• Oziq‑ovqat mahsulotlarida askorbin kislota miqdori (100 g da mg)
  • Askorbin kislota
  • C vitamini (askorbin kislota)




    Download 28 Kb.
    bet6/7
    Sana16.12.2023
    Hajmi28 Kb.
    #120703
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    SUVDA ERUVCHI VITAMINLAR

    C vitamini (askorbin kislota)
    Bu vitaminning biologik xususiyatlari, ahamiyati juda ko‘p qo‘llanmalarda, darsliklarda qayd qilingan. Quyida biz bu vitaminsiz har xil yuqumli kasalliklardan himoyalanish qiyinligi, boshqa manbalarda kam yoritilgan kishi sog‘ligini muhofaza qilishdagi o‘rni, oziq‑ovqat mahsulotlarida qanchadan uchrashi va boshqa ayrim xususiyatlari haqida to‘xtalamiz.
    Odamning bu vitaminga talabi turlicha bo‘lib, u har bir vujud xususiyatlariga bog‘liq. Ayniqsa odam har xil kasalliklarga chalinganda unga bo‘lgan talab oshib ketadi. Sog‘lom bo‘lish uchun kuniga 80-100 mg dan 200 mg gacha S vitamini kerak bo‘lib, yuqumli kasalliklar bilan og‘riganda esa bu ko‘rsatkich 1000 mg gacha oshadi. Uni tabiiy mahsulotlardan qancha olishni bilish uchun 15-jadvalda kundalik ishlatiladigan oziqovqat mahsulotlarida bu vitamin miqdori haqida ma'lumot keltiramiz.
    Oziq‑ovqat mahsulotlarida askorbin kislota miqdori
    (100 g da mg) 15-jadval

    Mahsulotlar

    Askorbin
    Kislota

    Mahsulotlar

    Askorbin
    kislota

    Karam
    Kartoshka
    Bosh piyoz
    Sabzi
    Bodring
    Qalampir
    Lavlagi
    Rediska
    Pomidor
    Sarimsoq
    Ismaloq
    Tarvuz
    Qovun
    Na'matak
    Mol jigari

    45,0
    20,0
    10,0
    5,0
    10,0
    15,0
    10,0
    25,0
    25,0
    10,0
    55,0
    7,0
    20,0
    650,0
    39,0

    Oshqovoq
    Gilos
    Nok
    Shaftoli
    Anor
    Olma
    Apelsin
    Limon
    Mandarin
    Uzum
    Chakanda
    Qora smorodina
    Qo‘ziqorin (quritilgani)

    8,0
    15,0
    5,0
    10,0
    4,0
    16,0
    60,0
    40,0
    38,0
    6,0
    200,0
    200,0

    150,0


    15-jadvalda ko‘rsatilgan mahsulotlardan tashqari askorbin kislotasi har xil ko‘katlarda ham (petrushka, ko‘k piyoz va boshqalarda) mo‘l bo‘ladi.
    Kasalliklar tufayli antibiotiklar, boshqa doridarmonlar teztez qabul qilib turadiganlar, har xil stress omillar (ruhiy‑hissiy zo‘riqishlar, og‘ir jismoniy ish, uzoq muddatli juda sovuq yoki issiq haroratga duch kelish va boshqalar) ta'siriga uchraydiganlar, kalbosa va shunga o‘xshash dudlangan mahsulotlarni sevib iste'mol qiluvchilar transport qatnovi ko‘p bo‘ladigan yo‘llar atrofida yashaydiganlar, xomiladorlikka qarshi preparatlar oladiganlarda bu vitaminga bo‘lgan ehtiyoj ancha oshadi. Chekuvchilarda ham askorbin kislotaga ehtiyoj ancha katta, kuniga 1 pachka sigaret chekuvchilar uchun C vitaminiga bo‘lgan me'yor talabi 20% oshirilishi kerak. Ma'lumki, C vitamini yetishmasligidan tish milklari tez qonaydigan bo‘lib, singa kasalligi yuzaga keladi, tishlar tushib ketadi, odam charchaydigan bo‘lib qoladi va mehnat qilish qobiliyati pasayib ketadi va har xil kasalliklarga tez chalinadi. Keyingi paytlarda vitaminning davomli yetishmasligi rak (saraton) kasalligiga olib kelishi haqida fikrlar paydo bo’ldi. Bu haqida yaponiyalik olim K.Nishi iste'mol taomlarida askorbin kislotasining uzluksiz yetishmasligi rakka olib keluvchi 3 ta sababdan biridir, deydi.
    C vitamini shamollashning oldini olish va davolashda samara beradi. Doktor Laynus Poling o‘zining “C vitamini va shamollash” kitobida kuniga bu vitamindan 15 g qabul qilib turish shamollashdan saqlaydi deb yozadi. Buning uchun, eng yaxshisi, na'matak kabi S vitaminiga boy mahsulotlardan ko‘proq iste'mol qilish kerak. Agar yegan ovqatimiz asosan qaynatilgan va qovurilgan mahsulotlardan iborat bo‘lsa, meva chevalar, ko‘katlar kam iste'mol qilinsa, teztez shamollash va yuqumli kasalliklar bilan og‘rishning sabablaridan biri shundadir. C vitaminining yetarli miqdorda iste'mol qilib turilishi ichaklardan temir moddasining qonga so‘rilishini yaxshilaydi va shu yo‘l bilan kamqonlikning oldini olish mumkin. C vitaminining yana bir foydali xususiyati shundan iboratki, u hujayra va to‘qimalardagi hayotiy jarayonlarni buzib tashlaydigan erkin radikallarni zararsizlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu radikallar ekologik muhitning yomonlashuvi bois (havo va suvning, oziq – ovqat mahsulotlarining turli xil zararli kimyoviy moddalar bilan arlashtirilishi va boshqalar) kishi tanasida ko‘payib bormoqda, odamlar tez keksayib, erta ishga yaroqsiz bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun sog‘lom odam ham har kuni kamida tarkibida 200 – 300 mg askorbin kislotasi bor mahsulotlardan iste'mol qilib turish kerak.
    Askorbin kislotasi mahsulotlarni termik qayta ishlash natijasida parchalanib ketadi. Shuningdek, muzlagan va uzoq vaqt ochiq havoda saqlangan mahsulotlarda ham u ancha kamayib ketadi. Olma uzilganidan 6 – 7 oy o‘tishi bilan o‘zidagi S vitaminining 50% ini yo‘qotadi.
    Ko‘pgina qo‘llanma va tavsiyalarda C vitaminining miqdori halqaro birlikda (ME) beriladi. Uning milligrammlardagi ekvivalent miqdorini aniqlash uchun halqaro birlikdagi sonni 20 ga bo‘lish kerak, masalan, 1000 ME dagi C vitamini 50 mg ga teng (1000 ME : 20 = 50 mg).
    C vitamini tanada zaxira holda to‘planmaydi, shuning uchun tarkibida askorbin kislotasi mavjud oziq – ovqat mahsulotlarini har kuni tegishli miqdorda iste'mol qilib turish kerak.

    Download 28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 28 Kb.