|
Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekalogiya
|
bet | 1/2 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 25,94 Kb. | | #260979 |
Bog'liq 3-bob
III. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekalogiya.
3.1. Kompyuter xonalarida ish joyini tashkil etish.
Kompyuterni xonada to‘g‘ri joylashtirish va to‘g‘ri loyixalanib o‘rnatilgan yoritgichlar foydalanuvchini ko‘rishini yaxshi taʼminlaydi, asab tizimiga qo‘shimcha zo‘riqish bermaydi, operatorni normal ish faoliyatini taʼminlaydi, ish jarayonidagi xatolarni keskin kamaytiradi. Kompyuterlarni alohida xonalarga 5-6 displeydan ortiq bo‘lmagan holda joylashtirish tavsiya qilinadi. Bu eng avvalo mikroiqlimni yo‘l qo‘yilgan qiymatlari parametrlarini taʼminlashga imkon beradi. Sanitar normalarga muvofiq bitta foydalanuvchi uchun 6 m.kv maydon, hajmi 20 m kub dan kam bo‘lmasligi kerak. Gigienik nuqtai nazardan kompьyuterni shunday joylashtirish kerakki, ekrandan ko‘zni ko‘targanda, xonadagi eng uzoqda joylashgan arsa ham ko‘rinsin. Operatorning ish joyini kirish eshigiga yuzi qaragan holda joylashtirish eng samarali hisoblanadi. Eng uzoq masofaga nigohni o‘tkazish imkoni kompyuterda ishlaydigan ko‘rish tezligining og‘irligini kamaytirish eng samarali usuli hisoblanadi. Ish joylarini kompьyuterdan devorgacha bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lmagan holda xonaning burchaklariga yoki devorga qaratib joylashtirish, derazadan tushgan yorug‘lik ko‘z uchun ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligiga yordam beradi. Shuning uchun ham kompьyuterni derazaga qaratib joylashtirmaslik darkor. Аgar bir xonada bir necha kompьyuterlar joylashgan bo‘lsa, elektromagnit nurlarning taʼsirini kamaytirish uchun bir manitor ekranidan ikkinchisining orqa devorigacha masofa 2 m dan kambo‘lmasligi, yon devorlari orasi esa 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Sanitar qoidalariga muvofiq shaxsiy kompyuterlar joylashgan xonada aralash yoritilganlik, yaʼni tabiiy va sunʼiy bo‘lishi kerak. Tabiiy yoritilganlik iloji boricha shimolga va shimoliy - sharqqa yo‘naltirilgan bo‘lishi, imkoni bo‘lmasa, jadal quyosh nuri janubiy va g‘arbiy derazalardan yaltillashlar yuzaga kelmasligi va ishlashga xalaqit qilmasligi uchun derazalarni pardalar, jalyuzlar yoki tashqi to‘sqichlar bilan taʼminlash kerak.
Ish joyi derazaga nisbatan yonlamasiga joylashgan bo‘lib, tabiiy yorug‘lik chap tarafdan tushishi maqsadga muvofiq. Kompyuterlar shunday joylashishi kerakki, yoniq ekran boshqa operatorning ko‘rish maydoniga tushmasligi, ekranda tabiiy va sunʼiy yoritilganlikning aksidan yaltillashlar bo‘lmasligi kerak.
Ko‘rish sharoitini baholash uchun yaltillanganlik tushunchasi kiritiladi. Yaltillanganlik - ko‘rish funktsiyasini buzilishiga olib keluvchi yaltillagan yuzalarning kuchaygan yorug‘lik bo‘lib, obʼektni ko‘rish, yomonlashtiradi. Yaltillanganlikning birligi – kd/m.kv 30 ming kd/m.kv ga teng yorug‘lik ko‘zni ko‘r qiladi. Yaltillanganlik haddan tashqari asabiylashuvni yuzaga keltiradi. Shuning uchun sanitar qoidalar yorug‘lik manbaidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri paydo bo‘ladigan yaltillaganlikni chegaralaydi. Deraza, yoritkichlardan tushgan yorug‘lik ko‘rish maydonida 200 kd/m2 dan oshmasligi kerak. Ekran, stol, klaviatura kabi ish yuzasidan qaytgan nurlar hosil bo‘ladigan yaltillaganliklarni ham chegaralash kerak. Bu yoritkichlarni to‘g‘ri tanlab, ish o‘rinlarini tabiiy va sunʼiy yoritkichlarga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish hisobiga amalga oshadi, bunda yaltillashlarning yorug‘ligi displey ekranida 40 kd/m2 , shipda esa 200 kd/m2 dan oshmasligi kerak.
Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra devorlar, mebellar och sut rangda, shipda nur qaytarish koeffitsienti 0,7÷0,8, devordan va poldan 0,6 va 0,3 bo‘lishi kerak. Bunga shipni oq rangga, devorlarni och sariq va qizg‘ish rangga bo‘yash natijasida erishish mumkin.
Umumiy yoritish uchun lyuminestsent lampalar ishlatilishi natijasida, ulardagi yorug‘lik oqimi kuchlanishning o‘zgarishiga qattiq bog‘liq bo‘lganligi sababli yoritilganlikning tebranishi yuzaga keladi, bu o‘z yo‘lida ko‘zni har safar adaptatsiya qilishiga, toliqishga olib keladi. Shuning uchun mahalliy va umumiy yoritkichlar sifatida yuqori chastotali, yoritishini nazorat qiluvchi uskunali gazoryazryadli lampalar ishlatilishi kerak. Vaqt bo‘yicha yoritilganlikni o‘zgarmasligi kriteriysi bo‘lib, pulьsatsiya koeffitsienti Аl (%) hisoblanadi. Sanitar meʼyorlar bo‘yicha u 5 % dan oshmasligi kerak. Pulsatsiya koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi:
Nur tarqatuvchisiz va ekranlovchi panjarasiz yoritkichlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy va mahalliy yoritkichlardagi yoritilganlikning muhofaza burchagi 40 gradusdan kam bo‘lmasligi kerak, bundan mahalliy yoritkichlarda nur o‘tkazmaydigan qaytargichlar bo‘lishi kerak. Umumiy yoritilganlikning zahira koeffitsienti 1,4 ga teng qilib olinishi kerak. Xususiy kompyuterlar va vidioterminallar joylashgan xonalarning meʼriy yoritilganligini taʼminlash uchun deraza oynalarini yiliga ikki martta tozalash, kuygan lampalarni o‘z vaqtida almashtirib turish kerak.
Ish zonasining havosi atrof muhitning mikroiqlim parametrlariga, yaʼni havf haroratiga, namligi va harakat tezligi, hamda inson faoliyatiga, sog‘lig‘iga, texnikaning ishonchli ishlashiga sezilarli taʼsir qiluvchi barometrik bosimi va o‘zgarishi tezligi, issiqlik nurlanishlari, zararli moddalarning mavjudligi, aeroionlar, changlarga asosan tavsiyalanadi. Аlohida faktorlarning yomon taʼsirida ishlovchining tomir urishi, nafas olishi, qon bosimi va asab tizimi yomonlashadi.
Yilning sovuq va o‘zgaruvchan davrlari uchun binolardagi mo‘tadil havo harorati 16-22oS, nisbiy namlik 60-30% havo oqimi tezligi 0,2-0,3 m/s deb qabul qilingan, ruxsat etilgan havo harorati esa 18-22oS, nisbiy namlik 75%, havo oqimi tezligi 0,3-0,5 m/s taʼminlanishi kerak. Isiiq davr uchun maqbul havo harortai 18-25oS, nisbiy namlik 60-30%, havo oqimi tezligi 0,3-0,7 m/s belgilangan, ruxsat etilgan havo harortai 33oS gacha, nisbiy namlik 75%, havo tezligi 0,3-1 m/s bo‘lishi kerak.
Ish zonasi havo muhitidagi va yashash joylari atmosfera havosidagi keng tarqalgan zararli moddalarning yo‘l qo‘yilgan oxirgi darajalari quyidagicha: fenol uchun 0,3 va 0,01 mg/m3, -0,5 va 0,035 mg/m3, stadol uchun 10 va 0,04 mg/m3.
Kompyuter xonalari vintelyatsiya qilinishi yoki kondentsioner bilan taʼminlanishi zarur. Zallarda zarracha, o‘lchami 3mkm gacha bo‘lgan changlarning miqdori 0.75 mg/ dan oshmasligi kerak. Havoni kondentsionerlash birinchi navbatda mashina zallari, hamda servis va tashqi qurilmalar xonasi va axborot tashuvchi vositalar saqlanadigan xonalar uchun zarurdir.
To‘g‘ri tanlangan, yaʼni eng kamida Shvetsiya o‘lchovlar va sinovlar Milliy komiteti tomonidan qabul qilinadigan MRK II talablariga javob beradigan va kerakli sertifikati bo‘lgan kompьyuterlarda ishlaganda foydalanuvchi sog‘lig‘ini saqlash maqsadida quyidagi qiyin bo‘lmagan qoidalarga rioya qilish kerak:
ish joyi qulay bo‘lishi va tayanch - harakat apparati hamda qon almashishini normal ishlashini taʼminlash kerak;
kun davomida vidioterminalda umumiy ishlash davomiyligi 4 soatdan oshmasligi, vidioterminalda uzluksiz ishlash 1,5 – 2 soatdan ko‘p bo‘lmasligi, har bir soat ishdan so‘ng kamida 10 – 15 minut tanaffus qilish, shu paytda o‘rindan turib, ko‘z, bel, qo‘l va oyoq uchun mashqlar qilish kerak;
normal ko‘rish qobiliyatida ko‘z ekrandan qo‘l cho‘zganlik (yaʼni 60- 70 sm dan kam bo‘lmagan) masofada bo‘lishi va yiliga kamida bir martta ko‘z vrachiga tekshirib turish kerak;
bir soat mobaynida 10 migdan ortiq klavishni bosish kerak emas;
manitor ekranida yaltillashlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
xomilador ayollarning kompyuterda ishlashiga ruxsat berilmaydi.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish quyidagi xavfli va zararli faktorlar bilan bog‘liq:
Fizik faktorlar
1. Monitorning elektromagnit nurlanishlari;
2. Ekranda statik elektr razryadning hosil bo‘lishi;
3 .Ultrabinafsha nurlanishlar;
4. Infraqizil nurlanishlar;
5. Rentgen nurlari;
6. Yorug‘lik tasvirining yorqinligi;
7. Yorug‘lik oqimining lippilash darajasi;
8. Ko‘rish maydonida yorqinlikning notekis taqsimlanganligi;
9. To‘g‘ridan- to‘g‘ri yaltillash darajasi yuqoriligi;
10. Yoritilganlik darajasining yuqori yoki pastligi;
11. Havodagi chang zarrachalari;
12. Havoning ionlanish darajasining o‘zgarishi;
13. Havo namligining o‘zgarishi;
14. Ish zonasida havo oqimining o‘zgarishi;
Kimyoviy faktorlar
Havo tarkibidagi: uglerod (2) - oksid, ozon, ammiak, fenol, formaldegit, polixlorli bifenillarning hosil bo‘lishi.
Psixologik va mikrobiologik faktorlar
Diqqat va ko‘rinishning zo‘riqishi;
Zukkolik va hissiyotning zo‘riqishi;
Uzoq davom etuvchi muvozanatli zo‘riqish;
Ish jarayoning bir xilligi ;
Vaqt birligida ishlab chiqariladigan axborot xajmining ko‘pligi;
Ish joylarining noto‘g‘ri tashkil qilinishi;
Havodagi mikroorganizmlar miqdorining yuqoriligi;
Kompyuterlar bilan ishlashda xavfsizlik choralariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Kompyuterlarda ishlash uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha birinchi malaka guruhiga ega bo‘lgan, faqat o‘qitilgan foydalanuvchilar (operatorlar, dasturchilar) ga ruhsat etiladi.
Kompyuterga xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash bo‘yicha muhandis – texniklar tarkibi elektr xavfsizligi bo‘yicha uchinchidan past bo‘lmagan malaka guruhiga ega bo‘lgan xodimlardan iborat bo‘lishi kerak.
Kompyuter elektr tokiga ulangan vaqtda bo‘linmalardan bosma platalarni chiqarish yoki o‘rnatish, bo‘linma ulanishlarini ulash yoki ajratish taqiqlanadi.
Tokka ulangan kompyuterning temir g‘ilofini ochishga ruhsat etilmaydi.
Videomonitorning temir g‘ilofi olingan holda kompyuterni toka ulashga ruhsat etilmaydi, chunki elektron nur trubkasiga yuqori kuchlanish uzatiladi.
Mehanik qismlarni bo‘laklarga bo‘lish va ko‘rikdan o‘tkazish, mehanizmlarni tozalash va moylash kompyuterni tokdan uzilgan vaqtida o‘tkazilishi kerak.
Kompyuterdan foydalanish uchun operatorning ish joyi tok o‘tkazuvchi qurilmalar, yerga ulash shinalari, isitish batareyalari, suv o‘tkazish quvurlari va boshqa shu kabilarga tegmaydigan qilib jixozlanishi kerak.
Yoqilgan kompyuterni nazoratsiz qoldirishga ruhsat etilmaydi.
Ish tugaganidan so‘ng kompyuter tokdan uzilishi kerak.
Kompyuterlarning o‘rnini rejalashtirish va ularni joylashtirishga quyiladigan talablar:
Kompyuter o‘rnatilgan xonalarni rekonstruktsiyalash, ulardan foydalanish va taʼmirlash, shuningdek, kompyuter va boshqa uskunalarni montaj qilish va sozlash ishlari ushbu hujjat talablariga muvofiq holda bajarilishi kerak.
Kompyuterlarni tayyorlovchi zavodlarning texnik shartlari va mazkur hujjatning talablariga ko‘ra o‘rnatilishi kerak. Kompyuterlarni bir qatorga joylashtirishda yo‘lakning eng kichik kengligi 1m dan, ikki qatorga joylashtirilganda esa 1,2m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kompyuterlarning joylashishi bir qator bo‘lganda devordan kamida 1m masofada joylashtirilishi kerak. Kompyuterda ishlovchilarning ish joyi esa o‘zaro kamida 1,5m bo‘lishi kerak.
Kompyuter o‘rnatilgan xonada bir kishiga to‘g‘ri kelgan maydon kamida 6 kv.m bo‘lishi ko‘zda tutilishi kerak.
|
| |