65
Kaliy
ham o‘simlik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u tokning
fiziologik va biokimyoviy jarayonlar jadal kechadigan to‘qimalari va organlarida
ko‘p to‘planadi. Ayniqsa, novda, barg, kurtaklarning jadal o‘sib rivojlanayotgan
davrida kaliy kshp bo‘ladi. Kaliy ta’sirida fotosintez jaraѐni kuchayadi, novdalr
yaxshi pishadi, g‘ujumlarda qand moddalari ko‘payadi, tokning sovuqqa
chidamliligi oshadi. Kaliy stish- maganda tokning sovuqqa chidamliligi,
novdalarning pishishi, g‘ujumlarning shiradorligi pasayadi, barglar atrofida jigar
rang hoshiya paydo bo‘ladi.
Tok o‘simligining o‘sish va rivojlanish davrlarida kalsiy, magniy, temir,
bor, rux, mis, marganes kabi makro va mikroelement- larning roli m u h i m
a h a m i y a t k a s b e t a d i .
9.2. .Mineral va organik o‘g‘itlar, ularning tavsifi
Mineral (azotli, fosforli, kaliyli) hamda organik