2.2. Uzum quritish usullari va texnologiyalari




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/59
Sana11.06.2024
Hajmi1,6 Mb.
#262666
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
UZUMChILIK

 10 2.2. Uzum quritish usullari va texnologiyalari
Quyosh 
quritgichi
yordamida quritish
. Quyosh energiyasi bilan ishlovchi 
ushbu meva-sabzavot quritgichi konstruksiyasining eng soddaligi bilan ajralib 
turadi. Bu quritgich respublikamizning barcha viloyatlarida shu jumladan, Buxoro 
viloyatida ham tadbiq etilmoqda. Quritilgan mahsulotning ekologik tozaligi, 
sifatliligi, tashqi ob-havoning noqulay omillaridan (yog‘ingarchilik, chang, 
hasharotlar va boshqalar) ishonchli himoyalanganligi, eng muhimi, jahon 
andozalariga mos quritilishi va yuqori sifatli mahsulot olinishi bilan birgalikda bir 
kecha kunduzda 350 kg gacha mahsulot quritish mumkinligi bilan ajralib, o‘zining
afzalligini ko‘rsatmoqda. Mazkur quritish asbobi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) quyosh energiyasi kollektori maydoni 16 m² 
b) quritish maydoni 20 m² 
v) Quyosh batareyasi 
g) Ventilyatorlar 
Quritgich bir xil balandlikdagi g‘isht yoki beton ustunlarga o‘rnatiladi. 
Quritgichning tubi maxsus alyumin profildan yasaladi, ustki qismi ikki nisbatli 
ramadan iborat bo‘lib, quyosh radiasiyasiga chidamli polietilen plenka bilan 
yopiladi. Quritgich ikki qismga ajraladi: issiqlik yig‘uvchi (kollektor) va mahsulot 
qurituvchi (foydali). Quritgichning ishlash prinsipi quyidagichadir. Uning issiqlik 


79 
yig‘uvchi qismi yuqorisiga o‘rnatilgan batareya quyosh energiyasi yordamida ostki 
tomonga o‘rnatilgan ventilyatorlarni ishga tushiradi va yig‘ilgan issiq havo 
mahsulotlarga yo‘naladi. Quritgichning yana bir afzalligi shundaki, kunning 
quyoshsiz vaqtlarida batareya energiya to‘plamaydi va ventilyatorlar ishdan 
to‘xtaydi, bu esa issiq havo oqimini boshqarib turishda inson omili ishtirokini istisno 
etadi. 
Shtabel usulida quritish
shundan iboratki, undan navlarga ajratilgan va 
uzumning och tusli va rangsiz bo‘lgan navlari 0.3-0.4 foizli qaynayotgan ishqor 
eritmasida 5-7 soniya davomida tutib turilgandan keyin yog‘och patnislarga yoyiladi 
va quruq sulfidlanadi (sulfidli gaz bilan dudlanadi) yoki uzum g‘ujumlariga sulfidli 
kislota eritmasi bilan namli ishlov beriladi va bu jarayon quritishga musbat ta’sir 
ko‘rsatadi. 
1kg yangi uzilgan uzumga 0.5-0.8 gr oltingugurt yoki 0.4-1.0 gr oltingugurt 
angidridi sarflanadi. Och rangli uzumni (g‘ujumining katta yoki kichikligiga bog‘liq 
holda) dudlash vaqti 1.0-1.5 soat bo‘lib, och pushti rangdagi uzumlarni dudlash esa 
30-40 daqiqa davom etadi. 
Dudlash ishlari dudlash shkaflarida yoki stasionar kameralarda o‘tkaziladi. 
Shkaf fanerdan tayyorlanadi. Uning hajmi 105x150x95sm bo‘lgan past qismi ochiq 
quti. Yerga 12-14 ta patnis qo‘yiladi va eshigi yopilib, quti ostidagi patnislarning 
yon tomoniga to‘rtburchak tunuka tovada yonayotgan oltingugurt qo‘yiladi.
Katta fermer xo‘jaliklarida hajmi 3.5x3.5; 4x2.5 metr bo‘lgan, xom 
g‘ishtdan, paxsadan qurilgan 
stasionar dudlash kameralari
juda qulaydir. Eshiklari 
mahkam berkitiladigan qilib, devorlari suvoq qilinadi. Pollari sementlangan yoki loy 
bilan yaxshi zichlangan bo‘lishi kerak. Eshik qarshisida cho‘yan pechka qurilib, 
undan oltingugurt yoqiladi va nay orqali kameraga yuboriladi.
Bunday kameralarga 200 tonna patnis joylashtirish va mavsum davomida 
100 tonnadan ortiq uzumni sulfidlash mumkinligi ko‘rsatilgan. Sulfidlash, 
quritilgan uzumning jalb etadigan rangdor tashqi ko‘rinishini saqlab qolishiga, 
vitaminlarini yaxshi saqlanishiga, tarkibida qand moddasini yo‘qotilmasligiga, 


80 
mahsulotlarni zararkunandalar va mikroorganizmlardan saqlashga ijobiy yordam 
beradi. 
Patnislardagi uzumlar shiyponga 15-18 tadan taxlanadi. Har bir 
taxlab qo‘yilgan patnislar usti yana bir bo‘sh patnis bilan berkitiladi. Bu esa 
quritilgan uzumlar bir xil oltin rangda bo‘lishini ta’minlaydi. 4-5 kun o‘tgach 
uzumlar ag‘dariladi va patnislar o‘rniga (pastdagi patnis yuqoriga, yuqoridagi 
patnislar pastga) almashtiriladi. Birinchi qatordan 20-25 sm masofada ikkinchi qator 
taxlab chiqiladi va 80 sm kenglikdagi o‘tish uchun yo‘lakcha qoldiriladi va shu 
tartibda patnislarni ikki qator shtabel joylashtirish davom etadi. Yuqorida 
ko‘rsatilgan texnologik jarayonlarni samarali o‘tkazish ko‘p foyda beradi.
Quritish ob-havo sharoitiga qarab 14-21 kun davom etadi. Bunday usulda 
quritilganda 27-32% kishmish (urug‘siz), 26-27% mayiz (urug‘li) olinadi va bu usul 
pirovard natijada yuqori iqtisodiy samaradorlik berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oq kishmish, kishmish Botir, kishmish Zrafshon, kishmish Samarqand, 
kishmish Xishravu navlaridan quritilgan uzum oltinrang, sabza, Kattaqo‘rg‘on, 
Sultoni va Nimrang navlaridan olingan mahsulot esa oltin rang germion deb ataladi. 
Objo‘sh usulida quritish
. Bu usulning o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari 
shundaki, bunda uzumda avval kaustik sodaning qaynayotgan suvdagi 
aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), so‘ngra uzum navlariga ajratilgandan 
keyin savatlarga 2-3 kg dan solinadi va ishqorli (0.3- 0.4% li) qaynayotgan qozonga 
tushiriladi va 3-6 soniya ushlab turiladi. 
Bunda g‘ujumlarning yupqa po‘stida ingichka yoriqlar paydo bo‘ladi va 
g‘ujum po‘sti ustidagi mumsimon g‘ubor yo‘qoladi. Bu g‘ujumlardagi namni tez 
bug‘lanishini ta’minlaydi va qurish muddati qisqaradi, natijada yaxshi samara 
beradi. 
Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi uchun panjalar ustida bir 
necha daqiqa qo‘yiladi, so‘ngra patnislarga yoki maydonga yoyiladi. Quritish uchun 
yoyilgan uzumlar har 3-4 kunda ag‘dariladi va tayyor bo‘lguncha quritiladi, quritish 


81 
6-12 kun davom etadi. Quritilgan mahsulotning chiqish foizi 25-26% ni tashkil 
qiladi. 
Mahsulotni yog‘in-sochindan va ifloslanishdan himoya qilinmasligi bu 
usulning kamchiliklaridan biridir. Bundan tashqari och rangli uzum navlari o‘zining 
tabiiy yashil rangini yo‘qotadi, tayyor mahsulot bir muncha past baholarda sotilishi 
mumkin. 
Soyaki usulda quritish.
Bu usul mohiyati shundaki, uzum soyada, ya'ni shamol 
esadigan joylarda qurilgan maxsus soyakixonalarda quritiladi. Bunday sharoit, sutka 
davomida haroratning xilma-xilligi, doimiy harakatda bo‘lgan havo oqimi tog‘oldi 
tog‘li tumanlarda mavjud.
17-rasm. Uzumni soyada qurituvchi xona 1 8--rasm.Konteynerli etajerkada quritish
Soyaki xonalarni qurishdan oldin doimiy harakatdagi havo oqimining 
umumiy yo‘nalishi aniqlanadi va qurilgan soyakixonalarning uzunasiga 
66- 
joylashadigan xonalarida yoriqsimon tuynukchalari shamol esadigan tomondan 
ochiladi. 
Quriladigan soyakixona pastidan uzunligi 8-12 m, balandligi 3-4 m va 
devorining qalinligi 60-70 sm bo‘lib, devorlarida eni 12-15 sm, bo‘yi 70-80 sm 
bo‘lgan yoriqsimon kichkina tuynukchalar shaxmat tartibida joylashtiriladi. 
Loydan qurilgan qalin devorlar va tor tuynukchalar xonaga quyosh nurining 
to‘g‘ri tushishini to‘sadi, shu bilan birga ular havo almashib turishini ta’minlaydi va 
uzumni 1-2 sutka davomida uzm boshlarining egiluvchanlik xususiyatini oshirish 
maqsadida xonaga yoyiladi va bu ishni bajarilishi yaxshi samara beradi. 
Toifalarga(sortlarga) ajratilgan va so‘litilgan uzum juft-juft holda yoki bitta-
bittadan, reykadan (cho‘pdan) yasalgan maxsus romlarga osiladi. 


82 
Soyakixona shiftiga osilgan rom poldan taxminan 0.5 m baland bo‘lishi kerak. 
Ko‘zdan kechirish va har bir bosh uzumni romlarga osish qulay bo‘lishi uchunularni 
xona ichida ikki qatorga xona o‘rtasidan 1.0-1.2 m kenglikda o‘tish joyi qoldirilgan 
holda, o‘ng va chap tomonga joylashtiriladi. Romlar orasida taxminan 50-60 sm 
masofa bo‘lishi tavsiya etilgan. 
Quritish davomida uzum boshlarini doimiy ravishda tekshirib turish maqsadga 
muvofiqdir, mog‘orlangan va chirigan g‘ujumlar olib tashlanadi. 
- 1 9-rasm.Ochiq 
maydonda uzum quritish 
Soyaki usulida uzum tarkibida 23-24 foiz qand moddasi tashkil yetgan 
davrda teriladigan faqat Oq kishmish navi quritiladi. Uzum quritilgandan keyin 
romlardan olinadi va g‘ujumlar uzum bandidan ajratiladi. Quritilgan tayyor 
mahsulot 22-23% ni tashkil qiladi. Quritish 30- 40 kun davom etadi va yaxshi 
natija beradi. 
O‘rtacha 1m
2
tayyorlangan maydonga uzum tupi va naviga ko‘ra 10 kgdan 
16 kg gacha yangi uzilgan uzum joylashishi mumkin. Uzum miqdoriga qarab 
quritish uchun maxsus qog‘oz va qog‘oz qop tayyorlash zarur bo‘ladi. 

Download 1,6 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 2.2. Uzum quritish usullari va texnologiyalari

Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish