• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Kuch transformatorlarida kuchlanishni rostlovchilar




    Download 163,34 Kb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi163,34 Kb.
    #239051
    Bog'liq
    Xudoynazarov E


    Kuch transformatorlarida kuchlanishni rostlovchilar
    Xudoynazarov Erkinjon Qaxramonjon o’g’li
    Farg’ona Politexnika instituti Energetika fakulteti
    erkinxudoynazarov007@gmail.com

    Kuch transformatori chulg’amlarining mexanik holatini tahlil qilish usullarini ishlab chiqish va modernizatsiya qilish dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Buning asosiy sababi elektr sistemasida ko’p uzilishlar, kuch transformatorlarining chulg’amlaridagi nosozliklar tufayli yuzaga kelishidir. Chastota reaktsiyasini tahlil qilish usuli bilan cho’lg’amlar sonini holatini baholash o'rash diagnostikasi sohasidagi eng istiqbolli yo'nalish hisoblanadi, bu usul o'rashning geometrik o'lchamlaridagi o'zgarishlarga eng yaxshi sezgirlikni o’zida aks etadi.Diagnostik modellarni talim jarayonida asosan bitiruvchi kurslar va magistrantlarga o’qitish kelajakda elektr sistamasi ishonchliligini yanada orttiradi.


    Elektrodinamik kuchlar ta'sirida kuch transformatorlari chulg'amlarining texnik holatini baholashning asosiy usullarini ko'rib chiqamiz. Aytib o'tish kerakki, chastota reaktsiyasini tahlil qilish usuli bilan cho'lg'amlar sonini holatini baholash o'rash diagnostikasi sohasidagi eng istiqbolli yo'nalish hisoblanadi, bu usul o'rashning geometrik o'lchamlaridagi o'zgarishlarga eng yaxshi sezgirlikni o'zida aks etadi. Chastotaga javob berish usuli bilan o'rash diagnostikasi natijalarini sharhlash yondashuvlarini ko'rib chiqish berilgan. Hozirda natijalarni sharhlashda universal yondashuv mavjud emasligi bizga ma'lum. Shuning uchun, chastota xususiyatlarini o'lchash yo'li bilan chulg'amlarning holatini diagnostika qilish usulini takomillashtirish, shuningdek diagnostika natijalarini sharxlash usulini ishlab chiqish, bizning ishimizda asosiy dolzarb muammo deb qaraymiz. Kuch transformatori elektr tarmog'ining muhim elementlaridan hisoblanadi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladigan joydan uzoq masofalarda joylashgan iste’molchiga birlamchi kuchlanishni olti marotabadan kam bo’lmagan holda ko’paytirib uzatiladi. Iste’molchi oldida u yana pasaytirilib, iste’molga beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun transformatorlar xizmat qiladi. Masalan, elektr stansiya shinalardagi 15,75 kV kuchlanish ketma-ket olti kuchlanishli transformatorlar yordamida quyidagi kuchlanishlarga aylantiriladi: 15,75-525 kV ga; 500-242 kV ga; 220-121 kV ga, 115-38,5 kV ga, 35-11 kV ga, 10-0,4 yoki 0,69 kVga. Energiyani ko’p sonli mayda iste’molchilarga taqsimlash transformatorlar sonini ko’paytirishga olib keladi. Har bir pog’onadagi transformatorlar quvvati oldingisining quvvatidan kattaroq qilib olinadi, Shunga ko’ra, barcha transformatorlar quvvati umumiy generator quvvatidan 8-10 marotaba katta bo’ladi, bu munosabat yaqin orada yana ko’payishi mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, elektr stansiyadan uzoqlashgan sari transformatorlar quvvati kamaya boradi va transformatorlar tayyorlash uchun ketadigan materiallar hajmi va energiya isrofi ortib boradi hamda har bir generatoming o’rnatilgan birlik quvvatiga 7-8 karra ko’p transformator quvvati talab etiladi. Yaqin orada bu son 9-10 karraga yetadi. Elektr stansiyaga ornatilgan transformatorlar soni unchalik ko’p bo’lmasligiga qaramay, ular energiya tizimi ishida katta ta’sirga ega.
    Elektr energiya istehmolchilari aniq bir nominal kuchlanishda normal ishlaydi. Kuchlanishni nominal qiymatdan kamayib yoki ortib ketishi ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini pasayishiga, elektrotexnik qurilmalarini ishlash muddatini kamayishiga olib keladi. SHuning uchun kuchlanishni nominal qiymatda ushlab turish extiyoji tug’iladi. [ 1 ] Hozirgi vaqtda podstantsiya transformatorlarni yuklama ostida rostlash (YuOR) qurilmasi bilan jihozlangan bo’lib bu qurilma transformatorni yuqori kuchlanish tomonidagi o’ramlar sonini avtomatik qayta ulab kuchlanishni rostlaydi. Yuklama ostida rostlanuvchi transformatorlar qo’shimcha kuchlanishni avtomatik rostlagich KAR bilan jihozlanadi. Transformator (KAR) qurilmasi bilan birgalikda transformatorni transformatsiya koeffitsientini avtomatik rostlash tizimini vujudga keltiradi. Avtomatik rostlash tizimini asosiy xarakteristikalari: – rostlash pog’onasi, Un=1,25-2,5%; – sezmaydigan zonasi (DUsz) – bunday kuchlanishni o’zgarish zonasi-da rostlagich ishga tushmaydi. Har doim DUsz>Un bo’lishi kerak; – rostlash aniqligi-sezmaydigan zona kuchlanishini yarmiga teng kuchlanishni o’zgarishi bilan xarakterlanadi; – kechikish vaqti-qisqa vaqtli kuchlanishni o’zgarishida rostla-gichni ishga tushmasligini tahminlovchi ‘arametr; – rostlagich ustavkasi-rostlagich tahminlashi zarur bo’lgan kuchlanish.

    Xulosa. Men bu mustaqil ishda kuch transformatorlari qo’llanilish soxalari , ularning diagnostikasi, kuchlanishni rostlash jarayonini va transformatorlardagi cho’lg’amlarining o’ralishini ko’rib chiqdim. Cho’lg’amlar asosida kuchlanishni qanday rostlashni o’rgandim.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. https://fayllar.org/mavzu-kuch-transformatorlari-umumiy-malumotlar-transformatorla.html
    2. Gayibov T.S.H., Shamsutdinov H.F., Pulatov B.M.. Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. – T: ”Fan va texnologiya”, 2015.
    Download 163,34 Kb.




    Download 163,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuch transformatorlarida kuchlanishni rostlovchilar

    Download 163,34 Kb.