• P vitamini (sitrin)
  • Adabiyotlar
  • Suvda eruvchi vitaminlar




    Download 28 Kb.
    bet7/7
    Sana16.12.2023
    Hajmi28 Kb.
    #120703
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    SUVDA ERUVCHI VITAMINLAR

    H vitamini (biotin)
    Bu vitamin terining me'yoriy faoliyati uchun zarurdir. U oziq ovqat mahsulotlarida, ayniqsa mol jigarida, tuxum sarig‘ida, achtqilarda, gulkaramda,no‘xatda, shokoladda ko‘p bo‘ladi. Biotin yetishmaganida teri qipiqlanib, sochlar tushib ketadi. Ichaklar mikroflorasi me'yorida bo‘lsa, bu vitamin kerakli miqdorda sintez qilib turiladi va unga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qonadi. Biotinni birinchi marta tuxum sarig‘idan Kyogl degan olim ajratib olgan. Xom tuxum oqida esa avidin degan glikoprotid biotin bilan birlashib ichaklardan qonga so‘rilmaydigan biotin – avitin komleksini tashkil qiladi, natijada bu vitaminga nisbatan taqchillik vujudga keladi. Ba'zi kishilar tuxumni xomligicha ichini xush ko‘rishadi,buning xavfli tomoni, aytilganidek, H avitaminozini keltirib chiqarishidir. Surunkasiga ko‘p miqdorda xom tuxum ichilaversa, oziq moddalar bilan qabul qilingan va ichaklar mikroflorasi tomonidan sintezlangan biotin to‘lig‘icha biotin – avitin kompleksiga aylanib, H avitaminozi paydo bo‘ladi. Biotinga bo‘lgan kecha – kunduzlik talab 0,01 mg atrofida.
    P vitamini (sitrin)
    Bu vitaminga bir qator uyg‘unlashgan birikmalar kiradi, shularning ichida odam uchun muhimi sitrin va rutinlardir. Ular kapillar qon tomirlarining mustahkamligini ta'minlaydi. P vitaminining yetishmasligidan qon tomirlarining shikastlanishi tufayli qon oqishi (bavosil, bachadondan qon ketishi va boshqalar) kuzatiladi. Odam tez charchaydigan bo‘lib qoladi, oyoqlarda og‘riq paydo bo‘ladi.
    Uning avitaminozi ko‘pincha C vitamini yetishmasligi bilan birga uchraydi. Lekin bunday paytlarda faqat C vitaminini qabul qilish kapillar qon tomirlari yorilishini tuzatmaydi. Shuning uchun bir yo‘la P vitamini bo‘lgan mahsulotlarni ham qabul qilish lozim. U na'matak, qora smorodina, uzum va turli xil ko‘katlarda (petrushka, salat, shivit, kashnich va boshqalarda) ko‘p bo‘ladi. Bu vitaminga bo‘lgan kecha-kunduzlik talab 35-50 mg.

    Adabiyotlar:





    1. Битти А.Д. Диагностические тесты в гастроэнтерологии: Пер с англ.- М.:Медицина, 1995.-224 с.

    2. Бузник И.М. Энергетический обмен и питание. М., 1978.

    3. Витебский Я.Д. Питайтесь рационально. Курган, 1991.

    4. Габи Хаубер-Швенк, Михаэль Швенк Питаниe. Atlas. Москва 2004. 183 с.

    5. Гистология: учебник: Ю.И. Афанасьев, Н.А. Юрина и др., под ред Афанасьева Ю.И.- М.: Медицина, 1989.

    6. Гогулан М. Законы здоровья. М., 1998.

    7. Горшков В.А., Жигалова Т.Н. Внутрижелудочный протеолиз при хроническом гастрите: Развитие идей В.Х. Василенко в современной гастроэнтерологии. -М., 1993.

    8. Гроздова Т.Ю., Черненков Ю.В. Актуальные вопросы детской гастроэнтерологии «Желудочное кислотообразование (методы исследования, клиническое значение, коррекция терапии)» - Учебно-методическое пособие. - Саратов, 1998.

    Download 28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 28 Kb.