45
oziqalashda, sug‘orishda qulay muhit yaratish maqsadida,
notekis maydonlar
tekislanadi. Yerni ekishga tayyorlashda buldozer, skriper va greyderlar va boshqa
yordamchi mexanizmlar qo‘llaniladi.
Yer tanlashda yer osti suvi juda yaqin bo‘lmagan yerlar tanlanishi lozim. Yer
osti sizob suvi qanchalik yaqin bo‘lsa, u g‘ovlab ketib, hosil shoxi o‘rniga ko‘proq
o‘suv shoxi rivojlanib, kam hosilli, novdalari g‘ovakli bo‘lib, sovuqqa chidamsiz
bo‘ladi. Agar tokzorlarni barpo etishda noto‘g‘ri yer tanlanib,
biron-bir xatolikka
yo‘l qo‘yilgan taqdirda, mazkur tokzorlardan 50-60 yil davomida kam hosil olinadi,
iqtisodiy samaradorlik past bo‘ladi.
Buxoro viloyatining qariyib barcha maydonlari turli darajada sho‘rlangan
bo‘lganligi va yer osti sizob suvlari yuza joylashganligini inobatga olib,
kuchli
sho‘rlangan yerlar kech kuzda va qish mavsumida sho‘ri yuviladi, sizob suvi sathini
pasaytirish uchun gorizontal va vertikal zahburlar qaziladi.
Viloyatning tog‘li hududlarga yaqin bo‘lgan yon bag‘irli adirlarning qiyaligi
(tikligi) 10
0
dan kam bo‘lsa, tok ko‘chatlarini kontur usulida o‘tqaziladi.
Yon bag‘irlarning tikligi 10
0
dan ortiq bo‘lgan tog‘li hududlarda terasser,
buldozer, greyderlar
bilan terrassalanadi, ularning kengligi kamida 4 m bo‘lishi
lozim.
Keyingi barcha agrotexnik tadbirlar (tuproqqa ishlov, oziqalash, sug‘orish,
simbag‘azlarga yashil novdalarni bog‘lash, xomtok-sho‘ra va g‘o‘ra xomtoklarni
o‘tkazish, himoyalash va h.klar) tok gullaganidan keyin amalga oshiriladi.
Tokzorlar mahsuldor bo‘lishi
uchun dastlab, tok ildizlarining rivojlanishiga
optimal sharoit, ya’ni
maqbul suv-havo, oziqa, yorug‘lik, issiqlik rejimlarini
yaratish zarur bo‘ladi.
Ikkinchi
navbatda, ko‘chat ekishga tanlangan yer maydonini 50-60 sm
chuqurlikda to‘liq ag‘darib haydaladi. Kerakli mahalliy va mineral o‘g‘itlar
aralashmalari ko‘chat o‘tqaziladigan maydonning ekish chizig‘i bo‘ylab, tuproqning
unumdor, ya’ni yosh ko‘chatning ildiziga yaqin bo‘lgan chuqurlikka solinib ekilsa,
ko‘chatlarning unuvchanligi ortadi, o‘simlik ildizi
orqali oziq moddalarini
46
tuproqdan olishi va oziqlanish darajasi yaxshilanishi yevaziga o‘sish va rivojlanishi
yaxshilanib, tez voyaga etadi va barvaqt hosil solishga kirishadi.