Suvda eruvchi vitaminlar




Download 28 Kb.
bet2/7
Sana16.12.2023
Hajmi28 Kb.
#120703
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SUVDA ERUVCHI VITAMINLAR

Mahsulotlar

B1 vitamini

Mahsulotlar

B1 vitamini

No’xat
Loviya
Soya
Grechka yormasi
Qora non

0,81
0,50
0,94
0,43
0,17

Bug’doy non
Bug’doy kepagi
Achitqi (xamirturush)
Cho’chqa go’shti
Mol jigari
Mol yuragi

0,23
0,75
0,60
0,52
0,30
0,36

B2 vitamini (riboflavin)
Bu vitamin ilk bor sutda topilgan, shuning uchun ham uni laktoflavin ham deb atashadi. U vujudda sodir bo’lib turadigan oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini tezlashtiruvchi fermentlarning kofermenti hisoblanadi. B2 vitaminining etishmasligi natijasida bo’y o’sishdan qoladi. Og’iz bo’shlig’ining shilliq qavati yallig’lanadi, shuning uchun ham u o’sish vitamini deyiladi. Til terisi ko’z shilliq qavati ham yallig’lanishi mumkin, rangli ko’rish zaiflashadi. Bundan tashqari riboflavin taqchilligi kamqonlikka, soch to’kilishiga, teri yuzasining buzilishiga olib keladi. Uni ba'zan teri vitamini ham deyishadi. Chunki bu vitamin yetarli bo’lsa, teri silliq, yumshoq, yosh ko’rinadi.
Riboflavin avitaminozi sut, qatiq mahsulotlarini kam iste'mol qiladigan Afrika, Janubiy sharqiy Osiyo xalqlari orasida tez-tez uchrab turadi.
Agar bir kunda odam bir piyola sut ichib, bir oz suzma yeb tursa, bu vitaminga bo’lgan ehtiyoj qonadi. Issiq sharoitda jismoniy ish qiladigan va shu bois ko’p terlaydigan, mehnat qilish jarayonida ko’rish a'zolari zo’riqadigan odamlarning bu vitaminga bo’lgan ehtiyoji yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham bizning serquyosh o’lkamizda ko’pincha mehnat faoliyati ko’p miqdorda ter ajralishini taqozo qiladigan kishilar iste'mol qiladigan oziq moddalarida riboflavin belgilangan me'yor darajasidan yuqori bo’lishi kerak. Riboflavin sut, pishloq, tuxum, jigar, buyrak, dukkaklilar, grechixa tarkibida mo’l bo’lib, yorug’likka juda chidamsiz, shuning uchun bu mahsulotlarni quyosh nurida qoldirmaslik, ya'ni qorong’u joyda saqlash lozim.

Download 28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 28 Kb.