Suvda eruvchi vitaminlar




Download 28 Kb.
bet1/7
Sana16.12.2023
Hajmi28 Kb.
#120703
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SUVDA ERUVCHI VITAMINLAR

SUVDA ERUVCHI VITAMINLAR


REJA:



  1. Vitaminlar qanday tuzilgan?

  2. Vitaminlarning biokimyoviy roli nimdan iborat?

  3. Vitaminlar qanday jarayonlarda ishtirok etadi?

Suvda eruvchi vitaminlarga B vitaminlar kompleksi, C, P vitaminlar riradi.
B1 vitamini (tiamin)
Bu vitamin tarkibida oltingugurt unsuri (yunoncha tionoltingugurt) mavjudligi bois u tiamin deb ataladi. U avvalambor asab tizimining faoliyati uchun zarur. Shuning uchun ham tiamin taqchilligida polinevrit (beriberi) kasalligi yuzaga keladi. U yana oqsillar, yog’lar, uglevod va suv almashinuvida qatnashuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. B1 vitamini donlarni murtagi va kepagida ko’p bo’ladi, kepagi to’liq ajratilgan yuqori navli unlardan tayyorlangan mahsulotlarda (non, makaron, harxil pishiriqlar va boshqalarda) tiamin kam uchraydi. Shuning uchun iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yashovchi aholi orasida unga taqchillik katta, chunki ular kepagidan va po’stlardan obdon tozalab tayyorlangan taomlar bilan ovqatlanishadi. Tanada tiamin yetishmasligi dastlab xotiraning pasayishi, serjahillik, asabiylashish, uyquning buzilishi, ish qobiliyatining pasayib ketishiga olib keladi. Agar uning o’z vaqtida oldi olinmasa, oyoqlar qaqshab og’riydi, kishi yurganda tez charchab qoladi, kichik va katta boldir mushaklarida og’riq paydo bo’ladi, yurak qon tomirlari hamda me'da ichaklar faoliyati buziladi. Bunday belgilar ko’pchilikda kuzatiladi va uning sababi nimada ekanligi hammaga ham ma'lum emas. Bunday paytlarda, albatta, vrachga murojaat qilish kerak, lekin kundalik iste'mol taomlaringizni bir taxlil qilish ham muhimdir. Agar ular tiamin kam uchraydigan mahsulotlardan iborat bo’lsa, bilingki, asosiy sabab B1 vitaminining taqchilligidadir. Yana shu narsaga e'tibor qilish kerakki, tiamin ishqoriy sharoitda juda tez parchalanadi va kislotali muhitga barqaror bo’ladi. Balki yegan taomlaringizda, B1 vitamini yetarli bo’la turib, ovqat ishqorli bo’lsa ham yegan taomlaringizda u allaqachon parchalanib ketgan bo’ladi. Shu narsa aniqlanganki, bu vitamin kofe ta'sirida tez parchalanib ketar ekan. Agar odam ovqatida uglevodlar, ayniqsa, shirinliklar ko’p bo’lsa, B1 vitaminiga ehtiyoj oshib ketadi. Kofe ichishni xush ko’radigan, ovqat o’rnida turli hil shirinliklar yeb yuradigan, yoshlarning oyoq og‘rig‘i, parishonxotirlik, asabiylashish, kayfiyat buzilishi kabi holatlardan shikoyat qilishi ko‘pincha shu sabablidir. Bunday ahvolni shirinliklarga o’ch yosh bolalarda ham teztez uchratamiz. Shuning uchun ular ovqatida B1 vitaminiga boy mahsulotlar bo’lishiga alohida e'tibor berish kerak. Tiamin yana yong’oq, dukkaklilar hamda cho’chqaning jigar, buyraklarida, xamir va pivo achitqisida ko’p uchraydi.
Turli xil xastaliklar tufayli ko’p miqdorda doridarmonlar qabul qilish vujudning bu vitaminga nisbatan talabini ancha oshirib yuboradi. Shu bois davolanayotgan bemorlar ovqatida tiaminli mahsulotlarning serob bo’lishi maqsadga muvofiq.
Bizning sharoitimizda yashaydigan mahalliy aholi ovqatida uglevod boshqalarnikidan ko’p bo’ladi. Asosan non va un mahsulotlari iste'mol qiladigan aholi orasida tiaminga bo’lgan talab ma'lumotnomalarda keltiriladigan me'yoriy ko’rsatkichlardan ancha yuqori bo’ladi. Gap shundaki, uglevodlar ko’p iste'mol qilinganda qonda pirouzum va sut kislotasi oshib ketadi, natijada ularning oksidlanish jarayonlari buzilib zararli ta'sir qiladi. Oqibatda yuqorida aytib o’tilgan noxushliklar yuzaga keladi. Bunday holatlarning oldi olinishida B1 vitamini tengi yo’q darmondoridir. Shuning uchun ham ular ovqatida B1 vitamini ko’proq bo’lishiga erishish qishloq joylarida asosiy vazifalaridan biri bo’lishi kerak. Aks holda kattakichik, ayoluerkaklar asabiylashadigan, ishtahasi, ish qobiliyati past, xotirasi kuchsiz bo’lib qoladi.
Kundalik iste'mol taomlarida tiaminning talab miqdoridan kam bo’lishi ayol va erkaklarda jinsiy qobiliyatni pasaytirib yuboradi. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun har kuni 100 g yong’oq yoki endi unib chiqqan bug’doy va boshqa don maysalaridan, xamir va pivo achitqisidan, dukkaklilar donidan, hayvonlarning jigar, yurak, miya va buyraklaridan iste'mol qilish kifoya.
14-jadvalda tiamin uchraydigan mahsulotlar haqida ma'lumot keltirilgan.
B1 vitamini uchraydigan manbalar (100 g da mg hisobida)


Download 28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 28 Kb.