|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”
|
bet | 9/17 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 182,96 Kb. | | #144260 |
Bog'liq Sadatova Munira kurs ishiNoma’lum qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma’lum qo‘shiluvchini ayirish kifoya. 1-sinf kitobida noma’lum qo‘shiluvchi darcha orqali ko‘rsatilgan:
Quyidagi ko‘rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi:
“Hovuzda 4 ta o‘rdak suzib yurgan edi. Yana bir necha o‘rdak kelib qo‘shilgandan keyin, hovuzdagi o‘rdaklar 8 ta bo‘ldi. Nechta o‘rdak kelib qo‘shilgan?”
“Oziq-ovqat do‘koniga 9 quti konfet va pecheniy keltirildi. Konfetlar 6 quti bo‘lsa, necha quti pecheniy keltirilgan?”
7) Ayirishning hadlari. Noma’lum kamayuvchi va noma’lum ayriluvchini topish. Ayirishning to‘g‘riligini tekshirish
Ayirishning hadlari
6 – 2 = 4
6 va 2 ning ayirmasi 4 ga teng.
6 – kamayuvchi
2 – ayriluvchi
4 – ayirma 6–2 – ayirma
– 4 = 5 noma’lum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchini qo‘shish kerak. 5 + 4 = 9. Kamayuvchi 9 ga teng ekan.
8 – = 3 noma’lum ayriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayirish kerak. 8 – 3 = 5. Ayriluvchi 5 ga teng ekan.
Ayirishning to‘g‘riligi qo‘shish amali bilan tekshiriladi. Ayirma va ayriluvchining yig‘indisi kamayuvchiga teng bo‘lsa, ayirish to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi. Darslikda quyidagi misollar berilgan:
8 – 3 = 5 9 – 5 = 4 7 – 3 = 4
5 + 3 = 4 + 5 = + = 7
Quyidagi ko‘rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi:
“Aerodromda bir nechta samolyot bor edi. 5 ta samolyot uchib ketgandan so‘ng, aerodromda 2 ta samolyot qoldi. Aerodromda oldin nechta samolyot bo‘lgan?”
“Traktorning bakida ish boshlanganda 9 litr yonilg‘i bor edi. Ish oxiriga kelib 2 litr yonilg‘i qoldi. Necha litr yonilg‘i ishlatilgan?”
1-reja: Boshlang’ich sinf o’quvchilarni algebraik masalalar bilan tanishtirishning umumiy masalalari
Boshlang’ich sinf matematika o’quv dasturida algebraik material arifmetik material bilan uzviy bog’liqlikda o’rganilishi qayd etilgan.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida son, arifmetik amal tushunchasi shakllanishi bilan ifoda,sonli ifoda,harfiy ifoda,sonli tenglik,sonli tengsizlik,tenglama kabi algebraik tushunchalar ham shakllanadi.Boshlang’ich sinf matematika kursida o’rganiladigan algebraik tushunchalarni quyidagi chizmada ko’rish mumkin.
|
| |