Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/59
Sana11.06.2024
Hajmi1,6 Mb.
#262666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
UZUMChILIK

 
 
 
So‘z boshi 



Uzumchilik mamlakatimiz agrar sohasining qadimiy 
serdaromad 
tarmoqdaridan biri sanaladi. Uzumchilik o‘simlikshunoslik sohasining bir 
bo‘limi sifatida uzum yetishtirish bilan shug‘ullansa, fan sifatida tokdan muttasil 
mo‘l va sifatli hosil yetishtirish uchun uning o‘sishi va rivojlanishini 
boshqarishning turli usullarini ilmiy nazariy va ilg‘or tajribalar asosida ishlab 
chiqadi hamda o‘quv fani sifatida ularni talabalar va soha mutaxassislari 
o‘rganadi. 
Markaziy Osiyo o‘lkasida xususan, O‘zbekistonning qulay tuproq -iqlim 
sharoitida uzumning turli muddatlarda, ya’ni eng erta va eng kech pishadigan 
navlarini yetishtirish imkoniyati mavjuddir va ulardan yuqori hosil olinmoqda. 
Tok — qimmatbaho subtropik o‘simlik hisoblanib, inson umrini uzaytirishga 
juda katta hissa qo‘shuvchi mahsulot turlaridan biri bo‘lib, uning mevasi 
o‘zining parhyezlik va oziqaviy tarkibi jihatidan inson organizmi uchun eng 
zarur mahsulot sanalanadi. Pishib yetilgan uzum tarkibida, ayniqsa u z u m n i n g
kishmish 
navlarida 
28-30%gacha 
odam 
organizmi 
tomonidan 
tez 
o‘zlashtiriladigan qandlar—glyukoza, fruktoza va saxaroza mavjud bo‘lib, qon 
tarkibini yaxshilanishida va almashlab turilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi uzilgan uzum mevasi tarkibida inson salomatligi uchun zarur 
bo‘lgan olma, vino, limon, qahrabo, otquloq, chumoli va boshqa bir qancha 
organik kislotalar, kaliy, kalsiy, fosfor, natriy kabi mineral tuzlar, mevasining 
po‘sti tarkibida rang beruvchi moddalar (pigmentlar), dubil moddalari mavjud. 
Uzum mevasi tarkibida A, S, R, RR, V
1
V
2
, V
6
, V
12
, kabi darmondorilar 
ham mavjud. Shuningdek, V guruh vitaminlari, aminokislotalarning qanday 
miqdorda saqlanishi uzum navining pishish muddatiga, g‘ujumlarning urug‘li 
yoki urug‘sizligiga, tok tupining o‘sish kuchiga, tuproq-iqlim va ob-havo 
sharoitiga hamda parvarishlash usullariga bog‘liqdir. Uzumshunos olimlarning 
kuzatishlariga qaraganda, V guruhiga mansub vitaminlar, aminokislotalar va 
mikroelementlar kechpishar uzum navlarida ko‘proq, to‘planishi ko‘pgina 
o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan aniqlangan.



Uzumning shifobaxshlik xususiyati qadimdan ma’lum bo‘lib, tabobatda 
turli kasalliklar (sil, kamqonlik, kam quvvatlik, oshqozon-ichak, siydik yo‘li, 
yurak xastaligi, urug‘i buyrak toshlarini eritishda va h.k.)ni davolashda keng 
qo‘llanilgan va yuqori samara berilgan.
Uzum mahsulotlari bilan insonlarni davolashning ilmiy asoslangan yangi 
yo‘nalishi— ampeloterapiya (yunoncha ampelos- uzum, therapela- davolash) 
tabobatda keng tarqalgan davolash usuli hisoblanadi. 
Uzum sharbati, ayniqsa yosh bolalar va keksalar uchun bebaho, xushta’m 
oziqa manbaidir. U odam organizmida moddalar almashinuvini tubdan 
yaxshilaydi, qon tomirlarini kengaytirib, jigar faoliyatini yaxshilaydi, yurak 
muskullarini oziqlantirib, qon tarkibini tozalaydi va kupaytiradi.
Uzum mevasidan turli maqsadlar (sarxil mevalarini iste’mol qilishda
qayta ishlash, mevasini quritish va h.k.)da foydalaniladi. Uzum mevasi asosan, 
(janubiy viloyatlarda juda ertapishar navlari iyun oyining 2-o‘n kunligida 
pishadi) iyul oyidan noyabr oyigacha yangiligicha iste’mol qilinadi.
Maxsus sovitgichlarda saqlangan uzumlarni mart-aprel oylarida ham 
sarxil va taru-toza va shifobaxsh meva sifatida iste’mol qilish mumkin. 
Shuningdek, yangi uzumdan murabbo, kompot, sharbatlar, shinni, 
konsentratlar, yuqori sifatli vino, shampanlar ham tayyorlanadi. Mayizbop 
navlari quritilganda, o‘ta to‘yimli, shifobaxsh mahsulot olinadi. Mayiz 
(kishmish, garmiyon va h.k.)qadimdan to‘yimli va shifobaxsh oziqa sifatida 
qadrlanib, parhyezlik xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanidi. 
Quritilgan mayiz tarkibida 80% gacha qand moddasi bo‘lib, asosan, u 
glyukoza va fruktozadan iborat. Shuningdek, uzum tarkibi azotli va oshlovchi 
(dubil) moddalar, organik kislotalarga ham boy hisoblanadi. Mayizning 
qimmatliligi yana shundaki, uni uzoq, muddat saqlash va olis joylarga olib 
borish, jo‘natish mumkin. Uzoq safar(ekspedisiya)ga boruvchilar uchun 
organizmga quvvat beruvchi, toliqishdan asrovchi bebaho oziqa hisoblanadi. 
Ayrim davlatlarda mayiz davlat zaxirasidagi armiyaga beriladigan oziq-ovqat 



mahsulotlari qatoriga kiritilgan va ayni paytda keng sohalarda foydalanib 
kelinmoqda.
1-rasmda 1l uzum sharbati qanchalik darajada inson salomatligi uchun 
ahamiyatli ekanligi borasidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuni alohida qayd etish 
lozimki,
1l uzum sharbati 1,7l sigir sutiga, 650 gr mol go‘shtiga, 1000 gramm baliqqa 300 
gramm tuxumga, 1200 gramm kartoshkaga, 
3500 gramm, pomidor pastasiga,1500 gramm 
olmaga 1500 gramm shaftoliga teng keladi. 
Mazkur keltirilgan 1-rasm ma’lumot- lari 
shundan dalolat beradiki, uzum sharbati 
o‘zining 
qiymatliligi 
va 
xo‘rakilik 
xususiyatlari bilan birgalikda, boshqa meva-
sabzavot mahsulotlari sharbatiga qaraganda
o‘zining ustuvorligini ko‘rsatishidan dalolat beradi. Uzum tarkibida ba’zi inson 
organizmi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalar borligi va ko‘plab boshqa 
mahsulotlardan keskin farq qilishi bilan ustunlikka ega bo‘lganligini 
ko‘rsatmoqda.
1-jadvalda oqsil miqdori, yegulik organik qand miqdori va 100 gr yegulik 
kalloriyasi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar keltirilgan.
1-Jadval ma’lumotlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 100 gr uzum tarkibida 
olma va nok tarkibidagi mavjud oqsil moddalariga teng. Shuningdek, uzum
tarkibida eng ko‘p qand, moddasi, kalloriya miqdorlari bo‘lib, oqsil 0,4 mgni 
tashkil etgan holda, insonni rivojlanishi va uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Shu 
uchun uzum maydonlari yildan yilga ko‘payib bormoqda, yangi navlar va 
parvarishlash usullari qo‘llab kelinmoqda.
1-Jadval
Oqsil miqdori, yegulik organik qand miqdori va 100 gr yegulik kalloriyasi, % 
hisobida 
1
l
=
1.
1-rasm.1 
l
itr uzum sharbatining 
meva-sabzavot 
va 
oziq-ovqat
mahsulotlariga tengligi keltirilgan. 



№ 
Uzum va 
boshqa 
mevalar turlari 
Oqsillar, 
Mg 
Qand miqdori, 
mg 
Kalloriya, 


Uzum 
0,4 
16.5 
73 

O‘rik 
0,9 
10.5 
52 

Olma 
0,4 
11.3 
51 

Olu 
0,8 
9.9 
19 

Nok 
0,4 
10.7 
47 

Limon 
0,9 
3.6 
43 

Yer shotuti 
1,2 
7.0 
38 
Uzumdan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlatilishi va tayyorlanish 
texnologiyasi bo‘yicha 4 guruhga bo‘linadi
-

Download 1,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish