3
UZUMChILIK. Qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxasislari va oliy o‘quv
yurtlari talabalari uchun
qo‘llanma
___________________________kengashining
2023-yil____________dagi________sonli
yig‘ilish bayoni, ______bet.
Mazkur qo‘llanma qishloq xo‘jaligida zamonaviy uzumchilik bilan shug‘ullanadigan
mutaxasislar hamda 5411600-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, 60810900 -
Agronomiya (dehqonchilik) ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va ishlab chiqarish
sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxasislar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari
asosida tuzilgan
namunaviy va o‘quv reja asosida tayyorlangan.
Mazkur qo‘llanmani yozish jarayonida zamonaviy uzumchilikni oldingi va keyingi jahon
va respublika, shu jumladan, O‘zbekiston
uzumchiligi tarixi, rivojlanish bosqichlari, uzum
ko‘chatlarini ekish va resurs tejamkor parvarishlash texnologiyasi, tuproqqa ishlov berish ishlari,
sho‘r yuvish, bog‘ barpo qilishga yerlarni tayyorlash, ekishdan to
davlat standartlariga javob
beradigan tok ko‘chatlarini tayyorlash, bog‘ barpo qilish, hosilni parvarishlash va hosilni yig‘ib
terib olishga qadar bo‘ladigan agrotadbirlar majmuasi, zamonaviy
uzumchilikda mavjud
almashlab va qisqa davrda navbatlab ekish tizimlari, uzumni qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, tok
tuplarining kelib chiqishi, tuzilishi,
tarqalishi, tok navlarining morfologik va biologik
xususiyatlari, davlat reyistiriga kiritilgan va keng tarqalgan, rayonlashtirilgan navlarning tavsifi,
nav almashinishi, tok tuplarini ko‘paytrish
usullari, ko‘chatzor turlari, tok ko‘chatlarini ekish,
resurs tejamkor texnologik parvarishlash asoslari, tok tuplarida uchraydigan tok kasallik va
zararkunandalari, ularni zamonaviy himoyalash usullari, oziqlantirish, resurs tejamkor sug‘orish
usullari, kesish va shakl berish, hosilni terish, tashish, quritish, saqlash, zamonaviy resurstejamkor
texnologiya asosida uzum yetishtirish borasida alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur qo‘llanmadan
O‘zbekiston zamonaviy resurs tejamkor uzumchilik asoslarini qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan,
uzumchilik sohasida faoliyat ko‘rsatadigan mutaxasislar va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va
o‘quvchilari hamda kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.
O‘quv qo‘llanma Buxoro davlat universiteti ___________202 -yil __________ sonli buyrug‘a
binoan chop etishga tavsiya etildi.
Taqrizchilar:
S.B.Bo‘riyev – Buxoro davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori.
Z.Amonova – Buxoro viloyati qishloq xo‘jalik boshqarmasi mutaxassisi.
Sh.H.To‘xtayev – Buxoro davlat universiteti, Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi dosenti,
q/x.f.n.