• 4) 10 sonini hosil qilish. O‘ndan sonni ayirish 5) Qo‘shish va ayirishning o‘zaro bog‘liqligi. Qo‘shish va ayirish jadvali
  • ) Sondan 5,6,7,8,9 sonlarini ayirish




    Download 182,96 Kb.
    bet7/17
    Sana24.01.2024
    Hajmi182,96 Kb.
    #144260
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Sadatova Munira kurs ishi

    3) Sondan 5,6,7,8,9 sonlarini ayirish
    Bu hollarda hisoblash usullari yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Shu bilan birga, 10 ichidagi son tarkibiga asoslangan sanoq materiallari bilan amaliy ishlar bajarishvagrafik tasvirlar yordamida ochib beriladi. Masalan, quyidagi rasmga qarab,tegishli bog‘lanishlarni aniqlashadi:
    5 + 2 =7
    7 – 2 = 5
    7 – 5 = 2
    Bunday mashqlarni bajarish natijasida o‘quvchilar bunday xulosaga kelishadi: agar ikki qo‘shiluvchilarning yig‘indisidan bu qo‘shiluvchilarning biri ayrilsa, ikkinchisi hosil bo‘ladi.
    Shuni ta’kidlash joizki, o‘quvchilarni 10 ichidagi sonlar tarkibini puxta bilishi sondan 5, 6, 7, 8, 9 ni ayirishni tez o‘rganishga olib keladi. Masalan, 8 – 5 ayirma javobi 3 bo‘ladi, chunki 8 – bu 5 va 3 ning yig‘indisidan iborat: 8 = 5 + 3, demak, 8 – 5 = 3. Bunga juda ko‘plab mashqlar bajarish natijasida erishish mumkin.
    4) 10 sonini hosil qilish. O‘ndan sonni ayirish
    5) Qo‘shish va ayirishning o‘zaro bog‘liqligi. Qo‘shish va ayirish jadvali
    Ayirishni qo‘shish asоsida bajarishda o‘quvchilarga yig‘indi va qo‘shiluvchilar o‘zarо qanday bоg‘langanini ko‘rsatish kеrak. Bunday kuzatishlar o‘quvchilarda quyidagi mashqlarni bajarish jarayonida qo‘shish va ayirish ustida ishlashning bоshidan bоshlabоq yig‘ila bоradi: bеrilgan rasm (ruchka va kitоb) asоsida qo‘shish va ayirishga dоir misоllar tuzing, хuddi shunga o‘хshash bеrilgan rasm bo‘yicha qo‘shish va ayirishga dоir masalalar tuzing. (Masalan, o‘tlоqda 3 ta оq va 1 ta qоra echki o‘tlamоqda, hammasi bo‘lib nеchta echki o‘tlamоqda? O‘tlоqda 4 ta echki: bitta qоra, qоlgani оq echkilar nеchta? va hоkazо). O‘quvchilar quyidagi misоllar juftlarini tuzadilar va yеchadilar, shuningdеk, ularni tahlil qiladilar:
    4 + 3 6 +4 2 + 7
    7 – 3 10 – 4 9– 2
    O‘quvchilar qo‘shish va ayirishning o‘zarо bоg‘lanishinio‘zlashtirib оlganlaridan so‘ng ayirishning ayriluvchi to‘rtdan katta bo‘lgan hоllarni o‘rganishga o‘tiladi. Endi ayirish natijasi qo‘shishning mоs hоlidan fоydalanib tоpiladi: 9 – 6 = ? 9 bu 6 + 3; 6 ni ayiramiz, 3 hоsil bo‘ladi.

    Download 182,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 182,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) Sondan 5,6,7,8,9 sonlarini ayirish

    Download 182,96 Kb.