|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”
|
bet | 1/17 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 182,96 Kb. | | #144260 |
Bog'liq Sadatova Munira kurs ishi
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Maxsus sirtqi ta’lim boʻlimi: Pedagogika va psixologiya sirtqi
dekani_________S.Umarov
«___»________2023-yil
Boshlang‘ich ta’lim va sport ishi yo‘nalishi 3-kurs 302-guruh talabasi
Sadatova Muniraning
“Boshlang‘ich sinflarda Ifodani aynan almashtirish mavzusini o’rgatish metodikasi”
Kurs ishi
mavzusidagi
Himoyaga tavsiya etilsin
Kafedra mudiri:_________
“___” ___________ 2023
Ilmiy rahbar: _________
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA IFODANI AYNAN ALMASHTIRISHGA O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI..................5
Bolalarni ifoda bilan tanishtirish.......................................................................5
Boshlang’ich sinflarda ifodani aynan almashtirishga o’rgatish metodikasi.....21
II BOB. BOLALARDA IFODALARNI AYNAN ALMASHTIRISH MAVZUSINI O’RGATISH METODIKASINING AMALIY ASOSLARI.....26
Boshlang’ich sinflarni sonli ifoda bilan tanishtirish........................................26
O’quvchilarni harfiy ifoda bilan tanishtirish....................................................32
XULOSA…………………………………………………………………………43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI………………………….45
KIRISH
Boshlang’ich sinf uchun darslik va o’quv qo’llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o’qituvchilar uchun qo’llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o’quvchilar uchun, tajriba-sinov qo’llanmalari (M.Ahmedov, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to’plami (o’quv materiallari) orqali boshlang’ich maktab o’quvchilarining algebrik bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to’xtalib o’tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag’ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko’zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
Shuningdek, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o’yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o’rganilmagan. Boshlang’ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati mustaqil ishlash texnologiyasining ilmiy asoslash bilan birga “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borishni hisobga olib, malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini “Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchlarni shakllantirish metodikasi” deb nomladik.
|
| |