|
O‘rnatilgan tizimlari fanidan mustaqil ish topshirig‘i mavzu: O‘rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar Bajardi
|
bet | 1/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 59,98 Kb. | | #247706 |
Bog'liq mustaqil ish topshirigʻi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter injiniringi fakulteti
Sun’iy intellekt kafedrasi
O‘rnatilgan tizimlari fanidan
MUSTAQIL ISH TOPSHIRIG‘I
Mavzu: O‘rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar
Bajardi: EBS007 guruh talabasi
Hayitboyev Ibratjon
Tekshirdi: Xoldorov Shohruhmirzo
TOSHKENT – 2024
MAVZU: O‘rnatilgan operatsion tizimlarda uzilishlar
REJA
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
2.1 Qurilmalarda nosozliklarni tuzatishning umumiy texnik vositalari
2.2 Dasturda uzilishlar, xatoliklar va istisnolarga sharhlar
2.3 Mikrokontroller tizimlarining apparatlarida uzilish jarayonlari va usullari
2.4 Operatsion tizimlarda uzilishlar
III.XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.KIRISH
Uzilish — qandaydir tashqi harakatlar (ishlar, jarayonlar)ni bajarish uchun hozirgi ishlarni vaqtincha markaziy protsеssor qurilmasi yordamida to’xtatishdir, ularni bajargandan so‘ng protsеssor oldingi holatga qaytadi va to‘xtatib qo’yilgan ishni davom ettiradi. Har bir uzilish tartib raqamiga ega, unga asosan markaziy protsеssor qurilmasi qayta ishlash uchun qism – dasturni qidirib topadi. Protsеssorlar ikki turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga kеltirishi mumkin: dasturiy va tеxnik.
Biror qurilma favqulodda xizmat ko‘rsatilishiga muxtoj bo‘lsa, unda tеxnik uzilishlar paydo bo‘ladi. Odatda bunday uzilish markaziy protsеssor uchun kutilmagan hodisadir. Dasturiy uzilishlar asosiy dasturlar ichida protsеssorning maxsus buyruqlari yordamida bajariladi. Dasturiy uzilishda dastur o‘z – o‘zini vaqtincha to‘xtatib, uzilishga taalluqli jarayonni bajaradi.
Uzilish ayrim xodisalarda paydo bo’ladigan bajarilayotgan dasturdan tizimga sistemaga uzatiladigan boshqaruv. 1950-yillar o’rtasida uzilish g’oyasi kirib keladi va hisoblash texnikasi taraqqiyotiga katta hissa qo’shadi. Uzilishni kiritishdan asosiy maqsad ishning assinxron rejimini realizatsiya qilish va hisoblash bloklarining ayrim qurilmalarini bir vaqtda ishlash jarayonini amalga oshirish ya’ni parallellash jarayoniga o’tkazish.Uzilish (xatoliklar)―ing.- interrupt qandaydir noxush hodisa paydo bo’lganligi haqida protsessorga habar beradi. Bunda berilayotgan yoki bajarilayotgan buyruqlar ketma- ketligini to’xtatib, boshqaruv jarayonining uzilishini qayta tiklashga uzatiladi va uzilgan kodga boshqarishni qaytaradi. Uzilish signallari quyidagilarga bo’linadi:
Assinxronli yoki tashqi (apparatli) hodisa tashqi manbalardan chiqadigan (masalan periferli qurilma ) va har daqiqa (har qanday vaziyatda ) signal bo’lishi mumkin.
|
| |