86
va derazalari zich berkitilib
oltingugurt bilan dudlanadi, ya’ni saqlanadigan xona
mikroblari o‘ldiriladi, va bu ish har 10-15 kundan keyin shu tartibida takrorlanadi.
Bu usulda uzum aprelgacha saqlanishi imkoniyatini bor.
Xonadonlarda, dala bog‘larida
uzum boshlarini bir yillik novdasi bilan kesib
saqlash usuli
ham tarqalgan. Bunday saqlash uchun uzum novdasi uzum boshining
yuqorisidan 1-2 bo‘g‘in qoldirib kesiladi va saqlanadigan joyda bo‘g‘inning pastki
uchini suv bilan to‘ldirilgan shisha idishga qiya qilib joylashtiriladi va shu holatda
saqlash tavsiya etiladi. Bug‘lanib ketgan suv o‘rni to‘ldirilib turiladi. Har 10-12
kunda uzum boshlari tekshirilib
buzilgan va ayniganlari, uzum donalari olib
tashlanadi. Tavsiya etilgan holatda 5-6 oygacha saqlash imkoniyat paydo bo‘ladi.
Xonadonlarga yaqin bo‘lgan tokzorlardan qishga xo‘raki uzumlar hosilini
saqlash maqsadida, tok ekilgan qatorlarga paxsali va qamishli devorlar qilish yo‘li
bilan daromad olishadi. Bunda sifatli hosil olinadigan va hosili terilmagan
qatorlariga ehtiyotkorlik bilan ikki tarafdan paxsa urib, yoki qalin qamishdan devor
va plenka bilan o‘rab, ustiga sovuq o‘tmaydigan gumbaz qilinadi va tokning o‘zida
hosil saqlanadi. Bu usul hali yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
barcha usullardan bir oz
xarajati yuqori bulsada ba’zi bir jihatlaridan afzal bo‘lib, uzum mevasini sarxil va
taru-toza holatida uzib olinishi va qand miqdorini yetarli darajada saqlanishi bilan
xo‘randalarning mehrini qozongan. Lekin bu usulda uzum mevasining sotish narxi
qimmmat bo‘lsa-da, hyech qanday kimyoviy vositalarsiz taru-toza saqlanganligi
uchun dehqonning iqtisodiy daromadi yuqori bo‘lishi mumkin. Ammo, kelgusi yili
shu qatorlar bo‘ylab saqlangan toklardan yuqori hosil olish imkoniyati past bo‘ladi,
chunki, bu qatorlardagi uzumlar tupning o‘zida uzoq muddat saqlanishi bois, ular
qishki mavsumda tinim davri yaxshi kechmaganligiva yaxshi dam olmaganligi
sabab, hosildorlik past bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun bu tartibda uzum
yetishtiruvchi dehqonlar birinchi yili bu usulni qo‘llagan qatorlaridan emas, boshqa
uzum qatorlarida shu tadbirdan foydalanishib daromad olishadi.
Endilikda, O‘zbekistonnning barcha viloyatlarida uzum mevalarini to bu
yilgi uzum pishish masumiga qadar taru-toza saqlaydigan sovitgichli(refrejiratorlar)
omborxonalar mavjud.