• Filtrlovchi himoya kiyimlari (ZFO-58).
  • Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga
  • 3.3. Oʻzbekiston Respublikasidagi ekologik muammolar
  • Engil himoya kostyumi L-1




    Download 182,25 Kb.
    bet5/5
    Sana31.05.2024
    Hajmi182,25 Kb.
    #258527
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    hfy

    Engil himoya kostyumi L-1. U qalpoqchadan shim bilan birga tikilgan paypoq hamda ikki qavatli qo‘lqop va podshlemnikdan tashkil topgan.
    L-1ning ham o‘lchamlari huddi himoya kombinzoniga o‘xshash bo‘ladi; L1 kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka qismlarida kiyiladi.
    Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya plashidan (OP-1) va himoya paypoq, qo‘lqopdan tashkil topgan.
    Umumqo‘shin himoya jamlamasii qo‘yilgan maqsadga ko‘ra:
    a) radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar taʻsirlaridan saqlashda, radioaktiv moddalar va biologik shikastlangan joylarda hatti-xarakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish ishlarini bajarishda yopqich ko‘rinishda;
    b) shikastlangan o‘choqlardagi xatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombenzon ko‘rinishda foydalaniladi.
    Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus kimhviy moddalar shimdirilgan bo‘ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan o‘tayotganda yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi.
    Filtrlovchi himoya kiyimlari (ZFO-58). Bu vosita kombenzondan, paytava, shlemostiligidan tashkil topgan. ZFO-58 gazniqob, rezinali etik va qo‘lqopdan iborat jamlama holda ham foydalaniladi (4-rasm).
    Kombenzon 3 xil o‘lchamdada chiqariladi: 1 - 160 sm gacha, 2 - 161-170 sm gacha va 3 - 171 sm dan yuqori bo‘yli odamlar uchun.
    Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga oddiy hech narsa shimdirilmagan yopqich, plashlar, qalin zich to‘qilgan paltolar, paxtali, charmterili kurtkalar, va boshqa kiyim kechaklar kiradi.
    Trikotajdan, sherstdan va paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlar, qo‘lqoplar faqat radioaktiv changlardan va biologik taʻsirlardan saqlaydi.

    3.3. Oʻzbekiston Respublikasidagi ekologik muammolar


    Hozirda Respublikamiz yirik sanoat va agrar mintaqa boʻlib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish koʻzda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy – ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir koʻrsatadi. Respublikada keskin boʻlib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar: - Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan tumanlarda ya`ni AngrenOlmaliq Chirchiqlarda, Fargʻona-Margʻilonda, Navoiy va boshqa tumanlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu tumanlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrofmuhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda. - Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. - Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va mineral oʻgʻitlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir. - Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish. Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi: Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma – xiligini saqlash. Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol boʻyi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol boʻyidagi barcha tabiiy koʻllarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.


    Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitargigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnologiyalarni yaratish, chang toʻplovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizining qurishi iqlim oʻzgarishiga ham sababchi boʻldi. Qurgʻoqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik oʻrtasidagi haroratning oʻzgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning toʻlqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan toʻlib bormoqda. Orol boʻyining sanitarepidemiologik ahvoli nihoyatda ogʻirlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini koʻz qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo gʻamxoʻrlik qilishimiz lozim. Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi maʻruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi.
    Download 182,25 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 182,25 Kb.