• O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti.
  • Dunyo va O‘zbekiston uzumchiligining qisqacha tarixi, hozirgi ahvoli va rivojlanish istiqbollari
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

    vinochilik mahsulotlari 
    (vino, konyak, shampan va h k.); 
    -
    sharbat mahsulotlari 
    (tabiiy va yarim fabrikat, xoddog va sharbatlar va 
    h.k.lar);
    -konsentratlar
    (uzum asali, vakuum-suslo, bekmes va h.k.);
    -
    konservalar 
    (kompot, marinad, murabbo, jem, uzum pastasi va h.k.)larni o‘z 
    ichiga oladi.
    Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan uzumning asosiy qismi 
    (taxminan 72 mln t) yoki 83% vino tayyorlash, 12% ga yaqini (xo‘raki navlar) 
    yangiligida iste’mol qilish va faqat 5% quritish uchun ishlatiladigan uzum 
    navlarini tashkil qiladi. 
    O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti.
    Qishloq xo‘jaligi 
    oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmi 2019 yilda 2017 yilga nisbatan ikki 
    barobarga oshdi (O‘zStat, 2020). Mamlakat eksporti hajmida qishloq xo‘jaligi 
    mahsulotlaridan saralangan mevalar (2,3%) va uzum (1,7%) ulushga teng bo‘ldi 
    (O‘zStat, 2019). Mamlakat eksportidagi asosiy hamkor davlatlar: Rossiya 
    Federasiyasi, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya va Qirg‘iziston. Qishloq xo‘jaligi 
    importidagi asosiy hamkor davlatlar qatoriga: Rossiya Federasiyasi, Xitoy, Janubiy 



    Koreya, Qozog‘iston va Turkiya hisoblanadi. 2017-2020 yillarda Qishloq xo‘jaligi 
    mahsulotlari eksporti qiymati, ming AQSh dollarida 2019 yildan boshlab 
    O‘zbekiston 140 dan ortiq davlatlar bilan savdo aloqalariga ega va 45 mamlakat 
    bilan savdo shartnomalarini imzoladi.
    Dunyo 
    va 
    O‘zbekiston 
    uzumchiligining qisqacha tarixi, hozirgi ahvoli va rivojlanish istiqbollari 
    O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qismida, ya’ni 37010/ - 45035/ 
    shimoliy va 56000/ - 73010/ sharqiy kengligida joylashgan bo‘lib, agar biz Yevropa 
    qit’asida joylashgan Italiya davlati bilan solishtirganimizda, bir xil geografik 
    kenglikda joylashganligini ko‘rish mumkin.
    Uning umumiy maydonining 70 %ni tekisliklar, sharqiy tomondan esa baland 
    g‘arbiy Tyan-shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari bilan chegaralangan. 
    Respublikamiz iqlimi keskin-kontinental havo haroratining yuqori 
    tebranishiga asoslangan bo‘lib, yozi judda issiq, qishi sovuq kunlardan iborat. 
    Shuni alohida qayd etish joizki, mamlakatimizning geografik joylashuvi, 
    iqlim sharoiti, quyoshning faol harorat yig‘indisi 4000-5000
    0
    S ni tashkil qilganligi, 
    hosildor sug‘oriladigan yerlari va o‘ziga xos tog‘ va tog‘oldi hududlari sanoat 
    miqyosidagi uzumchilikni rivojlantirishga zamin yaratganligi bilan o‘ziga xos 
    xususiyatlarni namoyon etadi. 
    Agar uzumchilikning qisqacha tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, 
    geopalentologik va ampelografik tadqiqotlar bo‘yicha olingan ma’lumotlar shuni 
    ko‘rsatmoqdaki, uzumchilik bilan O‘zbekiston respublikasi 6 ming yillardan avval 
    shug‘ullanishganligini ko‘rsatadi.
    Zoroasatrizm davridagi muqaddas “Avesto” kitobida ham Markaziy Osiyoda 
    yashovchi halqlar (Islomgacha bo‘lgan davrlarda ham) uzumchilik bilan 
    shug‘ullanganliklarini yozib qoldirishgan. 
    Boshqa yurtlardan kelgan elchilar, sayohatchilar bizning qadimiy yurtimizda 
    uzumchilik bilan shug‘ullanganliklari to‘g‘risida tarix sahifalarida o‘zlarining 
    ma’lumotlarini qoldirishganlar. Masalan, O‘rta asrlarda yashagan, venesiyalik 
    zodagon, sayohatchi Marko Polo o‘zining kundaliklarida shunday ma’lumotlarni 
    bayon etgan: “Samarqand, Buxoro va boshqa mashhur shaharlar atroflari bog‘lar va 



    tokzorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yerlarda mahalliy halqlar tomonidan tayyorlangan 
    maylarni ichib ko‘rganimda, bu maylarning tayyorlanganligiga o‘n yillar bo‘lgan va 
    ularning sifati meni juda lol qoldirgan. Bunday maylarni men oldin xech qayerda 
    ichmaganman”- deb yozib qoldirgan ekan. 
    Bugungi kunda mamlakatimiz hududlarida ekish uchun tavsiya etilgan 
    qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reyestrida 45 ta uzum navlari mavjud bo‘lib, shu 
    navlar ichida azaldan ota-bobolarimiz tomonidan ekilib kelingan, mahalliy halqimiz 
    tomonidan yaratilgan xushta’m, xo‘raki navlardan: Qora janjal, Andijon qora uzumi, 
    Buaki nor, Buaki tosh, Bishti, Qora va Oq kishmish, Parkent va boshqa navlari hali 
    ham o‘z o‘rnini yo‘qotmagan.
    O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston uzumchiligining tarixi bir necha asrlarni o‘z 
    ichiga olib, tok o‘simligi Aleksandr Makedonskiy bostirib kirishidan ancha avval 
    (eramizdan oldingi IV asrlarda) ekilgani tarixchilarning ma’lumotlaridan ma’lum. I 
    asr boshlarida greklar O‘rta Osiyoga kelishlaridan oldin bu yerda tokchilik va 
    vinochilik rivojlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarixiy manbalarda keltirilgan.
    Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida, Buxoro va Samarqandda yirik yer egalari qo‘lida 
    katta maydonlarda tokzorlar bo‘lib, uzum yetishtirish, quritilgan uzum va vino 
    tayyorlash orqali yaxshi daromad qilishgan. Arablar bosib olgan davrida (VIII asr) 
    xalqaro aloqalar, savdo-sotiq ishlari ancha rivojlangan bo‘lib, uzumchilikka e’tibor 
    yuqori bo‘lgan. O‘rta Osiyo, jumladan mamlakatimizga Hindiston, Eron, 
    Afg‘oniston, shuningdek, ayrim arab mamlakatlaridan uzumning yangi, ayniqsa, 
    xo‘raki va mayizbop (Toyfi va Husayne va boshqa) navlari Saudiya Arabistonidan 
    keltirilgan. Tok O‘rta Osiyoning deyarli barcha dehqonchilik rayonlarida, ayniqsa 
    Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalari 
    haydash, tokni payvandlash, parxish qilish, kesish, kasallik va zararkunandalarga 
    qarshi turli eritmalarni purkash va h.k.) tokchilikni rivojlanishiga olib keldi. 
    O‘zbekistonda sobiq sosialistik tuzumining dastlabki 1924 yillaridan 
    boshlab 
    uzumchilik, 
    uzum 
    mahsulotlarini 
    quritish 
    va 
    vinochilikni 
    rivojlantirishga e’tibor yanada kuchaygan. Bog‘orchilik va uzumchilik 
    xo‘jaliklari soni ko‘payib, vinochilik sanoati uchun xom ashyo sifatida vinobop 


    10 
    uzum navlarining salmog‘i oshgan, uzum navlari tarkibi tartibga solina 
    boshlangan, bir qism tokzorlar so‘rilar (simbag‘azlar)ga ko‘tarilib, tok qator 
    oralarini mexanizasiya yordamida ishlash, tok parvarishini yaxshilash, 
    hosildorlikni ko‘paytirish imkoniyatlari 
    paydo bo‘lgan. Keyinchalik, 
    O‘zbekistonda uzumchilikni ixtisoslashtirishga ahamiyat berilib, xo‘jaliklararo 
    birlashmalar, maxsus uzumchilik xo‘jaliklari tuzishga, ularda xo‘raki, 
    kishmishbop 
    hamda 
    vinobop 
    navlarni 
    alohida 
    texnologiya 
    asosida 
    yetishtirishga, uzumni qayta ishlash quvvatini oshirishga e’tibor karatilgan. 
    Ammo, shunga qaramasdan respublikada paxta yakkahokimligi(monokultura) 
    uzumchilikning jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
    Ayniqsa, sobiq ittifoq davrida ichkilikbozlikka qarshi kurash boshlangan 
    yillarda (1985-1986) O‘zbekistonda ham vinobop navlar ekilgan ko‘plab 
    tokzorlar yo‘q qilib tashlandi, uzumni qayta ishlash shahobchalari barham 
    topdi. Natijada respublikaning qator tumanlarida sanoat ahamiyatiga ega 
    bo‘lgan n o y o b v i n o b o p , s h a r b a t b o p u z u m n a v l a r i n i n g y o ‘ q o l i b
    k e t i s h i g a s a b a b b o ‘ l d i , uzumchilik va vinochilik tarmoqlari jiddiy zarar 
    ko‘rdi. 
    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohalaridan biri bo‘lgan uzumchilikni zudlik 
    bilan zamonaviy resers- tejamkor texnologiya asosida yuqori sur’atda rivojlantirish, 
    uzum mahsuldorligini oshirish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, qayta ishlash, 
    saqlash va uzum sharbati, oliy toifali konsentratlar, mayiz tayyorlash bo‘yicha talab 
    etiladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, O‘zbekiston aholisini uzum 
    mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishni yaxshilash bu davr talabi taqozasi bo‘lib 
    qoldi! 
    Uzum dunyoda savdo hajmlari bo‘yicha eng ko‘p iste’mol qilinadigan meva 
    turlaridan biri hisoblanadi.
    Sovet Ittifoqi tizimining parchalanib, MDH respublikalarining mustaqil 
    davlat sifatida ajralib chiqishi va bir butun bo‘lgan hududlarning bo‘linib 
    ketishi, umumiy siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning keskin pasayishiga olib 


    11 
    keldi. Bunday o‘zgarishlar q i shloq, xo‘jaligi xususan, bog‘dorchilik va 
    uzumchilik sohalariga ham o‘zining ma’lum bir darajada ta’sirini ko‘rsatdi. 
    O‘zbekiston Respublikasining mulkchilikning turli shakllariga asoslangan 
    bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, qishloq, xo‘jaligining turli sohalarini boshqarish 
    tamoillariga jumladan, uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar va uzumni 
    qayta ishlash korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy tarkibi hamda davlat bilan 
    o‘zaro munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Bu esa, o‘z 
    navbatida o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida uzumchilik bo‘yicha yetuk 
    mutaxassislar tayyorlash jarayoniga zarur o‘zgarishlar kiritishni taqozo etadi. 
    Oxirgi yillarda dunyo uzumchilik tarmog‘ida yetuk o‘zgarishlar ro‘y 
    bermoqda. So‘ngi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarga 
    xususan, zamonaviy uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi agroklaster, fermer 
    xo‘jaliklari, uzumni saqlash va qayta ishlash korxonalarining tashkiliy iqtisodiy 
    tarkibi hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz 
    bermoqda. 
    Shuni alohida qayd etish lozimki, bilimdon va yangi ishlab chiqarish 
    talablariga mos keladigan soha mutaxassislarini tayyorlashda chuqur bilim olish 
    bilan birgalikda, zamonaviy uzumchilik sohasini chuqur o‘rganish, tok tuplarining 
    morfo-biologik xususiyatlarini e’tiborga olib, turli resurstejamkor texnologik 
    omillarni 
    qo‘llash, 
    zamonaviy 
    kurash 
    choralarini 
    yanada 
    yaxshilash, 
    zararkunandalarning yashash sharoiti va ko‘payish vaqtida mos keladigan kimyoviy 
    pestisid va akarisidlardan to‘g‘ri foydalanish, ularning qo‘llanilish me’yor va
    muddatlariga to‘liq e’tiborni qaratish lozim. 
    Xozirgi davrda respublikamizda tokzorlar maydonini 
    ko‘paytirish, 
    hosildorlikni oshirish, uzumni qayta ishlash quvvatini oshirish, jahon bozori 
    talablariga javob beradigan mahsulotlarni yetishtirish kabi masalalarga katta 
    e’tibor qaratilmoqda.
    Mustaqillik 
    davrida 
    «O‘zmevasabzavotuzumsanoat»xolding kompa- niyasi, «Mevasabzavot» 
    uyushmasi kabi soha tashkilotlarining tuzilgani va faoliyat ko‘rsatib 


    12 
    kelayotgani, dunyo bozoriga uzum (xo‘raki, vinobop, kishmishbop) 
    mahsulotlarining chiqa boshlagani bunga misol bo‘la oladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 
    xo‘jaliklarda vazirlik tomonidan tasdiqlangan (Respublika adliya vazirligi bilan 
    kelishgan holda) «Bog‘ va tokzorlarni yer uchastkalari bilan ijaraga berish 
    bo‘yicha 
    namunaviy 
    shartnoma» 
    asosida
    17550 
    ga 
    tokzor 
    ijaraga 
    berilgani(2001.10.05), xo‘jaliklarning iqtisodiy sharoitlarini yaxshilabgina 
    qolmay, uzumchilikni oilaviy pudrat asosida rivojlanishiga, shuningdek, 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “ 
    O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada 
    rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ri- sida” gi PQ-4246-son qarorida 
    bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini 
    takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali 
    mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurstejamkor 
    texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop 
    mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish belgilangani
    uzum va 
    uning mahsulotlarini ko‘paytirishga imkon beradi. 
    O‘zbekistonda tokzorlarning umumiy maydoni (2001.01 gacha bo‘lgan 
    ma’lumot) 120 ming ga, jumladan hosil beradiganlari 98,8 ming ga, o‘rtacha 
    hosildorlik 63,1 s/ga. 2000 yilda respublikada jami 623,8 ming t. Jumladan, 
    «O‘zmevasabzavotuzumsanoat» xolding kompaniyasi xo‘jalik- larida 155,7 
    ming t uzum hosili yetishtirilgan.
    Dunyo miqyosida qit’alararo tokzorlarning umumiy maydoni bo‘yicha 
    ma’lumotlar 2- jadvalda keltirilgan.
    2-jadvalda keltirilgan FAO ma’lumotlaridan shuni bilish mumkinki, 
    Yevropada umumiy tok maydoni 4 mln 509 ming, Osiyo qit’asida 1mln 783 ming, 
    Amerikada 858 ming, Afrikada 309 ming, Okeaniyada 86 ming gektar maydonni 
    Amerikada 858 ming, Afrikada 309 ming, Okeaniyada 86 ming gektar maydonni 
    tashkil etib, qit’alararo eng ko‘p maydon Yevropa va Osiyo qit’alariga to‘g‘ri 


    13 
    keladi. Shuningdek, dunyo mamlakatlari bo‘yicha tok yetishtirish maydonini tahlil 
    qiladigan bo‘lsak, Ispaniya (1mln 200 ming.ga), Italiya (871 ming.ga), Fransiya (870 
    ming.ga), Turkiya (560 ming.ga), Portugaliya (252 ming.ga), AQSh (357ming.ga), 
    Ruminiya (250 ming.ga), Eron (260 ming.ga), Xitoy (243 ming.ga) turadi.
    2-Jadval 
    Qit’alararo tokzorlarning umumiy maydoni (FAO, 2000) 
    Qit’alar 
    Tokzorlar maydoni, 
    ming/ga 
    Dunyo tokzorlari 
    umumiy maydonlariga 
    nisbati, % hisobida 
    Yevropa 
    4509 
    59.8 
    Osiyo 
    1783 
    23.6 
    Amerika 
    858 
    1.4 
    Afrika 
    309 
    4.1 
    Okeaniya 
    86 
    1.1 
    Hamdo‘stlik mamlakatlarning ichida Moldova (154 ming.ga) maydonda tok 
    ko‘chatlari yetishtiradi. Dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan jami uzum hosili 70.6 mln 
    tonna atrofida, jumladan, Yevropada 31mln.t, Amerikada 12.5 mln.t, Osiyoda 13.5 
    mln.t, Afrikada 12.5 mln.t, Okeaniyada 1.1 mln.t uzum yetishtiriladi. Uzum 
    yetishtirish bo‘yicha eng oldingi o‘rinlarni Ispaniya (15.7 mln.t), Italiya (9.7 mln.t), 
    Fransiya (8 mln.t), AQSh (6.7 mln.t), Turkiya (3.6 mln.t), Xitoy (2.8 mln.t), Eron 
    (2.3 mln) egallaydi. 
     
    3- jadvalda dunyo mamlakatlari bo‘yicha uzum yetishtiruvchi 
    yirik mamlakatlarning 
     
    2019 yildagi hosil ko‘rsatkichlari keltirilgan. 2-jadval 
    ma’lumotlariga ko‘ra, tok ekini maydoni bo‘yicha Ispaniya, Xitoy Fransiya 
    mamlakatlari, hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Hindiston AQSh va Xitoy 
    mamlakatlari peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston respublikasi hosildorlik 
    bo‘yicha 5 o‘rinni egallayapti. 


    14 
    Bugungi kunda
    Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan 
    ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yili O‘zbekistonda 1,8 million tonna uzum 
    yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 11,5 foiz ko‘p mahsulot 
    yetishtirilgani to‘g‘risida  East Fruit tahlilchilari xabar berishgan. 
    3-jadval 
    Dunyo mamlakatlari bo‘yicha uzum yetishtiruvchi yirik mamlakatlar

    Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish