|
Tajriba mashg’uloti №1 I. Mavzu: Elektr jihozlarini yerga ulash qarshiligini aniqlash
|
bet | 1/5 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 129,11 Kb. | | #141736 |
Bog'liq Tajriba mashg’uloti №1 I. Mavzu Elektr jihozlarini yerga ulash
TAJRIBA MASHG’ULOTI №1
I. Mavzu: Elektr jihozlarini yerga ulash qarshiligini aniqlash
Mashg’ulotning maqsadi. Elektr jihozlari va uskunalarini yerga ulashning vazifasi va yyerga ulash sxemasi bilan tanishish hamda elektr jihozlarini yerga ulash qarshiligini aniqlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Mashg’ulot rejasi:
1. Elektr jihozlari va qurilmalarini yerga ulashning vazifasi va sxemasi.
2. Elektr jihozlarini yyerga ulash ko’rsatkichlarini hisoblash tartibi.
3. Yerga ulashni hisoblash bo’yicha masalalar echimi.
Topshiriqlar. Elektr jihozlari va uskunalarini yyerga ulash tartibini o’rganing va berilgan variant asosida elektr uskunalarini yerga ulashni hisoblang. Mashg’ulotning mazmuni
1. Elektr jihozlarini yerga qarshiligini hisoblash tartibi
Insonlarni elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan usullaridan biri elektr uskunalarini yerga ulash yoki nollashtirishdir. Yerga ulash qurilmasi elektrodlar (1) va ularni birlashtiruvchi o’tkazgichlardan (2) tashkil topgan bo’ladi (1-rasm).
a) Himoyalangan neytral bilan 1000V gacha tarmoqqa ulanganda; b) Yerga ulangan neytral bilan 1000V dan yuqori tarmoqga ulanganda. 1-elektrodlar; 2-yerga ulanadigan uskuna
Yerga ulash elektrodlari sun’iy (aynan shu maqsad uchun maxsus o’rnatilgan po’lat quvur, burchaksimon po’lat, armatura) va tabiiy (boshqa maqsadlarda yerga o’rnatilgan po’lat materiallar) bo’lishi mumkin. Tabiiy elektrodlarga po’lat suv quvurlari, bino va inshootlarning temir-beton konsruksiyasidagi yerga ulangan metall materiallar va boshqalarni misol qilish mumkin.
Sun’iy elektrodlar sifatida ishlatilishi lozim bo’lgan quvurlar yoki burchakli materiallarning uzunligi 2–3 m, qalinligi esa 3,5 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Elektrodlarni bir-biriga ulashda ko’ndalang kesimining o’lchami 4x12 mm bo’lgan yoki diametri 6 mm dan kam bo’lmagan po’lat materiallardan foydalaniladi.
|
| |