• PP vitamini (nikotin kislota)
  • B3 vitamini (pantotenat kislota)




    Download 28 Kb.
    bet3/7
    Sana16.12.2023
    Hajmi28 Kb.
    #120703
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    SUVDA ERUVCHI VITAMINLAR

    B3 vitamini (pantotenat kislota)
    Pantotenat kislota qariyb barcha hayvon va o’simlik mahsulotlarida uchraydi, shuning uchun ham unga bunday nom berilgan, ya'ni yunoncha “pantion” – hamma yerda mavjud demakdir.
    Bu vitamin yetishmasa, tajriba o’tkazilgan hayvonlarda turli – tuman kasalliklar, jumladan o’sishdan to’xtash, tuklarning tushib ketishi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilishi va qon quyilishi, falajlanish, ishtahaning yo’qolishi va boshqalar kuzatiladi. Odamda pantotenat kislotaning taqchilligi oyoq barmoqlarining tez-tez uvishib qolishiga, keyinchalik oyoq kafti va barmoqlarida kuchli kuyukchan og’riq paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday o’zgarishlar moddalar almashinuvi jarayonida uglevod va yog’larning bir-biriga aylanish holatining buzilishidan kelib chiqadi. chunki V3 vitamini bu holatni boshqarib boradigan fermentlar tarkibiga kiradi.
    Bu vitamin ba'zan umr uzaytiruvchi vitamin ham deyiladi, chunki u yetishmasa sochlar oqarib, terilar bujmayib, odam qarimsiq bo’lib qoladi. Bu vitamin quyosh nuriga ancha chidamli bo’lsada, ishqorli va kislotali muhitda tez parchalanib ketadi.
    Mol jigari, go’shti, baliq, tuxum va har xil donlar, dukkaklilar, rangli karam bu vitaminga ancha boy, u qisman yo’g’on ichak mikroflorasi tomonidan ham sintez qilinadi.
    PP vitamini (nikotin kislota)
    Nikotin kislota va uning amidlari kimyoviy modda sifatida uzoq vaqtlardan beri ma'lum bo’lsada, ularning pellagra kasalligini davolashda ishtirok qilishi bois vitaminlarga mansub ekanligi 1937 yilda aniqlandi. Bu moddalarning pellagrani tuzatuvchi xususiyati bo’lganligi uchun RR vitamini (italyancha – pellagrani – yo’qotuvchi) deb ham ataladi. PP vitamini yetishmasligidan terining quyosh tushib turadigan qismlari dag’allashib qoladi, oshqozon-ichak yo’lining shilliq qavati yallig’lanadi, asab hamda yurak-qon tomirlari tizimlarning faoliyati buziladi. Odatda bunday holatlar ovqatida makkajo’xori doni, uni ko’p ishlatiladigan aholi orasida tez-tez uchraydi. Bunday mahsulotlarda almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan triptofan juda kam bo’ladi. Mana shu aminokislotalar esa odam va hayvonlar vujudida nikotin kislotasini sintez qiladi. Shu bois ovqatda triptofan kam bo’lsa, tanada RR vitamini taqchilligi kuchayib, uning avitaminozi kelib chiqadi.
    PP vitaminiga bo’lgan ehtiyojni qondirishda sut, qatiqlardan yetarli miqdorda iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bu mahsulotlar tarkibida aynan nikotin kislota bo’lmasada, triptofan mo’l bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish joyizki, triptofandan nikotin kislotaning sintezlanishi V6 vitamini (piridoksin, adermin) ishtirokisiz bo’lmaydi. Shuning uchun ham pellagra kasalligi faqat RR vitamini yetishmasligidan emas, balki B6 vitamini kamligi tufayli ham yuzaga keladi. Bu holat uni davolashda hisobga olinishi shart, ya'ni bemorlar ovqatini nikotin kislotasi bilan boyitishda bir yo’la B6 vitamini serob mahsulotlaridan qo’shib berishi lozim. Bu vitamin organizmda to’qimalar nafas olishini ta'minlaydigan oksidlanish va qaytarilishi jarayonlarida qatnashuvchi fermentlar va kofermentlar tarkibiga kiradi. Tiriklik asosini tashkil qiluvchi almashinuv jarayonlari, ya'ni glikoliz, fotosintez, uglevod, lipidlar almashinuvi, aminokislotlarning dezaminlashuvi, yuqori quvvatli bog’lar sintezlanishi ular ishtirokisiz o’tmaydi.
    PP vitamini ancha barqaror bo’lib, yorug’lik va kislorodga chidamli. Unga talab bir kecha-kunduzlik 20-25 mg bo’lib, bu ko’rsatkich odatda har xil zo’riqtiruvchi omillar (kuchli his-hiyajon, jismoniy harakat va boshqalar) ta'sir etganida hamda me'da-ichak va yurak-qon tomirlari xastaliklari davrida oshadi. Bundan tashqari, kundalik ratsionda meva-cheva, sabzavotlar, sut, qatiq kam bo’lib, iste'mol qilinadigan mahsulotlar asosan kraxmaldan tashkil topgan bo’lsa ham PP vitaminiga ehtiyoj ancha yuqori bo’ladi.
    Qishloqlarda istiqomat qiladigan aholi ovqatida kraxmal miqdor jihatdan eng yuqori turadi. Non va un mahsulotlarini iloji boricha kepagidan ajratib iste'mol qiladilar. Avval ham aytib o’tganimiz singari B guruhga kiruvchi barcha vitaminlar donlarning, jumladan, bug’doyning ham kepagida ko’p bo’ladi. shu bois nikotin kislota va uning amidlariga tanqislik bo’lmasligi uchun kepagi bilan tayyorlangan ovqatga (masalan, bug’doy yormasi) suzma qo’shib yoki ismaloqli nonning qatiq bilan iste'mol qilinishi ayni muddao bo’ladi.

    Download 28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 28 Kb.