lik oqimini qaytaruvchi va tarqatuvchi yoritgichlar joylashtirilganda yorug’lik oqimini shiftda bir tekis tarqalishini ta‟minlash uchun shipdan yoritgichgacha bo’lgan masofa aniq bir qiymatga ega bo’lishi kerak. Bu masofa hisoblash balandligini (0,2…0,25) qismini tashkil etadi.
|
| |