|
141. Integrallashgan tizimlar
|
bet | 1/27 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 49,31 Kb. | | #136556 |
Bog'liq yak1
141. Integrallashgan tizimlar .
Onalik platalarida ko`p narsa chipsetga bog`liq. U ko`p funktsiyalarni bajaradi va yildan yilga uning funktsiyalari ko`payib bormoqda. Bir necha yil avval kompyuterlarda diskli kontrollyorning sho`ba platasini topish mumkin edi – unga hamma diskovodlar ulanardi. Hozir bunday plata yo`q.Bu kontrollyor funktsiyasi «shimoliy ko`prik» chipsetiga o`tdi va hamma diskovodlar onalik platasiga to`g`ridan to`g`ri ulanadigan bo`ldi. Printer ulanadigan maxsus plata bilan ham shunday bo`ldi. Hozirgi paytda tashqi qurilmalar ulanadigan hamma portlar onalik platasi tarkibiga kirdi.
Chipsetlar rivojlanmoqda va integratsiya davom etmoqda. Bugungi kunda chipsetlari
videokarta va (yoki) tovush kartasi funktsiyasini bajarish qobiliyatiga ega bo`lgan onalik platalari tobora ko`proq uchramoqda. Odatda bunday onalik platalarida arzon narxli kompyuterlar yig`iladi. Integrallashgan tovush va videoga ega bo`lgan onalik platasi, alohida sotib olinadigan uchta shunday komponentlar summasidan arzonroq turadi.
142. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar.
Tashqi xotira – shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilqan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni o`zda jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi – bu axborotni o`zida saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar ikki xil bo`ladi: lentali va diskli. Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli, magnitooptik va optik bo`ladi.
Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo`linadi: qattiq disklar, egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar.
|
| |