• 5-mavzu. Tokni ko‘paytirish va ko‘chat yetishtirish Reja
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

    Nazorat savollari 


    41 
    1.
    Tok uchun qulay iqlim – tuproq sharoiti tasnifi 
    2.
    Tashqi muhit omillarining tok o‘sishiga ta’siri 
    3.
    O‘zbekiston tuproqlari tasnifi 
    4.
    Tok uchun eng qulay tuproq-iqlim sharoitining asosiy ko‘rsatkichlari 
    5-mavzu. Tokni ko‘paytirish va ko‘chat yetishtirish 
    Reja: 
    1.
    Ko‘chat va ko‘chatzor haqida ma’lumot bering 
    2.
    Tokni ko‘paytirish usullari tasnifi 
    3.
    Tok ko‘chatini yetishtirish texnologiyasi 
    4.
    Tok ko‘chatini kovlab olish, saqlash va realizasiya qilish 
    Tayanch iboralar: ko‘chatzor, tok ko‘chatlari, qalamchalar, qalamcha o‘tkazish, 
    sug‘orish, o‘g‘itlash, parvarishlash. 
    Uzumchilikda barcha tok navlari qalamchadan ko‘paytiriladi va ma’lum 
    miqdordagi zaruriy ko‘chat olinadi. Qalamchalar yil davomida parvarish qilinadi va 
    yilning oxirida bir yillik tok ko‘chatlari kovlashga tayyor bo‘ladi. 
    O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda uzum 
    ko‘chatlari uchuneng qulay va maqbul, yumshoq va serunum sug‘oriladigan tuproq 
    tanlab olinadi. Shuni inobatga olish kerakki, ko‘chatzor barpo qilish uchuntekis 
    yerdan foydalanish agrotexnik nuqtai nazardan foydadan holi bo‘lmaydi. 
    Uzum 
    ko‘chatzori barpo qilish uchun serunum, sug‘oriladigan va oziqa elementlariga boy 
    tuproqli maydon tanlab olinadi. 
    Tok qalamchalaridan ko‘chatzorlar barpo etishning birinchi bosqichida 
    toklarning tinim davrida tok qalamchalari tayyorlanadi, bu agrotexnik tadbirni 
    o‘tkazishda qalamchalarni qaysi novdalardan olishga va qancha sm uzunlikda 
    qirqiishga hamda ekiladigan tag tomoni kurtak tagiga yaqin bo‘lishi qalamchaning 
    uchki tomonini qirqishda kurtakdan bir oz uzoqroqdan qirqilishiga e’tibor berish 
    lozim. Qalamchalar uzunligi 40-45sm dan kam bo‘lmasligiga ham e’tibor berish 
    kerak. Ko‘paytirish uchun tokning eng yaxshi va sog‘lom qalamchalari tanlab 


    42 
    olinadi. Qalamchalarning rivojlanishi uchun tarkibida oziqa elementlari bo‘lishi 
    muhim agrotexnik omil hisoblanadi.
    Tok 
    nihollarini 
    qalamchalardan 
    tayyorlash jarayonida ildiz otish jarayoni yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq 
    hisoblanadi.
    Shuni aytib o‘tish lozimki, qalamchlar orqali ko‘chatzorlarni barpo etish
    jarayonida qalamcha navlari bir yoshli bo‘lishi va ular xandaklarga joylashtirilishi 
    lozim. Qalamchalarni saqlash uchun quyidagicha tartibda xandaklar kovlanadi. 
    Xandaklarni chuqurligi 1,0 metrgacha, kengligi 0.80 m
    va uzunligi zaruriyatga qarab belgilanadi. Xandaklarga qalamchalarni
    joylashdan oldin 3-5 smga qum tashlanadi, 100 tadan tayyorlangan va uzum
    10 -rasm. Qalamcha usulida ko‘chat 
    yetishtirish. 
    11- rasm. Saqlash uchun tayyyorlangan qalamchalar. 
    navlari hamda qalamchalar soni yozilgan yorliq, suv o‘tmaydigan polietilen 
    paketchalarga o‘rab bog‘lab qo‘yiladi qalamchalar gorizont holatida xandak-
    larga joylanadi, usti 0-20 sm gacha yaxshi tuproq bilan ko‘miladi va bostirib 
    sug‘oriladi.
    Qalamchalar asosan, oziqa maydoni 70-80-90 x10-12 smli tizimda ekiladi; 1 
    ga maydonga o‘rtacha 125 ming qalamcha sarflanadi. Ekilgan qalamchalarning tutib 
    ketishi uchun ularni darhol sug‘orish lozim. Dastlabki sug‘orishni qalamchalar ekib 
    bo‘lingach darhol aprel oyida, keyingilari may-iyunda (2 martadan), iyulda (2-3 
    marta), avgustda (2 marta), jami o‘sish davrida 10-12 marta sug‘oriladi. Har bir 
    sug‘orish me’yori 300-400 m
    3
    /ga. Qator oralarini 12-14 sm. chuqurlikda 3-4 marta 


    43 
    kultivasiya qilinadi, o‘simlik o‘suv davrida begona o‘tlardan 4-5 marta tozalanib, 
    chopiq qilinadi.
    Qalamchalarning yaxshi rivojlanishi uchun, ularning o‘sish davrida 2-3 marta 
    oziqlantiriladi. Dastlabki oziqlantirishni o‘suv davrining boshlarida amalga 
    oshiriladi, bunda gektariga sof holda 20-25 kg azot, 35-40 kg fosfor, 15-20 kg kaliy 
    beriladi. 
    Kuzda oktyabr oyining o‘rtalarida ko‘chatlar kovlab olinadi. Odatda 1 gektarlik 
    ko‘chatzordan o‘rtacha 60 ming, ayrim hollarda, yuqori agroparvarish o‘tkazilganda 
    70-75 ming tagacha ko‘chat olish mumkinligi tadqiqotlarda aniqlangan. 
    Buxoro viloyati sharoitida mart oyi oxiri va aprel oyining boshida qalamchalar 
    ko‘chatzorlarga ekiladi, Qalamchani ekishga tayyorlashda o‘tkir pichoq bilan tag 
    qismi kurtakka yaqin qilib qirqiladi, biogumusli yoki yaxshi chirigan mahalliy 
    go‘ngli shaltoqqa botiriladi. Qalamchalarning ildiz o‘sish jarayonlarni tezlashtirish 
    maqsadida 24 soat suvli shaltoq aralashmasida saqlanadi va ekiladi. Qalamchalarni 
    ekishda ularni qiya holatda chuqurchalarga joylatirib ekish lozim. Ekilgan 
    qalamchalarning tuproq betiga chiqib qolgan qismidan ikkita kurtak qoldirib, 
    qolganlari qirqilib tashlanadi va tuproq namligi doimiy ravishda 75-80% bo‘lishi va 
    oziqa bilan ta’minlansa, qalamchalardan to‘liq tok ko‘chati olinishiga erishiladi. 
    Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda ko‘chatlarning qator orasi bir biridan 50 sm 
    masofada joylashtirish zarurdir. Qalamcha o‘tkazish tartibi 50*20 sm bo‘lishi talab 
    qilinadi. Yuqori va sifatli standart talablarga javob beradigan tok qalamchalarini 
    tayyorlashda agrotexnologik parvarishlash tartibida to‘liq rioya qilish maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi. Bir yillik ko‘chatzorda sifatli qalamchadan tok ko‘chat olish 
    uchun quyidagicha agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish tavsiya etiladi: 
    -o‘suv davrida qalamchalarni 6-7 marta sug‘orish; 
    - oziqlantirish asosan azotli o‘g‘itlar bilan; 
    -qator oralig‘iga ishlov berish; 
    - begona o‘tlardan tozalash;
    -kasallik va zararkunandalardan doimiy ravishda himoya qilish; 


    44 
    -standartga javob beradigan tok ko‘chatlarini kovlab olish, navlarga ajratish; 
    -maxsus ko‘chat saqlanadigan joylarda tok ko‘chatlarni saqlash, realizasiya 
    qilish. 
    Shuningdek, yuqorida keltirilgan tajribalardan shu narsa aniq bo‘ldiki, Buxoro 
    viloyati uzumchiligida muttasil mo‘l va sifatli hosil olish uchunko‘chat
    tayyorlashda 
    yuqorida 
    keltirilgan 
    barcha 
    agrotexnologik 
    reserstejamkor 
    parvarishlash omillarini o‘z vaqtida o‘tkazish serdaromad sohalardan biri bo‘lib, 
    aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilaydi . 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish