Statik, dinamik, chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar Reja




Download 62 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2024
Hajmi62 Kb.
#169409
  1   2
Bog'liq
Statik, dinamik, chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

Statik, dinamik, chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar
Reja:

  1. Statik va dinamik modellar

  2. Chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar

  3. Tizim yoki ayrim bo‘g‘inlarning statik xarakteristikasi

Element yoki tizimning statik xarakteristikasi deb o‘rnatilgan rejim jarayonidagi chiqish va kirish parametrlarining nisbatiga aytiladi. Bu nisbat analitik yoki grafik usul bilan ifodalanadi va hisoblash yoki tajriba usullari bilan aniqlanadi.Chiziqli va chiziqli bo‘lmagan statik xarakteristikalar mavjud. Agar xarakteristika chiziqli tenglamalar orqali tavsiflanib to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlansa, bu chiziqli statik xarakteristika bo‘ladi. Chiziqli statikaga ega bo‘lgan element (yoki tizim) chiziqli element (yoki tizim) deyiladi. Agar o‘rnatilgan ish rejimida bo‘g‘in tavsifi chiziqli bo‘lmagan tenglama orqali berilsa va xarakteristikasi egri yoki sinik chiziqlar bilan tasvirlansa, bu bo‘g‘in chiziqli bo‘lmagan xarakteristika deyiladi. Lyuft va quruq ishqalanishlar statik xarakteristikalarni chiziqli bo‘lmagan ko‘rinishga olib keladi. Chiziqli bo‘lmagan avtomatik tizimlarni hisoblash g‘oyat murakkabdir.


Tizimning statik harakteristikasini analitik usulda aniqlashda tizimning turg‘unlashgan holati uchun energetik va moddiy balans tenglamalari tuziladi. Balans tenglamalaridan noma’lum kattaliklar topilib, ART dagi rostlanuvchi ob’ekt yoki bo‘g‘inning chiqish va kirish parametrlarining nisbati aniqlanadi.
Ob’ektning statik xarakteristikasini tajriba orqali aniqlashning faol va passiv usuli mavjud. Faol usulda modda yoki energiyani ob’ektga uzatuvchi liniyada o‘rnatilgan ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi yordamida ob’ektning bir necha muvozanat holati birin-ketin o‘rnatiladi, bunda kattalikning kirish qiymati har xil bo‘lib, tegishli chiqish koordinatalari o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra tuzilgan grafikdan ob’ektning kuchayish koeffitsienti aniqlanadi. Ob’ektning chiqish kattaligi, odatda, bir necha kirish kattaliklariga bog‘liq, bu holda statik xarakteristikalar to‘plami har bir kanal bo‘yicha aniqlanadi: Statik xarakteristikani eksperimental aniqlashning passiv usuli ehtimollik nazariyasi va matematik statistikaga asoslangan. Bu usulni qo‘llab, ob’ektlarning normal ishlatish sharoitlarida kirish va chiqish kattaliklarining o‘zgarishi haqida juda ko‘p ma’lumotlar tuplanadi. Statistik material tegishli algoritmlar bo‘yicha ishlanadi. Bu sermehnat masala bo‘lib markazlashtirilgan nazoratning axborot tizimi yoki EHM yordamida echilishi mumkin. Dinamik tizimlar sinfiga tegishli ARTning faqat statik xarakteristikasini bilish kamlik qiladi, uning dinamik xarakteristikasini ham bilish zarur. Element yoki tizimning dinamik xarakteristikasi deb, vaqt o‘tishi bilan chiqish kattaligining o‘zgarishi o‘rnatilgan rejimning buzilish davridagi kirish kattaligining o‘zgarishiga bog‘liqliliga aytiladi. Kirish kattaligining o‘zgarishi turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, bitta rostlanuvchi ob’ektning dinamik xarakteristikalarini ifodalovchi grafiklar ham turlicha bo‘ladi.
Turli element va tizimlarning dinamik xarakteristikalarini solishtirish uchun kirish kattaliklari o‘zgarishning namunali qonunlari ishlatiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli impuls shaklidagi bir pog‘onali va sinusoidal ta’sirlar keng tarqalgan. Dinamik xarakteristikalar analitik usullar bilan ham aniqlanadi. Dinamik xususiyatlar analitik ravishda differensial tenglamalar orqali tavsiflanadi. Agar tizim yoki bir bo‘g‘inning harakati mustaqil o‘zgaruvchilarning yakuniy qiymatiga bog‘liq bo‘lsa, u parametrlari mujassamlangan ob’ekt bo‘ladi. Bunday ob’ektlarning erkinlik darajasi qiymati tizimning mustaqil o‘zgaruvchilari qiymatiga teng. Bu tizimlarning dinamik xususiyatlari tavsifi to‘liq hosilali tenglamalar orqali beriladi.
Parametrlari taqsimlangan tizimlar erkinlik darajasining cheksiz qiymatiga ega. Bu tizimda parametrlar katta uzunlikda yoki vaqt mobaynida taqsimlanadi. Ularning dinamik xarakteristikasi xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan tavsiflanib, bu tenglamalarni tahlil qilish ko‘pincha qiyinlashadi. Hisoblashlar uchun ba’zan bu tizim parametrlari mujassamlashgan tizim kabi qurilib, soddalashtiriladi. Bunday yo‘l qo‘yishlar juda qo‘pol natijalar beradigan holatlarda, ya’ni parametrlari taqsimlangan tizimlar birin-ketin ulanganda, parametrlari mujassamlangan bir nechta tizimlarda kechikish bilan almashtiriladi. Masalaga bunday yondashish tizimning dinamik xususiyatlarini oddiy differensial tenglamalar orqali aniqlash imkonini beradi, tenglamalar esa chiqish koordinatasining tegishli o‘zgarish qonuni bo‘yicha echiladi. Tizimning muvozanat holatidagi chiqish va kirish kattaliklarining tutashgan qiymatlarini aniqlab, tizimning dinamik xususiyatlariga ko‘ra uning statik xususiyatlarini aniqlash mumkin.

Download 62 Kb.
  1   2




Download 62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Statik, dinamik, chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar Reja

Download 62 Kb.