69
yaxshilanib, hosildorlik o‘rtacha 20-25% ga oshishi kutiladi.
Tokzorlarni qo‘shimcha oziklantirish gullashidan oldin va keyin, g‘ujumlarning
jadal rivojlanishi va pishishi oldidan o‘tkazish tavsiya etiladi.
Har bir oziqlantirishda ammiakli selitraning 0,5-0,75%, superfosfat- ning 3-
5%, kaliy xlorning
0,5-1%
li eritmasi
ertalabki yoki kechki paytda
suspenziyalanadi. Har bir tok tupiga 0,4-0,5 l., bir gektar tokzorga esa 600-800 l.
eritma sarflanadi. Ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirishni kasallik va
zararkunandalarga karshi ishlatiladigan kimyoviy preparatlar bilan qo‘shib olib
borish ham mumkin.
9.3. Oziqlantirish talablari
• Tokzorlarni oziqlantirishda quyida keltirilgan
talablarni bilish katta
ahamiyatga egadir;
– tokning o‘g‘itga bo‘lgan talabi – har bir o‘g‘itning vazifasini tokparvar
bilmoq zarur;
– tok butasining o‘g‘itga bo‘lgan talabi uning o‘sish va rivojlanish
bosqichlarida fiziologik davrlarga bog‘liqligini inobatga olish;
– o‘g‘itlash vaqti – tokning yoshi, navning tezpisharligi(o‘suv
davri necha
kunligi), qaysi fazada rivojlanayotganligiga qarab, qachon va qancha miqdorda
o‘g‘it berish kerakligi;
Asosiy mineral o‘g‘itlar va eng muhim makroelementlardan – Azot (N); –
Fosfor (P); – Kaliy (K); – Kalsiy (Ca); – Magniy (Mg).
• Boshqa (makro va mikro elementlar)dan – Temir (Fe); – Bor (B); –
Marganes (Mn); – Rux (Zn); – Oltingugurt (S).
•Makro va mikro elementlarning ahamiyati quyidagilarni tashkil qiladi:
• Azot: – tok organlarining o‘sishiga ta’sir qilib, vegetativ a’zolarning tarkibi
hisoblanadi; – oqsil (protein) manbai hisoblanib – 1 tonna hosil uchun 3,9 kg azot
talab etiladi.
• Fosfor: – energiya tashuvchi manba bo‘lib, hujayralarning bo‘linishini va
yangi novdalarning rivojlanishini ta’minlaydi; – 1 tonna hosil uchun 3 kg fosfor
lozim bo‘ladi.
70
• Kaliy: – eng kerakli moddalardan hisoblanib, tok butasining kaliyga bo‘lgan
talabi kuchli. Kaliy yordamida moddalar almashinuvidagi rN (ishqoriylik) va
kislotalilik darajasining me’yoriyligi ta’minlanadi;
–
tez harakatchanlik, uglevodlar harakati va sintezida ishtirok etib,
novdalarning pishish jarayonida qatnashadi, tokni sovuqqa chidamliligini oshiradi;
– 1 tonna hosil uchun 1 kg kaliy moddasi talab etiladi.
• Kalsiy: – tok tanasining barcha(novdalar, barglar, ildizlar) qismlarida uning
ahamiyati juda katta bo‘lib, hujayra devorlarini tashkil qilishda va hujayra
devorlarining oziqalarini boshqa qismlarga o‘tkazish qobiliyatini yaxshilaydi,
oziqani o‘tkazish vazifasini ado etganligi uchun
oziqlantirishda kalsiyning
ahamiyati katta; – uzum po‘sti qobig‘ining mustahkamligini oshiradi
(transportabelligini, saqlash muddatini oshiradi); – 1 tonna hosil uchun 0,2 kg Sa
talab etiladi (uzumdagi ulushi past).
• Magniy: – fotosintez jarayonida, xlorofil donachalarida magniy tutgan o‘rni
muhim ahamiyat kasb etadi; – fermentasiya jarayonida va uglevodlarni hosil kilish
uchun va 1 tonna hosilda 0,1 kg Mg talab etiladi, Lekin,
uzum donasidagi ulushi
past.
– Temir: – xlorofil sintezida, tokning nafas olishida; – rN (ishqoriylik darajasi)
darajasi yuqori tuproqlardagi yetishmovchiliklarda G’ye moddasining o‘rni beqiyos.
• Bor, Rux: – hujayralarning bo‘linishida, gul changining rivojlanishida
muhim o‘rin tutadi va katta ahamiyatga ega; – bularning yetishmasligi tok
to‘pgullarining changlanishiga jiddiy zarar yetkazadi.