• Oddiy azotli o‘g‘itlarga
  • Murakkab (kompleks) o‘g‘itlarga
  • Uzumchilik o‘quv qo‘llanma buxoro-2023




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

    (go‘ng, go‘ng shaltog‘i,
    kompost, parranda axlati, fekaliy va h.k.) o‘g‘itlar
     
    bo‘ladi

    Mineral o‘g‘itlar o‘z navbatida oddiy (azotli, fosforli, kaliyli) va murakkab 
    (kompleks) o‘g‘itlarga bo‘linadi. 
    Oddiy azotli o‘g‘itlarga
     
    ammiakli selitra (33-34% nitrat va ammiak shaklida 
    azot bor), sulfat ammoniy (20-24% ammiak shaklida azot bor), mochevina yoki 
    karbamid 46% azot bor);
    fosforli o‘g‘itlarga
     
    oddiy superfosfat (14-20% fosfor 
    bor), 
    qo‘sh donador superfosfat
     
    (42-49% fosfor kislotasi bor), 
    presipitat 
    (38-40% 
    fosfor bor), 
    tomosshlak
     
    (12-20% fosfor kislotasi bor), 
    fosforit uni
     
    (14-30% fosfor 
    bor);
    kaliyli o‘g‘itlarga
     
    kaliy tuzi (20-40% kaliy bor), kaliy xlorid (48-60% kaliy 
    bor), kaliy sulfat (42- 52% kaliy bor) va boshqalar kiradi. Tarkibida 1,5-2% azot 
    bo‘lgan donador superfosfat ham qo‘llaniladi. 
    Murakkab 
    (kompleks) 
    o‘g‘itlarga
     
    nitrofoska (12-16% azot, 10-16% fosfor,
    12-16% kaliy bor), ammofos 
    ( 10-11% azot, 42-60% fosfor bor), diammofos (18-20% azot, 52% fosfor bor) va 
    h.k. kiradi. 
    Mikroelementlar (bor, mis, molibden, marganes, rux va h.k.)
     
    tok o‘simligi 
    hayotida muhim rol o‘ynab, ular ko‘pincha murakkab o‘g‘itlar b i l a n


    66 
    b i r g a l i k d a , u n i n g tarkibiga qo‘shib ishlatiladi. Ular tokning ildizi orqali hamda 
    ildizdan tashqari (o‘simlikka 0.05-0.1% li suvli eritmasini purkash orqali) 
    qo‘llaniladi. 
    Ekologik muhitni zararlamaslik hamda ekologik toza mahsulot yetishtirishda 
    organik (mahalliy) o‘g‘itlarning ahamiyati katta. 
    Go‘ng tuproqni sog‘lomlashtirishda va o‘simliklar hayotida muhim rol 
    o‘ynaydi. Uning tarkibida 0,55-0,86% azot, 0,26-0,58% fosfor, 0.60-0,90% kaliy, 
    shuningdek, kalsiy, magniy, temir, bor kabi moddalar bo‘lib, tok butasining o‘sishi, 
    rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi organik birikmalardan: oqsil, kraxmal, qand 
    va h.klar mavjud bo‘lib, ular tarkibida tuproq unumdorligini oshiruchi foydali 
    mikroorganizmlar bor. Go‘ng asosan kuzda, yerni shudgolash vaqtida solinadi. 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish