6-maruza
Invertorlar
Reja
1. Avtonom invertorlar haqida.
2. Avtonom invertorlar klassifikatsiyasi.
3. Bir fazali tok invertori.
O`zgarmas tokni o`zgaruvchan tokga aylantiruvchi va avtonom yuklamaga ishlovchi o`zgartkichlar avtonom invertorlar deyiladi. Ularning chiqishlaridagi kuchlanish fazalari soniga qarab: bir, uch, ko`p fazali invertorlarga bo`linadi. Sxemalarinish qurilishiga qarab : noli chikarilgan, ko`priksimon va yarimko`priksimonlarga bo`linadi.
Avtonom- invertorlarda sodir bo`layotgan elektromagnit jarayonlarga qarab: tok invertori, rezonans invertori, kuchlanish invertorlarga bo`linadi.
Tok invertorlari sxemasi kirishiga katta induktivlikga ega bo`lgan drossel ulangan bo`lishi shart. Bu holda kommutatsiyada ishtirok etayotgan kondensator nodavriy (aperiodik) zaryadlanadi, kirish toki ideal silliqlangan va uzluksiz bo`ladi. Ya’ni bunda manba tok generatori rejimida ishlaydi.
Tok invertorlaridagi kommutatsiyalovchi kondensatorni yuklamaga nisbatan ulanishiga qarab: ketma-ket, parallel va ketma-ket parallel invertorlarga bo`linadi
Rezonans invertorlarida yuklama tarkibidagi katta induktivlik bilan boshqa reaktiv elementlar bilan birgalikda tebranish konturini hosil qiladi va kuchlanish rezonansi vujudga keladi. Bunday cxemalapdagi tiristorlar anod toklarini qiymati nolga yetganidan so`ng yopiladi. Rezonans invertorlarini ta’minlaydigan manba tok generatori yoki kuchlanish generatori rejimlarida ishlashi mumkin. Agar rezonans invertori ta’minlaydigan manba, kuchlanish generatori sifatida ishlayotgan bo`lsa, ochiq kirishli rezonans invertori deyiladi. Agap manba tok generatori sifatida ishlayotgan bo`lsa, yopiq kirishli rezonans generatori deyiladi. Bunday invertorlar ham yuqorida keltirilgani kabi: ketma-ket, parallel, ketma-ket parallellarga bo`linadi.Kuchlanish invertorlarida ta’minlovchi manba kuchlanish generatori sifatida ishlaydi va uning ichki qarshiligi kichik bo`lishi kerak. Agar uning ichki qarshiligi katta bo`lsa, u holda invertor kirishiga katta sig`imli kondensator ulanadi.
Bir fazali parallel tok invertori
Sxemadagi tiristorlar juft-juft bo`lib ishlaydilar, ya’ni V1, V2, va V3, V4 (32-rasm). Masalan, V1 va V2 ga ochuvchi impulьslar berilishi bilan ular ochiladilar va quyidagi zanjirdan tok o`tadi: kirish Ud kuchlanishining musbat potentsiali, Ld induktivlik, tiristor V1, yuklama Zw, tiristor V2, kirish Ud kuchlanishining manfiy potentsiali. Yuqorida keltirilgan tiristorlarning ochilish vaqti1a nisbatan 180° ellrad.dan so`ng V3 va V4 tiristorlarga ochuvchi impuls beriladi va quyidagi zanjirdan tok o`tadi: kirish Ud kuchlanishining musbat potentsiali, L induktivlik, tiristor V3, yuklama Z1O , tirislor V4, kirish Ud kuchlanishining manfiy potentsiapi. Bundan ko`rinadiki, bir qaytarilish davri ichida yuklamadan ikki marta qarama-qarshi yo`nalgan o`zgaruvchan tok o`tar ekan. Sxema elementlaridagi tok va kuchlanishlarning shakllari mos holda diagrammalarda keltirilgan (33-rasm).
32-rasm
33-rasm
Sxemadan quyidagi ifodani yozish mumkin:
ChIK. KJ S
Agar tenHJ1>tTHK , bo`lsa tiristorda to`g`ri kuchlanish hosil bo`lishidan qat’iy nazar, u yopiq holda bo`ladi va faqat navbatdagi ochuvchi impuls kelgandagina tiristor ochiladi. (tyopil -tiristor yopilishi uchun kerak bo`lgan vaqt, tTHK - tiristorni boshqarish xususiyatini tiklashi uchun kerak bo`lgan vaqt)
Sxemani hisoblash uchun quyidagi ekvivalent sxemadan foydalaniladi:
34-rasm
Bu ekvivalent sxemani tuzishda va uni taxlil qilishda sxema elementlarini ideal deb faraz qilinadi.
Tayanch iboralar
Avtonom invertori. Avtonom tok invertori. Avtonom rezonans invertori. Avtonom kuchlanish invertori. Kommutatsiyalovchi koqtsensator. Ketma-ket yuk invertori. Parallel tok invertori. Ketma-ket parallel tok invertori. Tok invertori. Kuchlanish generatori. Ta’minlovchi manba.
Nazorat savollari
1. Avtonom invertor chiqishlaridagi kuchlanish fazalari soniga qarab, sxemalarni qurilishiga qarab, ularni qanday klassifikatsiyalash mumkin?
2. Avtonom invertorlarda sodir bo`layotgan zlektromagnit jarayonlarga qarab ularni qanday klassifikatsiyalash mumkin?
3. Tok invertorlaridagi kommutatsiyalovchi kondensatorning ulanishiga qarab qanday turlarga bo`linadi?
4. Bir fazali parallel tok invertorining ishlashini tushuntirib bering.
|