Iii bob. Hayot faoliyati xavfsizligi




Download 182,25 Kb.
bet2/5
Sana31.05.2024
Hajmi182,25 Kb.
#258527
1   2   3   4   5
Bog'liq
hfy

Boshpana: boshpana - odamlarni hamma taʻsir faktorlaridan (yuqori harorat, radioaktiv, portlovchi va kuchli zaharli moddalar), inshoatlar buzilganda ularni qismlaridan hamda qirg‘in qurollar va oddiy hujumkor qurollar taʻsiridan saqlaydi.
Boshpanalar odamlarni qabul qilish soniga ko‘ra 5 sinfga bo‘linadi: kichik (150-300 kishi), o‘rtacha (300-600 kishi), katta (600 dan ko‘p) va boshqalar.
Boshpanani qurishda quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. 3 sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash;

  2. suv bosmaydigan joylarda qurish;

  3. oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish;

  4. chiqish va kirish eshiklarining bo‘lishi.

Boshpana maʻlum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: shamollatgich, sanitar-texnik jihozlar, havodagi zaharli moddalarni, radioaktiv birikmalarni va biologik vositalarni tozalovchi uskunalardan iborat bo‘lishi kerak.
Boshpana asosiy va qo‘shimcha xonalardan tashkil topadi: Asosiy xonalarga - odamlar, boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi, qo‘shimcha xonalarda jihozlar, asbob-uskunalar, oziq-ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpananalar juda mustahkam qurilganligi, germetikligi yuqoriligi va sanitar-gigiena sharoiti bo‘lganligidan xalqni bir necha kun davomida betalofat saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan holda bo‘ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar ishlab chiqarish, maʻmuriy va xalq yashaydigan baland uylarning erto‘lalaridan foydalaniladi. Bunda butun qirg‘in qurollari faktorlaridan saqlovchi qismlar, elementlar o‘rnatilib, boshpanaga qo‘yilgan talablar bajariladi.
Boshpana bir necha bo‘limlardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig‘ishi kerak. Ular yarusli qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m2 joy to‘g‘ri kelishi ko‘zda tutiladi.
Boshpana juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, yaʻni devorlari, xona bo‘limlari juda zich qilib ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi mumkin.
Boshpanada kamida ikkita qarama-qarshi tomondan kiradigan eshik va ehtiyot eshigi bo‘lishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki qavatli qilib germetik ravishda yopiladigan bo‘lishi lozim. Eshikni tashqi tomoni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda chiqadigan to‘lqin zarbidan saqlaydi.
Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Ularda elektr, aloqa, suv hamda kanalizatsiya va isitish tarmoqlari ham bo‘lishi kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka, jixozlari, himoyalovchi vositalar, o‘t o‘chirish qurollari, oziq-ovqatlar, suv zahirasi va doridarmonlar bo‘lishi shart.
Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bo‘lmaganda tez jihozlanib foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, er osti yo‘llari, inshoatlarning erto‘lalarini kerakli jihozlar bilan jihozlab tayorlanadi.
Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB)
Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB) - germetik bo‘lmagan himoya inshoatlari bo‘lib, favqulotda vaziyatlarda fuqarolar o‘sha erda saqlanadilar.
RSBlarga alohida qurilgan, tez jihozlab quriladigan xillaridan tashqari, xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan chuqurliklar, sabzavot saqlanadigan qurilmalar va oddiy yashovchi qurilmalar kiradi.
RSBlarning saqlash xususiyati - radiatsiya nurini (γ) susay-tirish koeffitsienti (Kγ) bilan aniqlanadi va u qanday material-dan qurilganligiga va uning qalinligiga bog‘liq (1-jadval).
Masalan, yog‘ochdan tayyorlangan uylarning erto‘lalari radiatsiya nurini 712 marta, g‘ishtli uylar esa 200-300 marta kamaytiradi. 50 nafar odamdan ko‘p bo‘lgan RSB lada kamida ikkita qarama-qarshi tomonda eshiklar bo‘lishi kerak, RSBlarda havo taʻminoti jihozlari bo‘lmasligidan o‘sha joylarda fuqarolar uzoq vaqt saqlana olmaydilar va uzog‘i bilan 4-6 soat bo‘lishlari mumkin. RSBlarga odamlar kirishdan avval, eshik, romlar yaxshilab o‘rnatiladi. Oziq-ovqatlar, suvlar iloji boricha germetik idishlarda saqlanadi. RSBda ham ikkita vazifali xonalar bo‘ladi. Asosiy xonada odamlar saqlanadi, qo‘shimcha xonada esa sanitar-gigienik jihozlari va havo almashtirgich joylashgan bo‘ladi. RSBning saqlash xonasida ham bir odamga 0,4-0,5 m2 hajmda joy to‘g‘ri kelishi kerak.
1-jadval

Material

a

K

suv

1

13

Yog‘och

0,7

19

tuproq

1,8

7,2

g‘isht blok

1,6

8,4

shisha

1,4

9,3

beton

2,3

5,6

temir

7,8

1,8

qo‘rg‘oshin

4,3

1,3

RSBlar ham 2,3 yarusli o‘tirgichlar bilan jihozlanadi. Shaharlar tashqarisidagi RSBlar, uylarning erto‘lalari, sabzavot saqlanadigan omborlar, erto‘lalar, g‘ishtli, betonli, tuproqli, yog‘ochli uylar va boshqa chuqurliklar moslashtiriladi.


RSBlarning saqlash xususiyatni oshirish uchun ularning devorlarini qalin qilish, eshik, oynalar germetikligini oshirish va ularning yon berini tuproq bilan to‘ldirish orqali erishiladi.
Radioaktiv shikastlangan hududlardan kelgan odamlar RSBlarga kirishlardan oldin tamburda kiyim-kechaklardagi, oyoq-kiyimlardagi radioaktiv changlarni yo‘q qilib (silkitish orqali, tozalovchi vositalar orqali), so‘ngra ehtiyotlik bilan kiyim-kechaklarni (himoya kiyimlari, oyoq kiyimi) echib, keyin boshpana ichiga kirishlari kerak.
Radioaktiv zararlanishning boshlang‘ich 3-5 soatlarida, boshpananing chiqish eshiklarini va havo almashtirish teshiklari yaxshilab berkitiladi. Bu vaqt oralig‘ida radiatsiya darajasi tezda kamayib, radioaktiv changlar esa asosan erga tushib bo‘ladi. 4-6 soatlardan keyin boshpana (RSB) shamollatiladi. Himoyalanuvchi odamlar tashqariga chiqqanda, albatta, himoya vositalarini kiyib 15-20 minut RSB dan tashqarida bo‘lishlari mumkin. Agar tashqarida radiatsiya darajasi juda yuqori bo‘lsa, u holda boshpana shamollatilayotganda odamlar nafas organlariga himoyalovchi vositalarni kiyib o‘tirishlari zarur.
Fuqarolarni saqlashning shaxsiy saqlovchi vositalari
Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga radioaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar ko‘llanilishiga ko‘ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko‘zni saqlovchi turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi hamda izolirlovchi xillarga bo‘linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi.

Download 182,25 Kb.
1   2   3   4   5




Download 182,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iii bob. Hayot faoliyati xavfsizligi

Download 182,25 Kb.