|
Nafas organlarini saqlovchi vositalarga
|
bet | 3/5 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 182,25 Kb. | | #258527 |
Bog'liq hfyNafas organlarini saqlovchi vositalarga gazniqoblar, resperatorlar, matoli niqoblar, paxta, dokali taqqichlar kiradi.
Gazniqoblar - nafas yo‘llarini, yuzni ko‘zni har xil zaharli taʻsirlardan saqlaydi, gazniqoblar filtrlovchi va izolirovchi hillarga bo‘linadi. Fuqaro muhofazasi bo‘yicha quyidagi filtrlovchi gazniqoblar: GP-5, GP-5M, GP-7, GP7V; bolalar uchun – PDF-SH, PDF-D, PDF-2SH, PDF-2D va BXK.dan foydalaniladi. Filtrlovchi gazniqoblar asosan 2 qismdan: niqobdan va filtrlovchi qutidan tashkil topgan. Filtrlovchi quti asosan tashqi muhitdagi turli xil zaharli birikmalarni yutuvchi filtr va shixtadan tashkil topgan.
Niqob - tabiiy yoki sunʻiy kauchuk asosida olingan rezina materiallaridan tayyorlannb, unga ko‘rish uchun oynak, hamda nafas olish va chiqarish uchun mo‘ljallangan jihoz joylashtirilgan.
Boshqa rusumdagi gazniqoblar ham xuddi GP-5 rusumli gazniqobiga o‘xshash tuzilishiga ega (2-rasm).
PDF-D esa 1,5-7 yoshgacha bolalar uchun. PDF-Sh rusumli gazniqob 7-17 yoshlardagi bolalar uchun mo‘ljallangan; Bolalar gazniqobi ham filtrlovchi quti va niqobdan tashkil topib, niqob elastik rezinadan tayyorlangan. Filtrlovchi quti niqob bilan birlashtiruvchi trubkasidan yig‘iladi.
Bolalar himoya kamerasi (BXK) 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zaharli birikmalar, radioaktiv moddalar va biologik taʻsirlardan saqlaydi. BXK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfera yog‘inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g‘ilof kiradi.
Gazniqoblarning saqlash darajasini oshirish uchun har bir fuqaro o‘z o‘lchamini kiyish orqali erishiladi Chunki to‘g‘ri tanlangan shlem-niqob yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan xech qanday zararli taʻsirlar kirmaydi.
Gazniqoblarni o‘lchami 2 xil usulda aniqlanadi:
yuzning o‘lchamini aniqlash orqali;
daxan bilan qosh suyagi orasidagi masofa o‘lchash orqali.
Birinchi uslub bilan 63 sm.gacha 0-o‘lcham, 1-o‘lcham 63,5-65,5sm gacha, 2-o‘lcham 66-68 sm.gacha, 3-o‘lcham 68,5-70,5 sm va 4-o‘lcham 71 sm va undan katta.
2-rasm. Filtrlovchi fuqarolar protivagazi GP-5: 1-filtrlovchi - yutuvchi korobka; 2-shlem-niqob; 3-xaltacha; 4-terlamaydigan plenkalar solingan quticha; 5-manjetlar.
Ikkinchi uslub bilan 3 xil o‘lchamda gazniqoblar ishlab chiqariladi:
1-o‘lcham 99-109 mm gacha;
2-o‘lcham 109-119 mm;
3-o‘lcham 119 mm dan katta.
Bolalar gazniqobi o‘lchamini topishda ularning yuz balandligini o‘lchab, so‘ngra 2-jadvaldan foydalanib, gazniqob o‘lchovi aniqlanadi. Gazniqobni ishlatishdan oldin har bir fuqaro uni saqlash xususiyati buzilmaganligini tekshirib ko‘rishi, uning germetikligi qayta tekshiradi. Tekshirilgan ish holatidagi gazniqoblar yaxshilab taxlanib qaytadan sumkaga solinadi va saqlash uchun joyiga qo‘yiladi.
2-jadval. Bolalar gazniqobini o‘lchovini topish
O‘lchov nomi
|
|
Niqob o‘lchami
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Yuz balandligi, mm
|
72mm gacha
|
72-87
|
88-95
|
96-103
|
Gazniqobdan foydalanish umumiy tartibda berilgan «Gazlar» degan komandada, yoki atmosferada radioaktiv birikmalar, zaharli moddalar, biologik taʻsir tarqalganda, mustaqil ravishda kiyib olinadi. Filtrlovchi sanoat gazniqoblari ham bir necha rusumda bo‘lib, ular asosan turli sanoat va qishloq, xo‘jaligi tarmoqlarida kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi. Ularning turlari va xususiyatlari to‘g‘risida oldingi mavzularda maʻlumot berilgan.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar asosan turli xil zaharli birikmalar aralashmasi bo‘lganda, ularning kontsentratsiyasi yuqori bo‘lganda hamda atmosferada kislorod miqdori juda kichik hollarda ishlatiladi. Bundan tashqari, izolirlovchi gazniqoblar suv ostida va er ostida bajariladigan ishlarda ham foydalaniladi.
Izolyatsiyalovchi protivogazlar saqlash xususiyatiga ko‘ra 2 guruhga, kislorod bilan kimyoviy bog‘langan gazniqob (IP-4, IP-5) va siqilgan kislorod yoki havo bilan foydalaniladigan gazniqob (KIP-7, KIP-8)larga bo‘linadi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar bilan asosan, fuqaro muhofazasining qutkaruv va avariyani tiklovchi tizimlar taʻminlanadi (suvga cho‘kkan odamlarni, yong‘inda qolgan fuqarolarni qutqaruvchilar, radioaktiv chang tarqalgan va yuqori kontsentratsiyali zaharli modda.lar bo‘lgan joylardagi avariyani tiklovchi va boshqa tizimlar).
|
| |