chilpish kesish yexnologiyasi




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/59
Sana11.06.2024
Hajmi1,6 Mb.
#262666
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
UZUMChILIK

chilpish kesish yexnologiyasi 
Tok tuplarni kesish, uzumchilik tarixi kabi o‘zining tok kesish tarixiga egadir. 
Qadim zamonlarda ham odamlar tok kesish va unga shakl berish turlarni bilganlar 
va ishlab chiqarishda foydalanib kelganlari natijasida yaxshi sifatli uzum hosili 
olishgan.
N. Buzin va boshqalar (1956) ma’lumotlariga ko‘ra, tokni kesish va unga shakl 
berish ilmiy asoslarga tayangan holda XX asrning oxirida Fransuz olimlaridan: J. 
Gyu, G.Foyeks, keyinroq L. Ravaz tok tuplariga shakl berish va kesishni ilmiy 


51 
nazariyalarini o‘rganib, o‘z fikrlarini ilmiy maqola shaklida va risolalarda 
keltirganlar.
Yuqorida nomlarni keltirilgan olim va tadqiqotchilar tok tuplarini kesish 
jarayoni, usul va muddatlarini har tomonlama o‘rganib, ilmiy asoslangan tavsiyalar 
berishgan.
Tok tuplarini kesish va unga shakl berish jarayonida, ularning biologik 
xususyatlarini hisobga olib, ilmiy asoslangan, resurstejamkor parvarishlash 
agrotexnologiyalari asosida olib borish, tok kesish usuli, muddati va bajarish 
darajasiga e’tibor berish yo‘li bilan qo‘lga kiritish mumkinligi qayd etilgan. 
Pirovardida, sohani iqtisodiy ko‘rsatgichlari ham tok tuplarini qay darajada 
kesishiga qarab belgilanadi.
Tok kesish jarayonida eng asosiy e’tiborni tok novdalarining nav xiliga va 
ularning o‘sish kuchiga qarab hosil beruvchi novdalarni kalta va uzun qilib qirqiladi. 
Bundan tashqari, tokning yoshi va holatiga qarab, tez o‘suvchi tok navi xillari uzun 
(8-16-20 tagacha(kuchli o‘suvchi so‘ritoklarda) hosil kurtaklari) va sekin o‘suvchi 
novdalarni esa 2-6 tagacha, o‘rta o‘suvchi tok navlarida esa (8-14 tagacha) hosil 
kurtaklari qoldirilganda yuqori va sifatli hosil olish imkonini beradi. Yuqorida 
ko‘rsatilgan hosil novdalarini kesishda Buxoro viloyati mirishkor uzumchilari ham 
shu kesish usullaridan keng foydalanganlari bois, yuqori va sifatli hosil olishga
12-rasm.Tok kesish qoidasi 
muvaffaq bo‘lmoqdalar.
Tok novdalari optimal kesish muddatida kesilganda, ulardan yuqori va sifatli 
hosil olish imkoniyati vujudga keladi. Tok kesuvchi ishchi va mutaxassislar tokni 
kesish borasidagi qonun va qoidalariga to‘liq ega bo‘lishlari, har bir tok tupining 


52 
tuzilishini, uning shakli va novdalarining o‘sish kuchi xossalarini to‘liq o‘rgangan 
bo‘lishi va amal qilishi talab etiladi.
Buxoro viloyatida tok kesishda birinchi navbatda, mutaxassis va ishchi 
tokning morfo-biologik xususiyatlari hamda tok novdalarini kesish qonuniyatlarini 
yuqori saviyada bilishlari talab etiladi.
Tok kesish tarixida tok novdalarni kesish uzunligiga va kurtaklar soniga 
e’tiborni qaratish talab etiladi. Tokning nav xiliga qarab kalta kesilganda, kesish 
uzunligi va kurtaklar soniga alohida e’tibor berilishi lozim. Kalta kesish(asosan 
vinobop navlarda va ba’zi bir sekin o‘suvchi xo‘raki navlarda o‘tkaziladi) shu 
tartibda o‘tkazilsa, ya’ni barcha kurtaklar hosil kurtagi bo‘lganda, yuqori va sifatli 
hosil olish imkoniyati yaratiladi. Kalta kesish asosan, tok tuplarini simbag‘azlarda 
etishtirilsa, agrotexnik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda har bir 
novda gorizontal holda simbag‘azlarga bog‘langanda, yorug‘lik, issiqlik va havo 
almashinishi yaxshilanishi natijasida hosilning tashqi ko‘rinishi, sifati va qand 
miqdori yuqori bo‘ladi. 
Tok tuplarini o‘rtacha kesishda hosil novdalarni 5-8 ta kurtak qoldirib 
kesilganda yuqori va sifatli hosil yetishtirish imkoniyati
13-rasm. Yelpig‘ichsimon shakl berish 14-rasm. Baland shtambali yelpig‘ichsimon
shakl.
yaratiladi. Bunda texnika bilan yerga ishlov berishda novdalar xalal bermay, ish 
sifati oshadi. 
Shuningdek, shuni alohida qayd etishlozimki, Buxoro viloyati uzumchiligini 
zamonaviy resurstejamkor texnologiya asosida parvarishlashda tok tuplarini kesish 
qoidalari bo‘yicha o‘sish kuchiga,nav xiliga qarab kesishi va shakl berishi hamda 
hosil novdalari bir yillik novdalardan iborat bo‘lishini inobatga olgan holda 


53 
o‘tkazish kerakligini har bir mutaxassis kadr bilishi zarur. Shunda har qanday tok 
turidan ko‘zlangan hosil cho‘g‘ini olishga muyassar bo‘lishadi. 

Download 1,6 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish