Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/59
Sana11.06.2024
Hajmi1,6 Mb.
#262666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
UZUMChILIK

4.1. Iqlim sharoiti. 
O‘rta Osiyo respublikalari bo‘yicha O‘zbekiston mo‘tadil 
iqlimli hududda joylashganbo‘lib, Sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston, shimolda 
Kozog‘iston va qisman Afg‘oniston bilan chegaralangan. Mamlakatimiz hududida 
turli xil iqlim sharoitlarini ko‘rish mumkin. U okean va dengizlardan uzoqda, yer 
kurrasining turli xil baland-pastliklarida joylashgan bo‘lib, g‘arbiy-sharq tomon 
yo‘nalishida Tyanshan va Pomir-Oloy tog‘lariga duch kelamiz.Tog‘larning 
balandligi 3600 m ni, ayrim cho‘qqilari dengiz sathidan 4750 m balandlikda 
joylashgan. Bu tog‘larda, asosan kuz, qish va bahorda 800 mm dan to 1500—2000 
mm gacha yog‘ingarchilik miqdorini tashkil qiladi, dengiz sathidan 3000 m va 
undan baland joylashgan tog‘larda abadiy muz, qor qoplamlari bo‘lib, tekislikda 
joylashgan hududlarni yozin-qishin suv bilan ta’minlab turadi. Tog‘li hududlarning 
yana bir ijobiy tomoni shundaki, sanoatni va qishloq xo‘jaligini elektr quvvati bilan 
ta’minlaydi, aholining hordiq chiqaradigan zonasi bo‘lib xizmat qiladi. Tog‘lardan 
oqib tushadigan suv hisobiga, tekisliklardagi sug‘oriladigan hududlarning asosiy 
qismida paxta yetishtiriladi. Serhosil bog‘-rog‘lar va tokzarlar asosan, 


34 
sug‘oriladigan yerlarda joylashgan. Sug‘oriladigan hududlarda meva daraxtlar 
me’yor darajasida o‘sadi va muttasil mo‘l hosil beradi. Tog‘li hududlarda esa 
sug‘oriladigaya yerlarga nisbatan meva hosili kamroq bo‘ladi. Dengiz sathidan 
balandlikka ko‘tarilgan sari, bog‘ va tokzorlar kamayib boradi. 
O‘zbekistonda mavjud bog‘ va tokzorlar maydoniga nisbatan dengiz sathidan 
250 m balandlikda joylashgan yerlarda 7,4 %. 250 dan to 500 m gacha bo‘lgan 
yerlarda 46,7 %, 500 dan to 750 m gacha bo‘lgan yerlarda 29,2 %, 750 m dan baland 
bo‘lgan yerlarda esa bog‘ va tokzorlarning 16,7 %i joylashgan. Ayniqsa, 
respublikamiziiig past tekisliklarida joylashgan hududlarda havo harorati tez-tez 
o‘zgarib turadi. Tog‘ va tog‘ oldi hududlarida esa havo ko‘pincha o‘zgarmaydi. 
Tekislik mintaqasi. Bu mintaqaga dengiz sathidan 600—750 m balandlikda 
joylashgan yerlar kiradi. Mirzacho‘l, Jizzax, Markaziy, Farg‘ona, Qarshi, 
Surxondaryo cho‘llari, Amudaryo etaklaridagi o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirish 
mumkin bo‘lgan yerlar ana shu mintaqada joylashgandir. Keyingi yillarda bu 
mintaqada ko‘p yerlarning meliorativ holati yaxshilanib yirik, katta maydonlarda 
paxtazorlar, bog‘u-rog‘lar barpo etish bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligining boshqa 
tarmoqlari ham rivojlanayapti. 
Tog‘ oldi mintaqasi (adirlar) - dengiz sathidan 700-750 m dan 1200-1600 m 
balandlikda joylashgan yerlardir. Bu mintaqadagi yerlar ma’lum darajada qiya 
bo‘ladi. Bu yerlarda bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun iqlim va 
tuproq sharoiti juda qulay hisoblanadi. Yil davomidagi yog‘ingarchilik miqdori 450-
700 mm ni tashkil etadigan yerlar lalmikor bog‘dorchilik va uzumchilik uchun juda 
mos keladi. 
Tog‘li mintaqa. Bu mintaqaga dengiz sathidan 1200-1600 m dan 2700-2800 m 
balandlikda joylashgai yerlar kiradi. Mana shu balandlikda joylashgan tog‘ etaklari 
bog‘dorchilik va uzumchilik uchun juda qulaydir. Bu yerlarnn sug‘ormasdan ham 
bog‘ barpo qilish mumkin. Mazkur mintaqada ko‘plab yovvoyi olmazor, 
yong‘oqzor, tog‘olchazori, do‘lanazorlarni uchratish mumkin. 


35 
Baland tog‘li mintaqaga dengiz sathidan 2700-2800 m balandlikda joylashgan 
yerlar kiradi. Bu yerlarda meva va buta daraxtlari uchramaydi, chunki ularning 
o‘sishi, rivojlaiishi va hosil berishi uchun issiqlik yetishmaydi, yoz mavsumi ham 
qisqa bo‘ladi. 
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan mintaqalarda zarur agrotexnika tadbirlari amalga 
oshirilgan taqdirda, meva daraxtlari va rezavor meva o‘simliklaridan muttasil mo‘l 
hosil olish imkoni yuqori. 
Dengiz sathidan 500—600 m balandlikda joylashgan yerlarda yil davomidagi 
yog‘in miqdori 650—700 mm ni tashkil qilgan yerlarda kerakli agrotexnik tadbirlar
amalga oshirilganda lalmi bog‘dorchilikni barpo etish mumkinligi ko‘p yillik 
tajribalarda aniqlangan. 
O‘zbekiston sharoitida issiq kunlarning davomli bo‘lishi ham issiqsevar 
mevalardan: anor, anjir, xurmo, danakli va urug‘li mevalarii o‘stirish uchun juda 
qulay hisoblanadi. Bunday mintaqalarda mevali daraxtlar yaxshi o‘sib, tez 
rivojlanadi va barvaqt hosilga kiradi. Foydali haroratning yuqori bo‘lishi meva 
ko‘chatlarining baquvvat o‘sishiga imkon yaratadi. Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlarida ob-havo anor, anjir va xurmo ko‘chatlarini standart talablariga to‘liq 
javob beradigan qilib yetishtirish uchun juda qulay muhit hisoblanadi. Vahorda 
ko‘chatzorga ekilgan anor, anjir, tok, smorodina qalamchalaridan kuzga kelganda 
doimiy boqqa ekish mumkin bo‘lgan bir yashar standart ko‘chat olish mumkin. 
Surxondaryo viloyatida eng issiqsevar o‘simliklardan shakarqamish o‘stiriladi, 
hozirgi kunda shakarqamishdan gektaridan 400—500 s dan hosil olinmoqda. 
O‘zbekistonning iqlimi mo‘tadil bo‘lib, Qrim bilan solishtirilganda,uning
ayrim tumanlarida sovuq 30—35°C ga yetadi. O‘zbekiston sharoitida esa yozda 
issiq 40° dan ham oshib ketadi.Ayniqsa, oxirgi yillarda global isishlar natijasida 
janubiy viloyatlar sharoitida havo haroratining 50-54
0
C gacha ko‘tarilish holatlari 
kuzatildi(2022yil ma’lumotlar). Turli xil meva va uzum yetishtirish uchun qulay 
sharoit mart oyidan boshlanib, oktabr-noyabr oylarigacha davom etadi, shundan 
keyin kunlar soviy boshlaydi. 


36 
Shahar, viloyat va tumanlarning dengiz sathidan baland yoki past joylashishiga 
qarab, yiliga yog‘adigan yog‘in miqdori va yillik o‘rtacha foydali harorat yig‘indisi 
o‘zgarib turadi. Masalan, Nukusda va Urganchda yil davomida yog‘adigan yog‘in 
miqdori atigi 82 mm ga yetsa, Shahrisabz va Toshkent viloyatning Bo‘stonliq 
tumanlarida 545—1000 mm ni tashkil qiladi. Janubiy tumanlarda shimoliy 
tumanlardagiga nisbatan yog‘in miqdori kam bo‘ladi. 
O‘zbekistonning eng issiq yerlariga: Sherobod massivi, Denov, Kogon, 
G‘uzor, Xovos mintaqalari kiradi. Toshkent viloyatning Bo‘stonliq tumanida dengiz 
sathidan 1550—1600 m balandlikda joylashgan mintaqasida yillik foydali harorat 
yig‘indisi 1935°C ni, yillik yog‘in miqdori esa 800—9000 mm ni tashkil 
qiladi.Ushbu ma’lumotlar 7-jadvalda yoritilgan. 
7- j a d v a l 
O‘rtacha yillik havo harorati miqdori 
Meteorologik stansiyalar 
Temperatura 
+10
0
C Bahorda 
dan oshadigan 
muddati Kuzgacha 
Foydali harorat 
yig‘indisi /
0
C/ 
Toshkent 
24/III 
27/X 
4485 
Samarqand 
28/ III 
1/XI 
4505 
Andijon 
22/ III 
24/X 
4510 
Namangan 
20/ III 
30/X 
4105 
Qo‘qon 
21/ III 
25/X 
4545 
Farg‘ona 
24/ III 
23/X 
4345 
Urganch 
2/IV 
18/X 
4220 
Kogon 
22/ III 
2/XI 
5035 
Denov 
15 III 
14/XI 
5045 
G‘uzor 
14/ III 
12/XI 
5300 
Sherobod 
8/ III 
24/XI 
5980 
Jizzax 
25/ III 
31/X 
4720 
Mirzacho‘l 
23/ III
27/X 
4515 
Ursat’evskiy 
22/ III 
2/X 
5030 
Chimyon 
13/V 
20/IX 
1935 
Tog‘li tumanlarda bahor kech boshlanib, daraxtlar kech uyg‘onadi. Bodom 
daraxtlari O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida 
fevral oyining oxiri, mart oylarining boshlarida to‘liq gullasa, tog‘li tumanlarda u 
15—20 kun kech gullaydi. Bahorda tog‘li tumanlarda tekislikda joylashgan 
tumanlarga nisbatan qora sovuq kam bo‘ladi. 


37 
O‘zbekistonning eng issiq yerlariga: Sherobod massivi, Denov, Kogon, 
G‘uzor, Xovos mintaqalari kiradi. Toshkent viloyatning Bo‘stonliq tumanida dengiz 
sathidan 1550—1600 m balandlikda joylashgan mintaqasida yillik foydali harorat 
yig‘indisi 1935°C ni, yillik yog‘in miqdori esa 800—9000 mm ni tashkil qiladi. 
Tog‘li tumanlarda bahor kech boshlanib, daraxtlar kech uyg‘onadi. Bodom 
daraxtlari O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida 
fevral oyining oxiri, mart oylarining boshlarida to‘liq gullasa, tog‘li tumanlarda u 
15—20 kun kech gullaydi. Bahorda tog‘li tumanlarda tekislikda joylashgan 
tumanlarga nisbatan qora sovuq kam bo‘ladi. 
Shuningdek tog‘li tumanlarda bahor qisqa bo‘lib, bu tumanlarning janubiy 
qiyaliklariga tushgan qor kechroq eriishi bois,mevali daraxtlari ham bu yerlarda 
kechroq uyg‘onadi. Yillik foydali harorat yig‘indisi ham boshqa joylarga nisbatan 
ancha kam bo‘ladi. 
Iqlim sharoitning o‘zgarishiga vaqti-vaqti bilan esib turadigan shamollar ham 
ta’sir ko‘rsatadi. Yilning birinchi yarmida esadigan shamollar meva daraxtlarini 
me’yoriy gullashiga, yosh novdalarning o‘sishiga, gullarni changlatuvchi 
asalarilarning uchishiga xalaqit qilib, bog‘larda hosilning kamayishiga sabab 
bo‘ladi. 

Download 1,6 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish