• 2. Elektr jihozlarini yerga ulash ko’rsatkichlarini hisoblash tartibi
  • Elektr uskunalari va jihozlari quyidagi hollarda yerga ulanishi kerak




    Download 129,11 Kb.
    bet2/5
    Sana20.01.2024
    Hajmi129,11 Kb.
    #141736
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tajriba mashg’uloti №1 I. Mavzu Elektr jihozlarini yerga ulash

    Elektr uskunalari va jihozlari quyidagi hollarda yerga ulanishi kerak:
    1. 380 V undan yuqori nominal kuchlanishdagi o’zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori kuchlanishdagi o’zgarmas tok bilan ishlovchi uskuna va jihozlarning barchasi;
    2. 42 dan 380 V gacha kuchlanishdagi o’zgaruvchan hamda 110 dan 440 V gacha kuchlanishdagi o’zgarmas tok bilan yuqori va o’ta xavfli sharoitlarda ishlovchi elektr jihozlari;
    3. 42 V va undan kichik kuchlanishdagi o’zgaruvchan tok va 110 V va undan kichik kuchlanishdagi o’zgarmas tok bilan ishlovchi portlashga moyil elektr jihozlari va payvandlash transformatorlarining ikkilamchi o’ramlari. Bu kuchlanishdagi boshqa elektr jihozlarini yerga ulash shart emas.
    Amaldagi Davlat standartlariga ko’ra kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uskunalar yerga ulash sistemasining qarshiligi 4 Om, kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan yoki quvvati 10 Kvt gacha bo’lgan elektr dvigatellari, generatorlari, transformatorlari uchun esa 10 Om gacha ruxsat etiladi. Elektr uskunalarining yerga ulash qurilmasini tekshirishda ularning elektrodlari hamda o’tkazgichlarining holati ko’zdan kechiriladi va qarshiligi o’lchanadi. Tekshirish har 6 oyda bir marta, yuqori va o’ta xavfli elektr uskunalari uchun har 3 oyda bir marotaba o’tkazilishi kerak. Ularning qarshiligi esa bir yilda bir marta o’lchanadi. Bundan tashqari elektr jihozlari ta’mirlashdan o’tganda yoki uzoq muddat ishlamasdan turganda ham yerga ulash qurilmasining qarshiligi tekshirilishi kerak.
    Yerga ulash qurilmasining qarshiligi amper-voltmetr yoki M-416, M-1103 markali megometrlar (2-rasm) yordamida aniqlanishi mumkin. Bu jihozlar yordamida elektr qarshiligini o’lchash uchun yerga 0,7–0,8m chuqurlikda 2 ta qo’shimcha elektrod o’rnatiladi. Yordamchi elektrodlar bilan asosiy elektrodlar orasidagi masofa 20 m dan kam bo’lmasligi kerak.


    2. Elektr jihozlarini yerga ulash ko’rsatkichlarini hisoblash tartibi
    1. Tuproqning solishtirma qarshiligi aniqlanadi. Agar tuproq quruq holatda bo’lsa, solishtirma qarshilik miqdori yerga ulashning tuzatish koeffitsientiga ko’paytirib olinadi, ya’ni
    = (8.1.)
    bu yerda: 1-tuproqning qarshiligi, Om m;
    k–yerga ulashning tuzatish koeffitsienti, (2-jadval)
    Ushbu koeffitsient miqdori iqlim ko’rsatkichlariga bog’liq holda 8.1-jadvaldan tanlab olinadi.

    Download 129,11 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 129,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr uskunalari va jihozlari quyidagi hollarda yerga ulanishi kerak

    Download 129,11 Kb.