• 3.3. To‘pgul ( sho‘ra) va gul
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

     3.2. 
    Tok gullari
    mayda, yashilsimon-sarg‘ish va ko‘rimsiz bo‘lib, ingichka 
    gulbandi yordamida to‘pgul o‘qiga birlashgan bo‘ladi. G’ujumlar tugilgach, 
    gulbanddan mevabandga aylanadi. Tokda urg‘ochi, erkak, ikki jinsli, funksional 
    urg‘ochi, funksional erkak gullar bo‘ladi.
    Uzum navlarining 
    aksariyati ikki jinsli bo‘lib, changlari urug‘lanish xususiyatiga ega bo‘lgan tik 
    turuvchi uzun changchilardan tashkil topgan. Funksional urg‘ochi gulda esa 
    urug‘chisi normal rivojlangan bo‘lib, changchisi rivojlanmagan bo‘ladi. Turli xil 
    uzum navlari gulining tuzilishi 5- rasmda keltirilgan. 
    Funksional urg‘ochi gul changlari naslsiz (steril) bo‘ladi. Agar bunday gulli 
    navlar ikki jinsli navlarning gullari bilan changlanmasa meva tugmaydi yoki mayda 
    partenokarpik mevalar hosil qiladi. 
    5-rasm.Tok navlari gulining tuzilishi. 1 — 
    funksional 

    erkak gul; 2 
    — 
    funksional urg‘ochi gul; 3 — 
    ikki (qo‘sh) jinsli gul; a 
    — 
    guldband; b — gul o‘rni; v — kosacha; g 
    — 
    urug‘chi; d
    — 
    changdon; 
    Natijada hosil miqdori va sifati pasayadi. Ba’zan tok navlarida qat-qat yaproqli 
    gullar ham uchraydi. Bunday gullar urug‘chi, changchi, nektarnik (shira ajratuvchi 
    bezlar) ning gulbarglariga aylanishi natijasida hosil bo‘ladi.
    3.3. 
    To‘pgul ( sho‘ra) va gul 
    To‘pgul – murakkab shingil va ro‘vak shaklida bo‘lib

    gullar joylashgan yashil 
    novdaning bir qismini tashkil etgan holda, gul g‘unchalar bilan yakunlanadi.
    Uning 
    shakli bo‘lajak uzum boshining shakliga monand bo‘ladi. Ularning katta-kichikligi 
    o‘qining shoxlanishi, gullarning miqdori, uzum navi va shakllanish sharoitlariga 


    30 
    bog‘liq. To‘pgul o‘tgan yilgi qishlovchi kurtaklarda hosil bo‘lib, kelgusi yil bahorda 
    kurtaklar yozilguncha boshlang‘ich murtak 
    6-rasm
    Uzum to‘pguli va shingilining ko‘rinishi. 1 to‘pgul; 2 shingil 
    holida bo‘ladi. Bitta hosilli novdada 1 dan -3 tagacha to‘pgul bo‘ladi. Bahorda 
    novdalar 15-20 sm ga yetganda to‘pgullar (sho‘ralar) ko‘rina boshlaydi. Uzum 
    naviga qarab to‘pgullar konussimon, silindrsimon gullari mayda, sariq-yashilsimon, 
    ko‘rimsiz va h.k. shaklda bo‘ladi.
    Ingichka 
    gulbandi yordamida to‘pgul o‘qiga birlashgan bo‘ladi. G’ujumlar tugilgach, 
    gulbandi mevabandga aylanadi. Tokda urg‘ochi, erkak, ikki jinsli, funksional 
    urg‘ochi, funksional erkak gullar uchraydi. Ekiladigan uzum navlarining aksariyat 
    qismi ikki jinsli gulga ega bo‘lib, changlari urug‘lanish xususiyatiga ega bo‘lgan tik 
    turuvchi uzun changchilardan iborat. Funksional urg‘ochi gulda esa urug‘chisi 
    normal rivojlangan, changchisi esa rivojlanmagan bo‘ladi.
    O‘zbekiston sharoitida tokning tanasidagi hosil beruvchi kurtaklardan 
    to‘pgullarning rivojlanishi, taxminan mayning ikkinchi yarmida paydo bo‘la 
    boshlaydi, bu tokning gullash paytiga to‘g‘ri keladi, o‘sish va hosil berishning asosiy 
    omillaridan biri hisoblanadi. 
    To‘pgul tok novdasining pastki tomoniga qanchalik yaqin bo‘lsa, novdada 
    sho‘ralar shuncha ko‘p bo‘ladi, bu ma’lumotlar tokning biologik xususiyatlariga 
    kiradi. 


    31 
    To‘pgulda birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi tartib shoxchalar bo‘ladi, 
    bular yoshiga qarab tok tanasida joylashadi. To‘pgulning katta-kichikligi tok 
    navlariga qarab har xil bo‘ladi. Uzum boshi mayda bo‘lgan tok navlarida esa gul 
    500-700 tagacha va undan ham ko‘proq bo‘ladi, bu tokning o‘sishiga sharoit 
    yaratadi. 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish