61
h.k.)larda yaxshi natija beradi. Chilpilgan novdalar vaqtincha (10-15 kun) o‘sishdan
to‘xtab, oziq moddalar sho‘ra va mevalarning tugilishiga sarflanadi,
natijada
hosildorlik 15-25% ga oshadi, uzumboshlari sifatli bo‘ladi. Shunga qaramasdan, bu
ish ko‘p mehnatni talab qilgani uchun ko‘pincha bu ish qilinmaydi.
8.4 . O‘stiruvchi, tormozlovchi retardantlar va faol bio -
immunostimulyatorlardan foydalanish
Novdalarni uchini chilpish o‘rniga
kam mehnat talab qiluvchi, ta’sir kuchi
chilpishnikidan qolishmaydigan usul - retardantlar (xlorxolinxlorid-SSS eritmasini
purkash)dan foydalanish mumkin. Novdalar uchini chilpish bahorgi sovuq, do‘l kabi
tabiiy ofatlardan zararlangan tok novdalarini tiklashda qo‘shimcha bachki novdalar
paydo qilishga, ularning o‘sishini jadallashtirish maqsadida foydalaniladi.
Shuningdek, uning tuproq-iqlim sharoitlari qulay,
oziq moddalar va nam bilan
yaxshi ta’minlangan, jadal o‘suvchi tok tuplarini tezroq shakllantirish, ulardan
bachkilar orqali qo‘shimcha hosil olishda ahamiyati katta. Bu borada O‘zbekistonda
olib borilgan tadqiqot natijalari umumiy hosilning 15-20% ni bachki novdalar orqali
olish mumkinligini ko‘rsatgan. Ammo, uzum boshlari va g‘ujumlar massasi asosiy
hosilnikiga nisbatan 10-15% kam, qand miqdori ham 1-1,5% ozroq bo‘lishi
kuzatilgan.
Kishmishbop urug‘siz uzum navlarining hosildorligini va sifatini hamda turli
xil kasalliklarga, ekstremal sharoitlarga nisbatan bardoshliligini oshirish maqsadida,
o‘simlikni
sozlovchi, faol stimulyatorlardan biri inson salomatligi va tabiat
dunyosining fauna va florasi uchun ekoxavfsiz - gibberellindan O‘zbekiston
uzumchiligida uzoq yillar davomida foydalanib kelishmoqda. Mazkur preparatni
qo‘llanilishi ta’sirida uzum mevalari hajmi 2-2,5 marta yiriklashadi, natijada
hosildorlik 50-70%gacha oshadi.
Gibberellin bilan uzumboshlariga ishlov berishni to‘pgullarning gullash
davrida, yoki gullab bo‘lgandan keyin 3-5 kun o‘tgandan keyin ishlov berish tavsiya
etiladi.Uzum navlariga Gibberellin bilan ishlov berishdan oldin ishchi eritma
62
konsentrasiyasini (Gibberellinni) ishlab chiqaruvchi tavsiyasiga asosan amalga
oshirish lozim bo‘ladi. Tok navlariga preparat bilan
ishlov berishni kechki payt,
ya’ni eritma kam bug‘lanishga ega bo‘lgan vaqtda qo‘llanilganda, uning samarasi
yuqori bo‘ladi. Eritma faqat tok mevasiga (uzumboshiga) purkaladi, yokimda qo‘lda
ishlov berilganda belgilangan konsentrasiyadagi ishchi eritmadan 1-1,5 l lik bankaga
ishchi eritma solinib, tok tupidagi har bir gul shingilini banka ichidagi ishchi
eritmaga to‘liq tiqib olinsa, uning ta’siri yuqori bo‘ladi.
Preparat ishlatilganda,
hosilning ortishi, tokka qanday oziq moddalar va suv berilganiga va qanday
agroparvarishlar qilinganligiga qarab belgilanadi. Shu bois, gibberellin ishlatilganda
tokzorlardagi barcha agrotexnik tadbirlar o‘z muddatida va to‘g‘ri amalga
oshirilganda, unga ta’sir etish samarasi yaqqol ko‘zga tashlanib, hosildorlik va uning
sifati keskin oshadi.