• -mavzu. UZUM HOSILINI TERISh, TAShISh, QURITISh VA SAQLASh. Reja 1. Uzum xosiini yigib terib olish. 2.Uzum xosilini kuritish.
  • 10.1Uzum hosilini terish va tashish.
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

     
    Nazorat savollari

    1.Tokzor tuprogiga kanday ishlov beriladi. 
    2. Tokzorni oziklantirish ima. 
    3. Tokzorni sugorish usullari


    71 
    10
    -mavzu. UZUM HOSILINI TERISh, TAShISh, QURITISh VA SAQLASh.
    Reja
    1. Uzum xosiini yigib terib olish. 
     2.Uzum xosilini kuritish.
    3.Uzum xosilini saklash.
    Tayanch suzlar Uzum xosili .yigib terib olish .pishish davri talab etiladigan 
    jixozlar uzumni kuritish uzumni saklash
    10.1Uzum hosilini terish va tashish. 
    Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitida 
    uzum hosilini talofatsiz yig‘ishtirib olishda avvalam bor, uni pishishidan oldin 
    chamalash, ya’ni hosil bashoratiga binoan uni yig‘ishtirish rejasini tuzish, hosilni 
    yig‘ib olish, quritish va saqlashga zarur asbob-uskunalar, quritgichlar, quritish
    uchun tayyorlanagan maydon, transport vositalari, qishga saqlash uchun 
    vaqtinchalik va doimiy sovutgichli omborlarni tayyorlash, xuddi shunday agrotexnik 
    chora-tadbirlarni o‘tqazilish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalardan foydalanish 
    maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
    Bundan taqari, uzum mevasini tashish va saqlaydigan idish qutilari, kerakli 
    uzum mevasini qirqib oluvchi maxsus tok va boshqa qaychilarni shay qilib qo‘yish 
    va quritish maydonchalarini tayyorlash kerak bo‘ladi. Uzum mahsulotlarini qishda 
    saqlash uchun omborlarni tayyorlash va shu kabi bir qator ishlab chiqarish 
    texnologik ishlarni ham e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim bo‘ladi. Hosilni 
    yig‘ishtirib olish vaqti, uning pishganligi yoki ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish 
    uchun uzumning qandlilik va kislotalilik darajasi aniqlanadi. 8-Jadvalda
    Uzbekistonning barcha viloyatlarida ekishga tavsiya etilgan uzum navlari ro‘yxati 
    keltirilgan. 
    8-Jadval 
    Ubekistonda ekishga tavsiya qilingan uzum navlari 


    72 
    T/r 
    Navning nomi 
    Tumanlar 

    Aleatiko 
    Viloyatdagi barcha tumanlarda 

    Qora janjal 

    Kattaqo‘rg‘on 

    Kishmish Xishray 

    Magarachskiy 

    Sultoni 

    Surxak kitabskiy 

    Pushti toyfi

    Risling 
    10 
    Rkatsiteli 
    11 
    Saperavi 
    12 
    Oq husayni 
    13 
    Nimrang 
    14 
    Venger muskati 
    15 
    Qora kishmish 
    16 
    Oq kishmish 
    17 
    Sug‘diyona 
    18 
    Bayan-shirey 
    19 
    Go‘zal qora 
    20 
    Pushti parkent 
    21 
    Perlit 
    22 
    Rizamat 
    23 
    Ertaki Shreder 
    Uzbekistonda etishtiriladigan uzum navlari - xo‘raki, kishmishbop va 
    vinobop navlar toifasiga kiradi. 
    Shuni alohida qayd etish lozimki, viloyatdagi uzum yetishtirish bo‘yicha 
    tavsiyalar, ularning biokimyoviy tarkibini aniqlash va quritish maydonchalari, 
    saqlash uchun maxsus joy sovutgichlar bilan ta’minlanishiga katta e’tibor berish 


    73 
    kerak. Viloyatda o‘tkazilgan ko‘pgina tajribalar shundan dalolat beradiki, uzumning 
    kishmish navi qandliligi 24-25% ligida, mayizbop navlar – 22-23% ligida uzib olish 
    maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Musallas (oq musallas) tayyorlash uchun uzum mevasining qandliligi 17-
    18%, qizil musallas uchun– 18-20% ligida va xo‘raki uzum navlarini tarkibida qand 
    miqdori 16-17% bo‘lganda yig‘ishtirib olish tavsiya etiladi. 
    Tayyor uzum hosilini quritish yoki uzoqqa yuborish uchun mo‘ljallangan 
    uzumzor maydonlarini hosil yig‘ishtirib olishdan 2-3 hafta oldin sug‘orish ishlarini 
    to‘xtatilishi tavsiya etiladi. Uzumlarni tashish va saqlash uchun yog‘ochdan yoki 
    plastmassadan yasalgan 10-12 kg li quti va savatlardan foydalanish tavsiya etiladi.
    Toklar hosilini chamalash.
    Buxoro viloyati uzumchilik xo‘jaliklarida hosilni 
    chamalash (hosil bashorati), ya’ni biologik hosil yoki haqiqiy hosilni aniqlash, 
    mirishkor dehqonlar uchun oldindan qancha miqdorda sifatli mahsulot olishini 
    bashoratlaydi va oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari uchun imkon yaratadi. Biologik 
    hosil tok tuplarini gullash vaqtida, yoki hosilni yig‘ib terishdan oldin o‘rtacha bir 
    tok tupidagi uzum hosilining o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi, tok tupidagi aniqlangan 
    o‘rta uzum boshiga ko‘paytiriladi va hosildorlik aniqlanadi.
    Haqiqiy hosildorlik bir gektardan terilgan uzumni, ya’ni agar 3x2 m tartibda 
    ekilgan bo‘lsa, 1667 dona tupga o‘rtacha bir tup hosildorligi ko‘paytiriladi. Haqiqiy 
    hosildorlik bir maydon hosildorligini to‘liq terib olib, hosil topshirish shahobchasi 
    yoki saqlash omborlariga topshirilgandan so‘ng aniqlangan hosil haqiqiy hosil 
    hisoblanadi. Uzumni yomg‘ir yog‘magan, havo quruq vaqtida uzish kerak. Xo‘raki 
    navlar tanlanib, faqat pishgan uzumboshlarigina uziladi. Uzumboshlari o‘tkir bog‘ 
    qaychisi yoki maxsus qaychilar bilan kesiladi, bunda uzumboshining bandidan 
    ushlab turib kesiladi. Zararlangan yoki shikastlangan mevalar alohida qutilarga 
    joylanadi. Uzilgan uzum boshlari qutilarga yoki sig‘imi 10-12 kg li savatlarga 
    joylanadi. Har bir uzum navi hosili alohida qutilarga terib joylanadi. Navlarni 
    aralashtirib yuborishga yo‘l qo‘yilmaslik lozim. Uzumnini terishda, ularga qulay 
    bo‘lishi uchun qatorning o‘rtasidan boshlab uzish va qatorning tomonidagi yo‘lga 


    74 
    olib chiqish kerak. Uzum maxsus dala shiyponi yoki joyida qutilarga joylanadi. 
    Uzumni qutilarga joylashtirishda uning uzumboshi bandlari pastga qaratib qo‘yiladi, 
    yashikda bo‘sh joylar bo‘lmasligi kerak, bunday joylarga massasi 150 g dan kam 
    bo‘lgan uzum boshlari joylanadi. Uzumni poyezdlarda yoki samolyotda jo‘natishda 
    quti qopqog‘ining ikkita chetki taxtachalari qoqilgan bo‘lishi kerak. Yashiklarni 
    taxlashda bu taxtachalar reyka qistirmalar uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi. 
    15-rasm. Voish usulida o‘stirilgan Kishmish Sultoni uzumi hosilning umumiy 
    ko‘rinishi. 
    Bugungi kunda taxtadan yasalgan qutilardan tashqari uzoq vaqt ishlatishga
    qulay, engil va mustahkam bo‘lgan plastmassali qutilar keng miqyosda 
    qo‘llanilmoqda. 
    Uzum quritish uchun sig‘imi ko‘pi bilan 20 kg li qutilarga uzum mahsuloti 
    yig‘iladi va quritish shahobchasiga tashiladi. U yerda saralanadi va chippakka 
    chiqariladi. Ezilgan va yaxshi pishmagan yirik uzumboshlari 


    75 
    16--Rasm. Husayni navi uzumining voish usulida parvarishlash. 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish