• 1.Tokzor tuprogiga ishlov berish. 2.Tokzorni oziklantirish. 3.Tokzorni sugorish.
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

    Nazorat savollari. 
    1 Yashil kismlari va ularning tasnifi.
    2.Xomtok nim va kanday utkaziladi
    3. Xakalash nima 
    4. Ustiruvchi moddalardan foydalaniщni tushintiring .
     9- mavzu. TOKZOR TUPROKINI SAKLASh IShLOV BERISh
    OZIKLANTIRISh VA SUGORISh
     
     
     
     
    Reja
    1.Tokzor tuprogiga ishlov berish.
    2.Tokzorni oziklantirish.
    3.Tokzorni sugorish. 
     
    Tayanch suzlar Tokzor.tuprokga ishlov berish. Talab etiadigan ozukalar. 
    Mineral va organik ugitlar oziklantirish turlari tokzorni sugorish .sugorish 
    ussullari 
    9.1. O‘g‘itlash toklarni oziqlashtirishning eng muhim zarur shartlaridan biri 
    hisoblanadi. Tok bir joyda bir necha yillar davomida o‘sib, tup- rokdan anchagina 
    ozik, moddalarni o‘zlashtiradi.
    Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik 


    63 
    ilmiy-tadqiqot institutining ma’lumotlariga ko‘ra, gektaridan 200-300 s. hosil 
    yetishtirish uchun, bir yillik novdalarning o‘sishiga va olingan xosil hisobiga tok 
    o‘simligi yerdan: 90-105 kg. azot, 40-50 kg. fosfor hamda 200-300 kg. kaliy 
    moddalarini o‘zlashtirishi keltirilgan. Oziq, moddalarning tuproqdan ko‘p 
    miqdorda chiqib ketishi eng avvalo barglar, g‘ujumlar, kesilgan novdalar hisobiga 
    vujudga keladi. Tok oziq moddalarning asosiy kismini novdalar o‘sa boshlashidan, 
    to hosilning pishguniga kadar o‘zlashtiradi. Shuning uchun tok o‘simligi o‘g‘itga 
    doimo talabchan bo‘ladi. 
    Tok yillik o‘sish jarayonida tuproq va havodan anorganik moddalarni 
    o‘zlashtirib, ularni organik moddalarga aylantiradi va o‘zining vegetativ va 
    reproduktiv organlarini shakllantirishga sarflaydi. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tok 
    butasi uchun 70 dan ortiq oziq moddalar zarur bo‘lar ekan. Ammo, ushbu oziq 
    moddalar o‘simlik tomonidan turli shakl va miqdorda o‘zlashtiriladi. Asosiy oziq 
    moddalarga uglerod, kislorod, vodorod, jumladan, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, 
    magniy, temir, oltingugurt kabi makroelementlar hamda bor, marganes, molibden, 
    mis, rux, kobalt, yod kabi mikroelementlar kiradi. 
    Tok boshqa o‘simliklar qatori oziq moddalarni, asosan bargi va ildizi 
    orqali o‘zlashtiradi.
    S.G.Bondarenko(1980) ma’lumotlariga binoan, tok butasi quruq massasining 
    taxminan 90% ini uglerod va kislorod (deyarli teng miqdorda), 5% ni vodorod
    qolgan 5%ni esa mineral elementlar tashkil etishini o‘z tadqiqotlarida aniqlagan. 
    Tokning me’yor darajada oziqlanishi uchun asosan, quyidagi sharoitlar 
    b o‘l i s h i zarur: a ) tuproqda so‘ruvchi ildizlarning ko‘p bo‘lishligi, b ) tuproq 
    namligi yetarli bo‘lishi, v ) ildizlarning kislorod bilan ta’minlaganligi, g) oziq 
    moddalarning mavjudligi.
    Dastlabki ikki sharoit tuproqqa ishlov berish va sug‘orish kabi agrotexnik 
    tadbirlar tuproqqa o‘g‘it berish bilan yakunlanadi. 
    Tokzor tuproqlari turli ekologik sharoitlarda, hatto bir xo‘jalikning o‘zida 
    mexanikaviy va kimѐviy tarkibi bo‘yicha farq qilishi mumkin. Shuning uchun 
    xo‘jalikning yer maydonini agrokimyoviy kartagrafiyalash asosida o‘g‘itlashni 


    64 
    tashkil etish zarur. Tuprok unum- dorligini ko‘rsatuvchi omillar aniqlangach, shu 
    asosida tokzorlarni o‘g‘itlashni amalga oshirish kerak. 
    Ayniqsa, azot, fosfor, kaliy kabi asosiy mineral moddalarning tok o‘simligi 
    hayotida muhim rol o‘ynaydi. 
    Azot 
    oksillar, fermentlar, vitaminlar, nuklein kislotalar, aminokislotalar
    xlorofill, glyukozalar kabi moddalar tarkibiga kiradi. Azot saqlovchi moddalar tok 
    butasidagi moddalar almashinishi (metabolizm) jarayonida muhim o‘rin egallaydi. 
    Azot tuproqdagi gumus va mineral holida bo‘lib, ular faqat mikroorganizmlar 
    ta’sirida parchalanib nitrat va ammiak shakliga o‘tgandagina o‘simlik tomonidan 
    o‘zlashtiriladi.
    Azotning nitrat shakli o‘simlik tomonidan tez o‘zlashtiriladi. 
    Azot yetarli bo‘lganda tok novdalari jadal o‘sadi, mahsuldorligi va 
    g‘ujumlardagi qand moddalari miqdori ortadi.
    Azot yetishmasa, kurtaklar kech uyg‘onadi, novdalar sust o‘sadi, g‘ujumlar 
    yaxshi tugmaydi, uzum boshlari siyraklashadi, barglar och yashil rangga kiradi.
    Azot ko‘payib ketsa, kurtaklar 
    to‘liq 
    shakllanmaydi, kurtaklar barvaqt 
    uyg‘onib novdalar va bachkilar ko‘plab rivojlanadi, novdalar yaxshi pishmaydi, 
    sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish