|
Andijon viloyati Shahrixon tuman 43- umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi
|
bet | 1/2 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 1,1 Mb. | | #158991 |
Bog'liq 8 o daers
Andijon viloyati Shahrixon tuman
43- umumiy o’rta ta’lim maktabi
matematika fani o’qituvchisi
Teshaboyev Rivojiddinning
8-“A” sinf algebra fanidan
“Dars muqaddasdir” tavsiyasi asosida
o’tgan bir soatlik dars ishlanmasi
Mavzu:
“Kasrning kvadrat ildizi”
Tasdiqlayman:
Maktab direktori: _________ A.Usubjonov
“ ____” ___ 20___ yil
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Kasrning kvadrat ildizi
|
Darsning maqsadi
|
Ta’limiyligi: O’quvchilarningkvadrat ildiz , darajaning kvadrat ilduizi, ko’paytmaning kvadrat ildizi mavzularini bilganlari holda, ularning kasrning kvadrat ildizi mavzusi haqida tushuncha berib, mavzu bo’yicha bilim , ko’nikma va malaka hosil qilish;,mavzuga oid misollar yecha olishlariga erishish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning “Kasrning kvadrat ildizi” mavzusi bo’yicha olgan bilimlari amalda qo’llab misollar yechishlari orqali fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, mavzuga oid tushunchalar orqali matematik ongini o’stirish;
Tarbiyaviyligi: O’quvchilarga “Kasrning kvadrat ildizi” mavzusi bo’yicha bilim berish orqali umummadaniy konpitensiyani shakllantirsh, ulug’ allomalarimizning mavzuga oid ishlarini ibrat qilib ko’rsatgan holda o’quvchilarning Ona Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash.
|
Vazifalar:
|
Kasrning kvadrat ildizini topish orqali o’quvchilarning shu bo’limga qiziqishini o’stirish; topqirligini, izlanuvchanligini, ijodkorligini , hozirjavobligini o’stirish,kasbga yo’llash, kompyuterlardan foydalanish va mavzuga doir masalalarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirish. Bunda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi (aniq hisob- kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish.
|
O’quv jarayoning mazmuni
|
O’quvchilar mavzu bo’yicha bilim,ko’nikma va malakaga ega bo’lgan holda ,matematik bilimlarni amaliyotga qo’llash kompitensiyasi (o’rgangan bilimlari asosida misollar yecha olishlari, kundalik hayotga tatbiq eta olishlari, arifmetik amallarni bajara olishlariga erishish) ni shakllantirish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: “Aqliy hujum”,”Zig-zak” usuli, darslik bilan ishlash;
Shakl: savol-javob,guruh va yakka tartibda, mustaqil ishlash;
Vositalar:8- sinf darsligi, plakatlar,video proyektor, tarqatmalar, ko’rgazmalar;
Usul: savol-javob, bahs-munozara,ko’rsatmalilik.
Nazorat: yozma,og’zaki;
Baholash: 5 balli tizm asosida.
|
Kutilayotgan natija:
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini orttiradi; o’quvchilar o’rtasida do’stona munosabatlarni yaratadi; darsning maqsadini uqtirib, maqsadga erishadi, mavzuni misollarini yechtirish orqali o’quvchilar fiklash qobiliyatini o’stirib, matematik bilimlarini boyitadi, past o’zlashtiruvchilar bilan hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashga erishadi.
|
Fanga bo’lgan qiziqishi ortadi, mustaqil misol-masalalar yecha oladigan bo’ladi, atrofdagilarga, tengdoshlariga hurmatni o’rganadi, “tengdoshlar” tizimi bo’yicha ishlashga harakat qiladilar.
|
Kelgusi rejalar:
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
Darsda ilg’or pedagogik texnologiyaning turli usullarini qo’llash, AKT dan samarali foydalanish .
|
O’quvchi o’z fikrini mustaqil bayon qilishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, mavzuga oid yangi ma’lumotlar izlashga harakat qiladi.
|
Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism: 3 min.
2.O’tilgan mavzuni so’rash: 5min
3.Yangi mavzu bayoni: 10 min
4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 15 min
5. Guruhlarda ishlash: 7 min
6.Darsni yakunlash va xulosalash: 3min
7.Uyga vazifa: 2 min.
Darsning borishi:
|
| |