20
1.2.
Tok tuplariga shakl berish va kesish.
1.3.
Tokzor tuprog‘ini saqlash,
ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish va
hosilini terish.
1.4.
Tok yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlar.
Tayanch so‘zlar: tok ko‘chatzori, tok ko‘chatini yetishtirish, ko‘paytirish
texnologiyasi, tokzor barpo qilish, shakl berish va kesish, tuproqni saqlash va ishlov
berish, tok yashil qismlari.
1.5.
Tok Vitaceae Juss oilasining Vitis turkumiga mansub bo‘lib, qadimiy
gulli yoki yopiq urug‘li o‘simlik hisoblanadi. Dunyoning bir qator mo‘tadil,
suptropik hamda tropik mintaqalarida uchraydi va bu tuproq-iqlim sharoitida
mo‘tadil o‘sadi, yaxshi hosil beradi.
Tok o‘simligi doimiy yashil tropik o‘rmonlarda, shuningdek, daryo sohillari
hamda tog‘ yonbag‘rlarida asosan, yovvoyi holda o‘sadi.
Tok chirmashib o‘suvchi liana shaklidagi o‘simlik bo‘lib, jingalaklari
yordamida atrofdagi daraxt va daraxtsimon o‘simliklarga chirmashib o‘zining
barcha poya va barg hajmini ularning yuqori qismiga joylashtirib o‘sish xususiyatiga
ega.
Davrlar o‘zgarishi, iqlimning sovib ketishi, doimiy yashil o‘rmonlarning asta-
sekin nobud bo‘la
borishi oqibatida, tokning o‘sish tarzi, shakli ham o‘zgarib, u
ochiq maydonlarda yer bag‘rlab o‘suvchi shaklga aylangan.
Tok mevasining shifobaxsh va to‘yimliligi tokning boshqa sharoitlarda ham
o‘sib, oson ko‘paya olish xususiyati o‘troq xalqlar tomonidan uni ekib o‘stirishga
sabab bo‘lgan. Tokning serhosil, mevasi chiroyli, shirin bo‘lgan xillari uzoq yillar
davomida
tanlanib
ekilgan.
Parvarish
qilish
usullari
ishlab
chiqilib,
takomillashtirilgan va oxir-oqibatda uzumning turli xil navlari yetishtirilgan.
Tokdoshlar oilasining nomi “aseae” sufiksining “vitis” turkumi nomi
qo‘shilishi asosida hosil bo‘lgan. Tokdoshlar oilasi 14 turkum, 1000 ga yaqin
turlarini o‘z ichiga oladi. Ular o‘zlarining
morfologik belgilari, biologik
xususiyatlari va ishlatilishiga qarab, bir-biridan farq qiladi.
21
1.2. Tokning yovvoyi turlari, asosan Afrika va Osiyoda, 6/1qismi Afrikaning
tropik va suptropik mintaqalarida joylashgan.
Markaziy Osiyo hamda boshqa hamdo‘stlik mamlakatlari hududlarida, shu
jumladan, Buxoro viloyatida tokning Vitis, Ampelopsis
hamda Partenosissus
turkumlarining turlari mavjud. Uzum toki chirmashib o‘suvchi, ba’zan buta va
uncha katta bo‘lmagan daraxt toki tuplaridan iborat bo‘lib, ularning o‘sishi va
rivojlanishi va muttasil mo‘l, sifatli hosil olinishi uchun Buxoro viloyati qulay muhit
hisoblanadi.
Shu muhit sharoitida yuqori samaradorlikka erishish uchun barcha talab
etiladigan resurstejamkor innovasion ilg‘or texnologiya omillaridan unumli
foydalanish agrotexnik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tokdoshlar oilasiga mansub tok mevalari, ya’ni uzum mevalari asosan, xo‘raki,
kishmishbop va vinobop navlaridan iborat bo‘lib, xalq xo‘jaligida
turli xil
yo‘nalishlarda keng foydalaniladi.
Vinobop tok navlari xo‘raki tok navlariga nisbatan sovuqqa ancha chidamli
bo‘lib, ulardan Buxoro viloyati sharaoitida ham yuqori va sifatli konsentrat sharbati
olish imkoniyatlari yuqoridir.
1.3. O‘zbekistonda vinobop uzumlar toifasiga kiritilgan tok navlarini sovuq
harorat yil davomida urib ketganda ham, u qayta ko‘karib, asosiy meva hosili
qiluvchi
novdalaridan tashqari, qo‘shimcha uyg‘onmagan kurtaklaridan, ya’ni
zaxira (bachki) kurtaklardan o‘suvchi novdalar chiqib, ularni kuzgacha yuqori
agrotexnologik omillar
asosida parvarish qilinsa, belgilangan me’yorda ko‘zda
tutilgan hosil olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
1.4. Shuningdek, shuni qayd etish lozimki, O‘zbekistonning tabiiy sharoiti
uzumzorlarni resurstejamkor texnologiya asosida parvarishlab, nav tanlashda,
ko‘chat tayyorlashda, ularni barpo qilishda va parvarishlash jarayonlarida, kasallik
va zararkunandalardan himoyalash,
davolashda, hosilni terish, tashish, saqlash va
quritish jarayonlarini ilmiy asoslangan texnologiyalar asosida tashkillashtirish,