|
B12 vitamini (kobalamin, antianemik vitamin)
|
bet | 5/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 28 Kb. | | #120703 |
Bog'liq SUVDA ERUVCHI VITAMINLARB12 vitamini (kobalamin, antianemik vitamin)
Bu vitamin kamqonlikni davolovchi, ya'ni antianemik xususiyatga ega bo’lib, aksariyat hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, qora mollar va jo‘jalarning jigarida mo’l bo‘ladi. SHuning uchun ayrim xalqlar qadim zamonlardan boshlab kamqonlikni davolashda jigardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanib kelishgan. U yana tuxum sarig’ida, buyraklarda ancha miqdorda uchraydi, qatiqda mikroflora faoliyatidan hosil bo’lib turadi.
Amerikalik olim V.B. Kasl odamlarda kamqonlikni davolar ekan, ushbu kasallikning kelib chiqishi ikkita omilga, ya'ni ichki va tashqi omillarga bog’liq degan muhim xulosaga keldi. Ichki omil shundayki, agar odam me'da shirasida xlorid kislota miqdori kamayib ketsa, B12 vitaminining ichak devorlaridan qonga o‘tishini ta'minlaydigan maxsus tashuvchi oqsil modda hosil bo‘lmas ekan. Tashqi omil esa iste'mol taomlarida B12 vitamini mavjud oziqlarning bo‘lmasligi yoki juda kamligi bilan ifodalanadi. Bunday holat ko‘pincha faqat o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanadigan odamlarda uchraydi. Kobalaminning taqchilligi birinchi navbatda iliklarning qon ishlab chiqarishiga salbiy ta'sir qiladi. Mana shu ikkala omil tufayli yuzaga keladigan kamqonlilik ancha xavfli. Bunday odamlarda asab tizimi faoliyati buzilib, u tez achchiqlanadigan, jahldor, tez charchaydigan bo‘lib qoladi.
Bu vitaminga bo‘lgan kecha-kunduzlik ehtiyoj 0,001 mg bo‘lib, oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya qilib yurilsa, uning avitaminozi juda kam hollardagina sodir bo‘lishi mumkin.
Aytib o‘tish joyizki, Respublikamizning janubiy viloyatlarida xotin-qizlar, ayiqsa, homilador va sut emizuvchi onalar orasida bu kasallikka chalinganlar ko‘p bo‘ladi. Aynan ana shularda oqilona ovqatlanish turli sabablarga ko‘ra buziladi. Ko‘pincha qishloq sharoitida ma'lum iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli kamqonlilikning yuzaga kelishida ham ichki va tashqi omillar o‘rin egallagan bo‘ladi. ikkinchi tomondan, B12 vitaminining qaysi mahsulotlarda ko‘pligini va ular qanday iste'mol qilinsa tarkibidagi foydali moddalar to‘liq saqlanib qolinishini tasavvur qila olmaydiganlar ham aholi orasida ko‘p.
Haftasiga bir yoki imkon borida ikki marta mol va tovuq jigarini turli ko‘katlar bilan iste'mol qilish bu vitamin avitaminozini oldini olishda, kamqonlilik ehtimolida qutulishida muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |