|
Toshkent davlat agrar universiteti 70811801 – Mevachilik mutaxassisligi magistranti Uzaqbergenov Ulug‘bek Tanatar o‘g‘li “Qorag‘atning morfo-biologik xususiyatlari
|
Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 17,23 Kb. | | #111921 |
Bog'liq УЛУГБЕК Такриз ички
Toshkent davlat agrar universiteti 70811801 – Mevachilik mutaxassisligi magistranti Uzaqbergenov Ulug‘bek Tanatar o‘g‘li “Qorag‘atning morfo-biologik xususiyatlari va ko‘chatini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi tayyorlagan magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Dunyo bo‘yicha qorag‘at yetishtirishda yetakchilik qilayotgan mamlakatlarda qorag‘atning potensial hosildorligini maksimal oshirishga imkon beradigan botanik turlari va navlariga xos agrotexnika elementlari, xususan qo‘sh qatorli va lentasimon ekish sxemalari ilmiy asoslangan. Qorag‘at turi va navining gabitusi hisobga olingan holda tanlangan ekish sxemalari mavjud texnologiyada yetishtirishga nisbatan qariyb 1,2-1,7 barobar ko‘proq hosil olish imkonini bermoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan qorag‘at turlari va istiqbolli navlarini tanlash, ularni parvarishlash texnologiyasi keng ko‘lamda tadbiq etilib yuqori natijalarga erishilmoqda.
Magistrant Uzaqbergenov Ulug‘bek o’zining magistrlik tadqiqotini aynan ushbu masala yechimiga, ya’ni qorag’at navlari ko’chatini yashil qalamcha usulida yetishtirish texnologiyasini ilmiy asoslashga qaratgan. Maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar yechimini izlagan: qorag’t kòchatini yashil qalamchasidan yetishtirishda qalamchalarning ildiz oluvchanligi ta’minlovchi o’stiruvchi modda konsentratsiyasini tadqiq qilish iqtisodiy samaradorligi tahlil qilish; qorag‘atning O‘zbekiston sharoitida o‘stirish tavsiya etilgan navlarining morfologik xususiyatlarini o‘rganish; qorag‘atning O‘zbekiston sharoitida o‘stirish tavsiya etilgan navlarining biologik xususiyatlarini o‘rganish; qorag‘at ko‘chatlarini tayyorlashda o‘stiruvchi moddalarning ta’sirini o‘rganish; qorag‘atning yog‘ochlashgan qalamchalaridan ko‘chat yetishtirish; qorag‘atning yashil qalamchalaridan ko‘chat yetishtirish.
Tadqiqot asosida ko’chat yetishtirishning eng jadal usuli – yashil qalamcha o’sishni boshqaruvchi modda IMKning 80 mg/l konsentratsiyasi bilan ishlov berish, so’ngra ularni qum+biogumusdan iborat substratga ichki mikroiqlimi boshqariladigan inshootga ekish tavsiya etilgan.
Dissertatsiyaning rasmiylashtirilishi to’g’risida fikr yuritadigan bo’lsa, u ravon va tushunarli yozilan. Tajribalar olimlar tavsiyasi asosida uslubiy jihatdan to’g’ri qo’yilgan.
Ta’kidlash joizki, dissertatsiya kamchiliklardan holi emas. Masalan, so’nggi yillarda chop etilgan maqola va ilmiy manbalardan kam foydalanilgan. Tajriba jarayonini va qiyosiy tahlillarni ko’rsatuvchi diagrammalar ko’proq keltirilsa ishning sifati ortgan bo’lardi.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ko’rsatilgan kamchiliklar magistrlik dissertatsiyasining saviyasini pasaytirmaydi. Shularni hisobga olib Uzaqbergenov Ulug‘bek Tanatar o‘g‘lining “Qorag‘atning morfo-biologik xususiyatlari va ko‘chatini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi tayyorlagan magistrlik dissertatsiyasini DAK oldida himoya qilishga tavsiya etaman.
Toshkent davlat agrar universiteti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
kafedrasi dotsenti, q.x.f.f.d. D.U.Janaqova
Toshkent davlat agrar universiteti 70811801 – Mevachilik mutaxassisligi magistranti Uzaqbergenov Ulug‘bek Tanatar o‘g‘li “Qorag‘atning morfo-biologik xususiyatlari va ko‘chatini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi tayyorlagan magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Dunyo bo‘yicha bugungi kunda qorag‘at rezavor mevasini yetishtirish hajmi qariyb 650230 tonnani va uning maydoni 12820 gektarni tashkil etmoqda. Qorag‘atni yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni Rossiya (135408 tonna), Polsha (107342 tonna), Ukraina (35360 tonna), Angliya (14168 tonna) va Daniya (12193 tonna) egallab kelmoqda. O‘zbekistonda oltinsimon (Ribes aureum) turini uchratish mumkin. Ushbu davlatlarda qorag‘at rezavor mevasini yetishtirishning texnologik elementlarini takomillashtirish va uning yanada boy biokimyoviy tarkibli (S va A provitaminiga boy) yangi navlarini yaratish bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Magistrant Uzaqbergenov Ulug‘bek o’zining magistrlik tadqiqotini aynan ushbu masala yechimiga, ya’ni qorag’at navlari ko’chatini etishtirishda maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar yechimini izlagan: qorag’t kòchatini yashil qalamchasidan yetishtirishda qalamchalarning ildiz oluvchanligi ta’minlovchi o’stiruvchi modda konsentratsiyasini tadqiq qilish iqtisodiy samaradorligi tahlil qilish; qorag‘atning O‘zbekiston sharoitida o‘stirish tavsiya etilgan navlarining morfologik xususiyatlarini o‘rganish; qorag‘atning O‘zbekiston sharoitida o‘stirish tavsiya etilgan navlarining biologik xususiyatlarini o‘rganish; qorag‘at ko‘chatlarini tayyorlashda o‘stiruvchi moddalarning ta’sirini o‘rganish; qorag‘atning yog‘ochlashgan qalamchalaridan ko‘chat yetishtirish; qorag‘atning yashil qalamchalaridan ko‘chat yetishtirish.
Dissertatsiyaning rasmiylashtirilishi to’g’risida fikr yuritadigan bo’lsa, u ravon va tushunarli yozilan. Tajribalar olimlar tavsiyasi asosida uslubiy jihatdan to’g’ri qo’yilgan.
Ta’kidlash joizki, dissertatsiya kamchiliklardan holi emas. Masalan, so’nggi yillarda chop etilgan maqola va ilmiy manbalardan kam foydalanilgan. Tajriba jarayonini va qiyosiy tahlillarni ko’rsatuvchi diagrammalar ko’proq keltirilsa ishning sifati ortgan bo’lardi.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ko’rsatilgan kamchiliklar magistrlik dissertatsiyasining saviyasini pasaytirmaydi. Shularni hisobga olib Uzaqbergenov Ulug‘bek Tanatar o‘g‘lining “Qorag‘atning morfo-biologik xususiyatlari va ko‘chatini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi tayyorlagan magistrlik dissertatsiyasini DAK oldida himoya qilishga tavsiya etaman.
“SILA KREMNIY
AGRO TEX” MChJ mutaxassisi
q.x.f.d.professor I.T.Normuratov
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent davlat agrar universiteti 70811801 – Mevachilik mutaxassisligi magistranti Uzaqbergenov Ulug‘bek Tanatar o‘g‘li “Qorag‘atning morfo-biologik xususiyatlari
|