|
Iii bob. Hayot faoliyati xavfsizligi
|
bet | 1/5 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 182,25 Kb. | | #258527 |
Bog'liq hfy
III BOB. Hayot faoliyati xavfsizligi
3.1. Mikroiqlim va ishchi hududning havo muhiti
Ishlab chiqarish xonalari (binolari) mikroiqlimi - bu binolar ichki muhitining meteo(iqlim) sharoitlaridir. Ular havo harorati, namligi va harakat tezligi bilan birikma holda, shuningdek toʻsuvchi moslamalar, texnologik uskunalar va issiqlik nurlanish yuzalari haroratining inson organizmiga taʻsiri bilan belgilanadi.
Mikroiqlim ko‘rsatkichlari
Mikroiqlim ishchi hududda ishchilarning doimiy va vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi. Eng qulay sharoitlar - termoregulyasiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini taʻminlovchi hamda uzoq va muntazam insonga taʻsir qiluvchi mikroiqlim o‘lchamlarining yig‘indisidir. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart - sharoit yaratadi va issiq - qulay sezuvchanlikni taʻminlaydi. Insonga uzoq muntazam taʻsir etishda termoregulyasiya mexanizmlari - kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o‘zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o‘lchamlari yig‘indisi yo‘l qo‘yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast yetmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo‘lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o‘zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.
3.2. Radiaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash
Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
radioaktiv shikastlanish xususida ogohlantirish;
himoya inshoatlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana - RSB);
shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish;
radiatsiyadan saqlovchi preparatlardan (SHD-2) foydalanish;
zararlangan suv va emishlardan saqlanish;
zararlingan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;
zararlangan joylardan fuqarolarning evakuatsiya qilish;
zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;
fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan o‘tkazish, kiyim kechak, texnika, inshoatlarni dezaktivatsiya qilish.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarni hattiharakatlari, radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:
muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSBda bir necha soatdangacha saqlanishlari va so‘ngra oddiy inshoatlarda bo‘lishlari tavsiya etiladi. Ammo korxonalar va yashash maskanlar ishlarini oddiy rejim asosida amalga oshiradilar.
kuchli zararlangan joylardagi fuqarolar himoya inshoatlarda uch kungacha saqlanishlari va keyingi to‘rtinchi kunda oddiy inshoatlarda bo‘lishlari mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni to‘xtatishlari zarur.
v) xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqarolar himoya inshoatlarida uch kundan kam bo‘lmasliklari, hamda oddiy inshoatlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlashlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda saklanishi (shkaflarda, shishali yoki emalli idishlarda, polietilen qopchalarda) hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvlardan foydalanish lozim.
Radioaktiv nurlarni o‘lchash asboblari
Nurlanishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta`sir ko‘rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi nurlanish miqdorini bilib turish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o‘lchov asboblariga katta ahamiyat beriladi. O‘lchash asboblarining ishlash tizimi ionlanish, stsintalyatsiya va fotografiya usullariga asoslangan. Ba`zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta`sirida elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qolish qobiliyatiga ega. Ionizatsiya usuli shunga asoslangan. Stsintilyatsiya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning ionlashtirilgan nurlanishlarni yutishi natijasida ko‘rinadigan nurlar tarqatish xossasiga asoslangan. Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemulʻsiyaga taʻsir ko‘rsatishiga qarab belgilanadi. O‘lchash asboblari radioaktivlikni yoki zararlanish dozasini o‘lchaydigan turlarga bulinadi. Radiometrik asboblar radioaktiv moddalar qancha zarrachalar va kvantlar ajratayotganini o‘lchaydi. Dozimetrik asboblar esa ionlashtirilgan nurlanishlar qancha energiyani uzatayotgani yoki obyektga tushayotganini o‘lchaydi. Radiometrik va dozimetrik asboblar umuman sanoat korxonalari holatini o‘lchash uchun hamda shaxsiy nazorat vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Shaxsiy nazorat har bir ishchi uchun ishlatgan davridagi maʻlum vaqtlarda (masalan, kun yoki hafta davomida) nurlanishlar darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Dozimetrlar ishchi tanasining eng ko‘p nurlanish olishi mumkin bulgan qismiga o‘rnatiladi.
Fuqarolarni himoya inshoatlarida saqlash va ularga qo‘yiladigan talablar
Himoya inshootlari fuqarolarni tabiiy ofatlar, avariya va xalokat oqibatlaridan, hamda qirg‘in qurollar taʻsir faktorlaridan va ularning ikkilamchi taʻsir faktorlaridan saqlaydigan boshpanalar hisoblanadi.
Himoya inshoatlari quyidagilarga bo‘linadi:
yo‘nalishiga ko‘ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishiga mo‘ljallangan;
joylashgan o‘rniga ko‘ra; aloxida joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon qurilishlari);
v) qurilish muddatiga ko‘ra: - oldindan qurilgan va tez quriladigan;
g) himoyalash darajasiga ko‘ra: - boshpana, RSB va oddiy boshpana (ochiq
yoki yopiq erto‘lalar).
|
| |