2. Mavzu. Model tushunchasi va uning turlari




Download 114.91 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi114.91 Kb.
#96326
Bog'liq
2-mavzu
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

2. Mavzu. Model tushunchasi va uning turlari.
Matematik modellar turli tuman bo„lib, ularni tuzish, tahlil qilish, tekshirish va amaliyotda qo„llash murakkab jarayon hisoblanadi. Barcha turdagi modellarni tuzish bir necha shakllarda amalga oshiriladi (1.3-rasm). Iqtisodiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarni modellashtirishda turli xil usullardan foydalaniladi.
Matematik modellar turli tuman bo„lib, ularni tuzish, tahlil qilish, tekshirish va amaliyotda qo„llash murakkab jarayon hisoblanadi. Barcha turdagi modellarni tuzish bir necha shakllarda amalga oshiriladi (1.3-rasm). Iqtisodiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarni modellashtirishda turli xil usullardan foydalaniladi.

Ushbu usullar yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo„lish mumkin: Moddiy modellar va ideal modellar (1.4-rasm). Moddiy modellar real obyektlarni tabiiy va sun‟iy materiallar yordamida aks ettiradi: mel bilan doskada yozish, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan aviamodel yasash. Ideal modellar odamning fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog„langandir. Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi. Misol qilib, hayvonlarning harakatini keltirish mumkin. Fizik modellar real obyektning fizik tabiatini aks ettiradilar va asosan fizik xossalarini ifodalaydilar. Ular ko„proq texnika fanlarida qo„llaniladi. Iqtisodiyotda fizik modellar asosan iqtisodiy tajriba sifatida qo„llaniladi. Masalan, bitta korxonada o„tkazilgan tajriba natijalari butun tarmoqka ko„chiriladi. Lekin, fizik modellashtirishning imkoniyatlari chegaralangan, chunki tizimning bitta elementiga mos kelgan natija butun tizimga mos kelavermaydi.

Moddiy modellar o„z o„rnida fizik va belgili modellardan iborat. Belgili modellar har xil tillarda ifodalanishi mumkin: so„zlashuv tilida, algoritmik, grafik, matematik tilda. Matematik modellashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar, tengsizliklar, funksional, logik sxemalar orqali ifodalash deb tushuniladi. Matematik modellashtirish keng ma‟noda o„z tabiatiga ko„ra turli, lekin o„xshash matematik bog„lanishlar bilan tasvirlanuvchi jarayonlarni o„rganuvchi tekshirish va izlanishlar usulidir. Zamonaviy ilmiy-texnik revolyutsiyasi sharoitida matematik modellashtirish va uning muhim iqtisodiy usullari rejalashtirish va boshqaruv tajribasida eng asosiy o„rinni egallaydi. O„z rivojining yangi bosqichida matematik modellashtirish bilan uzviy bog„langandir. Obyektning matematik modeli aniq matematik masala («model-masala») kabi kamida 2 guruh elementlarni o„z ichiga oladi: 1) aniqlash kerak bo„lgan obyekt xarakteristikasi (noma‟lum kattaliklar) - y = (yi) vektor komponentlari; 2) modellashtirilayotgan obyektga nisbatan hisoblanadigan tashqi o„zgaradigan shartlar xarakteristikasi - x = (xi) vektor komponentlari. “Model-masala” obyekt ichki parametrlari yig„indisi A ni ham o„z ichiga oladi. X va A bilan belgilanuvchi shart va parametrlar ekzogen (ya‟ni, modeldan tashqarida aniqlanuvchi) Y vektorni tashkil etuvchi kattaliklar esa endogen (ya‟ni, model yordamida aniqlanuvchi) deb qaraladi. Matematik modellashtirish – bu tajribaning o„ziga xos usuli bo„lib, u obyektni uning matematik modeli yordamida tadqiq qilishdir. Matematik modellashtirish keng ma‟noda o„z tabiatiga ko„ra turli, lekin o„xshash matematik bog„lanishlar bilan tasvirlanuvchi jarayonlarni o„rganuvchi tekshirish va izlanishlar usulidir. Iqtisodiy-matematik modellar o„z o„rnida funksional va strukturali (tarkibiy) bo„lishi mumkin. Funksional modellar kirish va chiqish parametrlarini, bog„lanish funksiyalarini aks ettiradilar. Strukturali modellar murakkabroq bo„lib, tizimning ichki strukturasini ifodalab, ichki aloqalarni aks ettiradi. Modellar statik va dinamik, chiziqli va chiziqsiz, determinatsion va stoxastik bo„lishi mumkin Statik modellarda iqtisodiy jarayonlar va ko„rsatkichlarning ma‟lum bir vaqtdagi holati o„rganiladi. Dinamik modellarda esa iqtisodiy ko„rsatkchilarning vaqt davomida qanday o„zgarishi kuzatiladi va ularga qaysi omillar ta‟sir etishi o„rganiladi. Chiziqli modellarda maqsad mezoni chiziqli funksiya ko„rinishda bo„ladi, uning ekstremal qiymatlari orasidagi munosabat chiziqli tenglamalar va tengsizliklar orqali ifodalanadi. Chiziqsiz modellarda - maqsad funksiyasi va yechimi orasidagi munosabatlar chiziqsiz ko„rinishda ifodalanadi. O„z navbatida chiziqsiz dasturlash quyidagi turlarga bo„linadi: Qavariq dasturlash - echilayotgan masala qavariq to„plamida berilgan bo„lib, maqsad funksiyasi qavariq shaklda berilishi mumkin. Kvadratik dasturlash - maqsad funksiyasi kvadratik shaklda ifodalanib, chegaraviy shartlar chiziqli tenglamalar va tengsizliklar ko„rinishida beriladi.
Butun sonli dasturlash - izlanayotgan o„zgaruvchilarga nisbatan butunlik sharti kiritiladi. Dinamik dasturlash - ekstremal masalaning yechimi bir necha bosqichlardan iborat bo„lib, har bir oldingi bosqichning yechimi keyingi bosqichlar uchun boshlang„ich ma‟lumotlar sifatida foydalaniladi. Matematik modellar turli va ular yordamida yechiladigan masalalar yuqoridagi 1.5-rasmda keltirilgan.

Optimal modellar ishlab chiqarishni tashkil qilishning optimal variantini topishga xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ular optimallik mezonlari bo„yicha maqsad funksiyasiga maksimal yoki minimal qiymat bera oladi. Balans yoki muvozanat holatidagi modellar ishlab chiqarish topshiriqlarini belgilashga ba‟zi masalalarni hal etishga yordam beradi. Mahsulotning ayrim ishlab chiqarish tarmog„i bilan bog„liqligini aniqlash modellari, tarmoqlararo bog„lanishlarni ifodalaydigan modellar, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash modellari, kapital jamg„arma balanslari kabi modellar shular jumlasidandir. Bu modellarda ishlab chiqarishning optimal maqsadi topilmaydi, ulardan mehnat, moddiy va tabiiy resurslarning ishlab chiqarishga aniq sarflanishi asoslab berish uchun foydalaniladi.
Download 114.91 Kb.




Download 114.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Mavzu. Model tushunchasi va uning turlari

Download 114.91 Kb.