59
to‘siqlarsiz o‘tishiga
zamin yaratiladi, shu bois ipni sakkizsimon qilib bog‘lash
tavsiya etiladi. Bunda novdalar so‘ri va simbag‘azlarda bir tekis joylashadi,
shamoldan shikastlanmaydi. Bog‘lashni kechiktirib, novdalarni ustma-ust bir
joyga noto‘g‘ri bog‘langanda, tok shakli buziladi,
novdalar bir-biriga xalaqit
berib ters o‘sadi, havo, shamol, yorug‘lik bilan ta’minlanishi yomonlashadi,
hosilga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, navbatdagi parvarish ishlarini o‘z
vaqtida o‘tkazish qiyinlashadi, uzumlarning yaxshi pishishi uchun noqulay
sharoit vujudga keladi.
Birinchi xomtok tugagach, zamburug‘ kasalliklari (oidium)ga
qarshi
oltingugurt kukunini sepish (gektar hisobiga 30-35 kg) tavsiya qilinadi.
Toklar birinchi xomtokdan so‘ng asosiy va bachki novdalarning o‘sishi
hisobiga qalinlashib ketadi. Shuning uchun iyun oyining o‘rtalarida toklarni ikkinchi
xomtok -
g‘o‘ra xomtok
qilish kerak. Ikkinchi xomtok vaqtida ham birinchi
xomtokdagi kabi ortiqcha, ters o‘sgan, keraksiz bachki novdalar olib tashlanadi,
qolganlari esa tartib bilan bir tekis bog‘lanadi.
G’o‘ra xomtok vaqtida uzum g‘o‘ralari kattalashib, ularning bandlari ancha
mustahkamlashib qoladi, g‘o‘ralari to‘kilib ketmaydi. Ikkinchi xomtokdan keyin
uzumboshlarining
atrofi ochilib, ular havo, issiqlik, yorug‘likdan bahra oladi,
uzumning pishishi, ularda qand moddasining to‘planib borishi, novdalarning pishib
etilishi uchun qulay sharoit vujudga keladi, kuzda tok kesish osonlashadi. Ikkinchi
xomtok vaqtida ham ortiqcha bachki novdalar yulib tashlanadi. Bunda oziq
moddalar
bekorga sarflanishi kamayib, hosilsiz novdalarga bormay, to‘pgullarga
borishi natijasida, hosilning rivojlanishi, pishib etilishi tezlashadi. Bachki novdalar
sho‘ra xomtok vaqtida qo‘l bilan olib tashlanadi. Ikkinchi xomtok vaqtida
novdalarni qo‘l bilan yulish qiyin kechishini inobatga olib, ularni albatta tok qaychi
bilan olib tashlash kerak bo‘ladi. Shunda barg qo‘ltig‘idagi kurtaklar zararlanmaydi.
Sovuq va do‘ldan zararlangan tok tuplarini qayta tiklash va ulardan qo‘shimcha hosil
yetishtirishda bachki novdalarning ahamiyatini unutmaslik lozim.
Ikkinchi xomtokdan keyin ham zamburug‘li kasalliklarga qarshi oltingugurt
sepish tavsiya qilinadi.
60
Tok novdalarni halqalash.
Bu tadbir barglar orqali ishlab ilgan organik oziq
moddalar pastki oqimini to‘xtatib, halqa ustida joylashgan to‘pgul va
uzumboshlarining oziqlanishini faollashtiradi. Bunda tok tupining bir yillik
novdalari, ba’zan ko‘p yillik qismlarining to‘pgul
yoki uzumboshlaridan pastki
qismidagi po‘stlog‘i halqa qilib kesiladi.
Xalqa payvandlash pichog‘i yoki maxsus qaychi yordamida 5-6 mm.
kenglikda olinadi. Tok gullashidan 10-12 kun oldin (to‘pgul (sho‘ra) va
uzumboshlarining oziqlanishini kuchaytirish maqsadida) va g‘ujumlarning o‘sish
davrida (g‘ujumlarni kattalashtirish maqsadida), ayrim hollarda uzum pishishdan
oldin (pishishni tezlashtirish maqsadida) qilinadigan tadbir hisoblanadi. Tok
novdalarni halqalash mehnat talab ish bo‘lsa-da, ammo, uzum hosili sifatini
oshirishda (ayniqsa xo‘raki navlar uchun) muhim ahamiyat kasb etadi.
Kishmishbop navlarda xalqalash o‘rniga gibberellin moddasi qo‘llanilganda
yaxshi natijaga erishish mumkin. Halqalash deyarli (Buxoro viloyatida)
qo‘llanilmaydigan usuldir, u tok tupining yer ustki qismi va ildiz tizimi o‘rtasida
moddalar almashinuvini (o‘suv organlariga oziqa moddalarini borishini
sekinlashtirib, hosil organlariga borishini yaxshilash uchun halqalash usuli
qo‘llaniladi) buzadi,
pirovardida, tok ko‘p yashamasdan qurib qolishi mumkin.
Shuning uchun, O‘zbekistonda bu ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lmay, faqat
havaskor sohibkorlar qo‘llaydigan usullardan biri hisoblanadi.