• Nazorat savollari
  • 3.Navdalarni uchini chilpish kilish. 4. Ustiruvchi tormozlovchi retardantlar va biostimulyatorlardan foydalanish.
  • Tokning kesiladigan qismlari




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/59
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,6 Mb.
    #262666
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
    Bog'liq
    UZUMChILIK

     7.4.Tokning kesiladigan qismlari.
    Tok tuplarining kesiladigan qismlariga - 
    tok tupi, tanasi, asosiy hosil shoxlari va ikkilamchi shoxlari, yoshartiruvchi 
    (o‘rinbosar, zaxira) novdalar, kurtaklar soni va tok tanasi shaklini kiritish mumkin. 
    Tok tupi tanasi eng muhim va asosiy qism bo‘lib, ildiz tizimi va o‘suvchi 
    novdalardan iboratdir. 
    Uzbekiston uzumchiligining ishlab chiqarish sharoitida ham tok tuplariga 
    tuproq-iqlim sharoitiga qarab muayyan shakl beriladi va tana balandligi tanlab 
    olinadi. Shuningdek, viloyat sharoitida tokzorlar barpo etishda avvalam bor, tuproq 
    va iqlim sharoitiga, tup soni, o‘tqazish tartibi, serhosil, yuqori va sifatli hosil 
    beradigan tok navlarini tanlash va parvarishlash agrotexnologiyasi yuqori bo‘lishiga 
    e’tibor berilgandagina yuqori daromadga erishish mumkinligi tadqiqotlarda 
    isbotlangan.
    Nazorat savollari
    1. Tok kismlariga tasnif bering
    2. Tok kesish usullari
    3. Tok kesishda nimalarga etibor berish kerak. 
    4. Tokni kesilad igan kismlari
     8-mavzu .Tok tuplarini yashil kismlari bilan boglik ishlar. 
    REJA
    1. Tok tuplarini yashil kismiga tasnif bering. 
    2. Xomtok va uni utkazish tartibi. 
    3.Navdalarni uchini chilpish kilish. 
    4. Ustiruvchi tormozlovchi retardantlar va biostimulyatorlardan 
    foydalanish.


    54 
    Tayanch suzlar . Tok tuplarini yashil ksmlari xomtok novdani uchini 
    chilpish kilish xalkalash 
    8.1.
    Uzumchilikda tok kesish muhim agrotexnik tadbirlardan biri bo‘lib, 
    tokning o‘sishi va meva qilishini tartibga soluvchi vositadir. Bu shakl berish usuli 
    tokni parvarishlash uchun qulay bo‘lib,
    u tokzorlardan foydalanish muddatini 
    uzaytiradi, ya’ni yoshartiradi. Tokka to‘g‘ri shakl berilish, uni o‘stirish tizimini 
    tupdan yaxshilab, uzoq vaqt va muttasil hosil olinishini ta’minlaydi, quyosh nuridan, 
    issiqlik, suv va oziqa moddalaridan to‘liq foydalanishga, shuningdek, texnika 
    vositalaridan keng qo‘llanishiga sharoit yaratadi. Pirovard natijada katta daromad 
    keltiradi.
    Agar tok qishda ko‘miladigan mintaqada o‘stirilsa, ko‘pincha, ularni ko‘p 
    yengli, yelpig‘ichsimon shaklidan uzumchilik fermerlari ko‘proq foydalanishadi. Bu 
    tok tuplarini ko‘mishni osonlashtiradi, hosil elementlarni beshikast saqlab 
    qoldirishga imkon beradi.
    Tuplarni shakllantirishda va ulardan foydalanishda o‘z vaqtida, to‘g‘ri xom 
    tok qilish muhim ahamiyatga ega. 
    Uzum tupida yetarli miqdorda kurtaklar bo‘lmasa, rivojlanadigan novdalar 
    soni amalda kamayib ketadi. Kurtaklar qo‘ltig‘ida me’yordan ortiqcha kurtak bo‘lsa, 
    hosildorlik pasayadi, uzum boshi va mevasining o‘rtacha og‘irligi kamayadi, keyingi 
    yili meva olish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan novdalar uzunligi va sonini 
    qisqartirish lozim bo‘ladi.
    Tokzorlarda tok kesishni birinchi navbatda, erta va o‘rtapishar navlardan 
    boshlash zarur, chunki ularning novdalari tezroq pishadi, kesishga qulay bo‘ladi. 
    Tokni umum qabul qilingan texnologiya bo‘yicha kesish tavsiya etiladi. Bunda 
    o‘tkir tok qaychi va arradan foydalanish tavsiya etiladi. Yenglar faqat ichki 
    tomondan kesiladi va bunda kesilgan joylar yaqinidagi zararlangan maydonlarning 
    tutashib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Natijada bu tupning o‘sishini susaytiradi 
    va hosildorligini kamaytiradi. Zanglarni kunda qoldirmay kesish, burchak kurtakdan 
    novda hosil bo‘lishini istisno etish lozimligi ko‘rsatilgan. 


    55 
    O‘rinbosar novda har doim mevali novdadan pastda va yengning tashqi 
    tomonida qoldirilishining afzalligi isbotlangan.Yengda bir necha mevali novda 
    qoldirilganda, kesish uzunligini ularning joylashganligiga koʻra tabaqalashtirish 
    kerak: mevali novda eng asosidan qancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, u shunchalik 
    uzoqda (uzun) qoldirilib kesish tavsiya qilingan. Novdadagi kesik silliq bo‘lishi va 
    tez bitishi uchun tok qaychining bo‘rtik kesuvchi jag‘i tupda qoladigan novda yoki 
    eng qismiga qaratilib kesish zarurdir.
    Kuzgi tok kesishni shakllantirish uchunkeraksiz novdalar va o‘sib ketgan 
    yenglar olib tashlanadi, bir yillik novdalarni ishlatilish maqsadiga (novda yoki 
    mevali novda) ko‘ra kaltalashtiriladi va bu yaxshi natija beradi.
    Meva qiladigan yelpig‘ichsimon shakldagi tuplar tup boshidan kesiladi, 
    bunda skelet novda bargdan tozalanadi. Tik o‘suvchi novdalar asosga taqab kesiladi. 
    O‘sib ketgan va egilmaydigan bo‘lib qolgan yenglar olib tashlanadi. Ular o‘rniga 
    bachki(o‘rinbosar) novdalar qoldiriladi. Tupda pishgan novda to‘rttadan kam bo‘lsa, 
    u holda qator joylashgan kuchli novdalar yangi yeng shakllantirish uchun qoldiriladi. 
    Yenglar uchun asosga yaqin joylashgan ikki-uchta kuchli novda tanlanadi, tupning 
    ichki tomoniga qarab o‘sgan eng pastki 2-3 ta ko‘zcha, undan yuqorisida 6-7 ta, eng 
    yuqorisida 10-15 ta ko‘zcha koldirib kesish maqsadga muvofiqdir. Yeng tez o‘sib 
    ketmasligi uchun o‘rinbosar novdalar qoldiriladi. Ikkita hosilli novda kuchli hosil 
    bo‘g‘inini tashkil etadi. 
    Toklari ko‘miladigan tumanlarda kuzda ularni kesishda qabul qilingan kesish 
    me’yoridan 20-25% ortiq miqdorda hosilli novdalar ko‘proq qoldirilib kesiladi. 
    Chunki, qish fasli va erta bahor qanday kelishiga qarab, hosilli novdalarning 
    ko‘zchalari ko‘p qoldiriladi va ko‘klamda toklar ochilgandan so‘ng, sovuq urgan, 
    shikastlangan novdalar olib tashlanadi va korrektirovka qilinadi. 
    Har yili tok navlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun ulardagi kurtaklar 
    sonini, tokning o‘sish kuchi, nav xili va hosil berish xossalarini inobatga olib, tok 
    kesishni o‘tkazish tavsiya etiladi. 
    Meva qilish koeffisiyenti past bo‘lgan (rivojlangan novdalardagi uzumboshi 
    sonlari), kuchli o‘suvchi xo‘raki uzum navlaridan: Oq va Pushti toyfi, Nimrang, 


    56 
    Husayni, Surxak kitabskiy, shuningdek, mayizbop uzumlardan-Qora va Oq 
    Kishmish, Kishmish Xishrau, Kishmish So‘g‘diyona, Kishmish Samarqand va h. 
    k.larda ko‘zchalar (pindiq) ko‘proq qoldiriladi. Tokning yoshi va o‘sish kuchi, nav 
    xiliga qarab, yenglarida kuchaytirilgan hosilli novdalar qoldirilib, ularning soni 
    novdaning yo‘g‘on va ingichkaligiga qarab, 10-16 tagacha, voish va so‘ritoklarda 
    uzum naviga qarab, 20 tagacha kurtak qoldirib kesiladi. Baquvvat, ko‘p yillik 
    toklarda 200-300 tagacha kurtak qoldirib kesiladi. 
    Soyaki, Bayan-shirey, Kuljinskiy navlarida oziqlanish maydoni 3x2,5 m ni 
    tashkil etib, hosilli novdalarida 160-200 tagacha kurtaklar qoldirilsa maqsadga 
    muvofiq bo‘ladi. 
    O‘rtacha o‘suvchi Pushti Muskat, Saperavi, Aleatiko vinobop uzum navlarida 
    kurtaklar soni 150 dan 180 tagacha bo‘lganda, hosili mo‘l va sifatli bo‘ladi. Hosil
    novdalari ko‘p va kuchsiz o‘suvchi vinobop navlarda Pino chernыy va Risling 
    navlarida kurtaklar sonini 80-100 tadan ortiq qoldirmaslik kerak. 
    Viloyat sharoitida tok navining o‘sish kuchi va navning xiliga, turiga qarab, 
    kuchli o‘suvchi navlar uzun, sekin o‘suvchi navlar esa kalta kesiladi. Hosil 
    novdalarida 6-8, 9-12, 13-16-20 tagacha kurtak qoldirib kesiladi. 
    Viloyatning ko‘pgina tumanlarida tok tupini ko‘mishdan oldin va ochgandan 
    keyin erta bahorda bo‘lib turadigan qora sovuqlar, kurtaklarning zararlanishiga, tok 
    tanasining ko‘p yillik qismlaridagi to‘qimalarning qurishiga olib kelishi mumkin. 
    Kuchli zararlangan tokzorlarda qisqa muddat ichida tok tupi yer ustki qismini 
    qayta tiklash va ikkilamchi novdalardan (bachkilar) va ko‘p yillik tok tanasidagi 
    uyg‘onmagan kurtaklarning uyg‘onishidan hosil olish uchun tok tupiga yuqori 
    agrotexnik tadbirlar o‘tkazish natijasida hosil olish imkonini yaratish mumkin. 
    Ta’kidlash joizki, tokning asosiy novdvlarida, kundaning pastki qismida 
    rivojlanmagan, uyg‘onmagan kurtaklar zaxirasi mavjud. Ulardan asosan o‘suv 
    shoxlari, ya’ni mevasiz novdalar paydo bo‘ladi va tok tupini qayta tiklanishiga sabab 
    bo‘ladi. 


    57 
    Tokka yaxshi suv-oziqa rejimi qo‘llanilganda, qo‘shimcha kurtaklarning 
    rivojlanishiga olib keladi. Sovuqdan zararlangan tokzorlarni birinchi navbatda, 
    sug‘orish va sug‘orish bilan birgalikda oziqalash talab etiladi. 
    Sug‘orilgandan keyin tok novdasida ko‘plab bachkilar o‘sib chiqadi, ulardan 
    tana tupida qulay joylashgan, tupning pastki qismida va qator bo‘ylab o‘suvchi 8-10 
    ta kurtakli novda qoldiriladi, qolganlari yulib tashlanadi. Bu tadbirni imkon qadar 
    barvaqt, ya’ni yosh novdalar tez yulinadigan davrda o‘tkazilishi lozim. 
    Plastik, yengli qilib to‘g‘ri shakllantirilgan va kesilgan tok tupi oson va 
    ixcham holda yer betiga joylashadi, bunday holat tokni kechki kuzda sifatli qilib 
    ko‘milishga imkon beradi. 
    Ko‘p yillik ma’lumot natijalariga qaraganda, O‘zbekiston Respublikasining 
    shimoliy hududlarida ko‘pincha, noyabr oyining birinchi dekadasida havo harorati 
    minus 10-12
    0
    Sgachani tashkil etgan. Ana shunday ayozli kunlarda hali novdalari 
    pishib ulgurmagan va ko‘milmaydigan tok novdalariga jiddiy zarar yetkazishi 
    mumkin. Shu bois, qora sovuq tushma- sidan oldin toklarni oktyabr 
    oyining 2-dekadasdan boshlab, ularni kesish, hosilni yig‘ish va ko‘mish ishlarini 
    tugallash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
    Yarim yelpig‘ichsimon shakl berilgan tok novdalari faqat bir tomonga pastki 
    va ikkinchi simlarga, hosil beruvchi novdalar esa, 1-2 va istisno tariqasida(baquvvat, 
    tez o‘suvchi tok navlari) 3 –simlarga tartib bilan novdarni joylashtirib bog‘lanadi. 
    Tok novdalarining pishib etilishi, hosil berishi, uning sifatli va ko‘rimli bo‘lishi, 
    ularni qishgi mavsumga tayyorlash ishlari o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlarning 
    sifatli va o‘z muddatida to‘g‘ri bajarilishiga bevosita bog‘liqdir.
    Bir qator tok navlarida gullar qo‘sh jinsli bo‘ladi. Ayrim uzum navlari esa 
    ayrim jinslidir. Masalan, Charos, Kattaqo‘rg‘on va Nimrang va boshqa shunga 
    o‘xshash uzum navlarining gullari urg‘ochi tipdagi gul toifasiga kiradi. Bunday 
    tipdagi uzum navlarini yaxshi parvarishlash bilan birgalikda, chetdan yaxshi 
    changlanishiga (sun’iy changlantirish) sharoit yaratish ham lozim bo‘ladi. 
    Shundagina ularning gullari yaxshi changlanib urug‘lanadi. Qayerda shu toifadagi 


    58 
    tok navlari bo‘lsa, ularning yaqiniga Oq va Qora kishmish, Husayni, Pushti Toyfi 
    singari uzum navlarini ekish tavsiya etiladi. 
    Tok novdalarini xomtok qilish asosan ikki marta o‘tkaziladi. Birinchisi 

    Download 1,6 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish