3-Mavzu. Tok o‘simligining yillik rivojlanishi davrlari. Reja: 3.1. Barg tuzilishi
3.2. Tok gullari
3.3. To‘pgul (sho‘ra) va gul
3.4. Uzum boshi, g‘ujumi va urug‘i
3.5. Jingalak
Tayanch suzlar. Rvojlanish davrlari barg. Gullari tupgul uum boshi gujum
urug jingaak.
3.1. Barg tokning vegetativ organlaridan biridir . Uning hayotiy faoliyatida
muhim rol o‘ynaydi. Barg yordamida quyosh nuri ta’sirida fotosintez jarayoni
vujudga keladi, ya’ni anorganik moddalar organik holatga o‘tadi. Barg orqali sodir
bo‘ladigan transpirasiya hodisasi o‘simlik organlarini qizib ketishidan asraydi,
28
o‘simlikda suv va oziqa moddalarining harakatini izga tushiradi. Barglarning nafas
olishi natijasida metabolizm jarayonlari uchun kerak bo‘lgan energiya ajraladi.
Barg o‘simlik bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gaz almashinuvida muhim rol
o‘ynaydi.
3-rasm. Tok barglarining uzum navlariga qarab, barg va barg bandi shakllarining tuzilishi.
Tok
bargi bandning uzunligi va barg yaprog‘ining shakli tok navlariga qarab har xil bo‘ladi. Tok bargi, ko‘pincha, 3 yoki 5 kertikli bo‘lib, har bir bo‘laklar
o‘rtasida o‘yiqlar bo‘ladi. Barg sathi silliq, burishgan shaklda bo‘ladi. Barg
yaprog‘ining orqa tomoni ko‘pincha tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Barglar toklar
rivojlanishi uchun muhim o‘ringa egadir. O‘simlikda, ya’ni tokda bargni tashqi
muhit omillaridan himoya qiladi, suv, asosan, barglar orqali bug‘lanadi. Bu esa
o‘simlik tanasidagi haroratni biroz pasayishiga olib keladi va uni haddan tashqari
qizib ketishidan saqlaydi, bu o‘simlikni o‘sishi, hosil shakllanishiga me’yor
darajasida ta’sir qiladi.
29
4-rasm. Tok barglarining uzum navlariga qarab, barg va barg bandi shaklining old va orqa
tomondan ko‘rinishi.