• 2-mavzu. Tok o‘simliklari biologiyasining asoslari. Reja
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

    Nazorat savollari

    1.
    Tok ko‘chatlarini ko‘paytirishiga izoh bering? 
    2.
    Tokzor barpo qilish omillarini ayting? 
    3.
    Tok tuplariga shakl berish va kesish? 
    4.
    Tok tuprog‘iga ishlov berish xususiyatlari? 
    5.
    Tokni o‘g‘itlash va sug‘orish usullari? 
    6.
    Tok hosilini yig‘ib terib olish tartibi ? 
    7.
    Tok tuplarini yashil qismlari bilan olib boradigan ishlar? 
    2-mavzu. Tok o‘simliklari biologiyasining asoslari. 
    Reja: 
    2.1. Tokni ildiz va poya tuzilishi. 
    2.2. Barg va tok gullari 
    2.3. To‘pgul (sho‘ra) va gul 
    2.4. Uzum boshi, g‘ujum, urug‘i, uzum boshining yirikligi. 
    2.5. Jingalak 
    Tayanch iboralar: tok ildizi, poya tuzilishi, barg va tok gullari, to‘pgul va sho‘ra, 
    uzum boshi, gujumi, urug‘i, uzum boshining yirikligi. 
    2.1. T
    ok o‘zining morfo-biologik xususiyatlari va tuzilishiga ko‘ra, 
    vegetativ va 
    generativ organlarga
    bo‘linadi. 
    Vegetativ organlarga tok tupining o‘suvchi qismlari: 
    ildiz, poya, barg, kurtak, 
    jingalak
    kabi organlari kiradi va ular o‘simlik hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Ular orqali suv va oziq moddalar o‘zlashtiriladi, fotosintez, transpirasiya, nafas olish 
    kabi muhim jarayonlar kechadi. Shuningdek, vegetativ ko‘payish vazifalrini tok 
    novdalarining poya qismlarini o‘sishi orqali amalga oshadi. 


    23 

    Maqbul navlar bo‘yicha uzumzor barpo qilish uchun eng zamonaviy tok 
    yetishtirish usullaridan foydalanish, ularni o‘g‘itga, suvga va qator oralariga ishlov 
    berishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash, jadallashgan ilg‘or texnologiyalarni 
    qo‘llaydigan uzumzorlarni barpo qilish, simbag‘azlardan foydalanish, tomchilatib 
    sug‘orishni qo‘llash, biousul va kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning 
    zamonaviy samarali usullarini qo‘llash va ishlab chiqarishga joriy qilish, sanoatbop 
    uzumlarni chetga chiqarishni tashkillashtirish, saqlash va quritish usullaridan to‘liq 
    foydalanish kabilar kiradi. 
    Hozirgi sanoatlashtirilgan uzumchilikda intensiv tipdagi tokzorlarda istiqbolli, 
    eksportbop yuqori va muttasil sifatli hosil beradigan hamda shu bilan birgalikda 
    mayizbop uzumlarning chiqish foizi yuqori bo‘lgan uzum navlarini yetishtirish 
    dolzarb vazifa hisoblanadi. 
    2.2. 
    O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida ham oxirgi yillarda sanoatbop 
    uzum navlaridan bog‘ barpo qilishga katta e’tibor berilmoqda va ularning maydoni 
    keskin oshib bormoqda. 
    Tuproq- iqlim sharoitlarining qulayligi, ajoyib uzum navlarining mavjudligi, 
    ulardan yuqori, mo‘l va sifatli hosil olish imkoniyatini beradi. Uzum va mayiz 
    yetishtirish ilmiy nuqtai nazardan o‘ziga xos xususiyatlarga ega mehnat talab 
    etadigan jarayondir. Yuqori sifatli ko‘p hosil yetishtirish uchun sohibkor bog‘bonlar 
    o‘z mintaqasiga xos bo‘lgan uzum navlarini nazariy bilimlari va ko‘p yillik amaliy 
    ko‘nikmalarini birga hamohang qo‘llashi kerak bo‘ladi. Tok parvarishi davomidagi 
    har bir ishlov hosil miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu qo‘llanmada 
    bog‘bon-sohibkorlar duch kelishi mumkin bo‘lgan fiziologik, fitopatologik va 
    ekologik masalalar haqida so‘z yuritiladi.
    2.3. Mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan Respublika va 
    Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan agrar va siyosiy sohaga oid bir qator qonunlar, 
    O‘zbekiston Prezidenti va hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlari
    qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samarador ligini keskin oshirishga, zamonaviy 
    uzumchilik sohasini ilmiy asoslangan, resurstejamkor innovasion texnologiya 


    24 
    asosida olib boriishga, aholini qishloq xo‘jaligi va oziq - ovqat mahsulotlariga
    sanoatni esa sifatli xom ashyoga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirishga qaratilgandir. 
    2.4. Yuqorida keltirilgan jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa 
    ko‘rinib turibdiki, respublika bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik 60.2s/ga.ni tashkil qiladi. 
    Yuqori hosildorlikka erishganlardan: Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Navoiy, 
    Samarqand kabi viloyatlar peshqadamlar safida ekanligi ko‘rinib turipti. 
    6-jadval
    O‘zbekiston Respublikasida tokzorlar maydoni, hosildorlik va yalpi hosil(barcha 
    toifadagi xo‘jaliklar bo‘yicha 2005.14.01da bo‘lgan ma’lumotlar 
    Viloyatlar 
    Tokzorlar maydoni, 
    ming ga 
    Hosildorlik, s/ga 
    Yalpi hosil ming.t. 
    Jami 
    Hosilga 
    kirgani 
    Qoraqalpog‘iston 
    respublikasi 
    0.4 
    0.4 
    47.3 
    1.6 
    Andijon 
    5.0 
    3.5 
    53.0 
    18.5 
    Buxoro 
    9.2 
    8.1 
    118.5 
    95.9 
    Jizzax 
    5.2 
    4.1 
    25.4 
    10.4 
    Navoiy 
    4.3 
    4.1 
    69.1 
    28.5 
    Namangan 
    12.5 
    10.7 
    44.1 
    47.1 
    Samarqand 
    31.6 
    27.3 
    67.4 
    184.1 
    Sirdaryo 
    1.4 
    10.1 
    43.5 
    5.2 
    Surxondaryo 
    15.1 
    12.0 
    30.8 
    37.0 
    Toshkent 
    14.7 
    10.9 
    61.5 
    66.8 
    Farg‘ona 
    5.4 
    4.6 
    80.4 
    37.0 
    Xorazm 
    1.7 
    14 
    96.8 
    13.6 
    Qashqadaryo 
    9.6 
    7.8 
    40.4 
    31.9 

    Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish