|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”
|
bet | 5/17 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 182,96 Kb. | | #144260 |
Bog'liq Sadatova Munira kurs ishiIV bosqich. Bu bosqichga qavslarni o’z ichiga oladigan ifodalar qaraladi. Qavslvrni kiritishga doir dars bo’lagining variantlaridan biri mana bunday: Katakli taxtachada
Kartochkalar qo’yilgan.
Topshiriq: kartochkalardan foydalanib, ifodalar tuzing, ularni aytib bering. O’quvchilar tuzadilar: 7 + 2 , 2 + 7 ( 2 va 7 sonlarining yig’indisi ) 7 – 2 ( 7 va 2 sonlarning ayirmasi). O’qituvchi bu ifodalarni 7 + 2, 7 – 2, 2 + 7 kartochkalar bilan almashtiradi va «+» «–» «10» kartochkalarini qo’shadi.
Keyin bu ifodalarning qiymatlarini qanday hisoblanishi aniqlashtiriladi. O’qituvchi tuzilgan ifodalarga sonlar yig’indisi (ayirmasi) «uychaga» qamalgan deb tushuntiradi. Daftarlarda bunday uychalarni chizish noqulay. Shu sababli uychaning polini va shiftini olib tashlaymiz, devorlarini esa bir oz egriroqqilamiz, qavslarni hosil qilamiz. Ifodalar bunday ko’rinishni oladi:
10 + (7 + 2 ), ( 7 – 2 ) + 10, 10 – ( 7 + 2).
Harfning o’zgaruvchini belgilash uchun simvol sifatidagi ma’nosini ochib berishga tayyorgarlik ishi 2-sinfda o’quv yilining boshida qo’shish va ayirish amallarini takrorlash munosabati bilan o’tkaziladi. Harflarning kiritilishi bilan bir vaqtda tayyorgarlik davrida, bolalar yangi terminlar: "matematik ifoda" va "matematik ifodaning qiymati" bilan ta’rifsiz tanishadilar.Bu davrda yig’indi va qoldiqni topishga doir bir xil mazmundagi sodda arifmetik masalalarni echish bo’yicha ish olib boriladi.
Birinchi yarim yillikda o‘quvchilar matematik amallar nomlari, tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o‘quvchilar matematik belgilarning ba’zi elementlari amal ishoralari (plyus − qo‘shish, minus − ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda 2 + 6 (2 va 6 sonlari yig‘indisi), 9 – 2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o‘xshash eng sodda matematik ifodalarni o‘qish va yozishni o‘rganib olishlari kerak. 3 + 3 va 7 + 3, 6 + 3 va 6 – 3 ko‘rinishdagi ifodalarni taqqoslashga doir mashqlarni bajarishda bolalar bu ifodalar orasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlarni ko‘radilar va shu asosda ularning qiymatlari teng yoki teng emasligi, agar teng bo‘lmasa, u holda berilgan ifodalardan qaysinisining qiymati katta (kichik) degan savollarni hal qiladilar. Chiqarilgan xulosa har doim asoslanishi, so‘ngra hisoblashlar yordamida tekshirilishi kerak. Birinchi sinfda matematika o‘qitishda o‘quvchilarda og‘zaki hisoblashlarning puxta ko‘nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi. Shu munosabat bilan dasturda arifmetik amallarning ba’zi muhim xulosalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar (yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi, yig‘indining guruhlash xossasi va hokazo) bilan tanishtirish kiritilgan, bular bilan bolalar amaliy asosda tanishadilar.
Dasturda 10 gacha, 100 gacha bo‘lgan sonlar bilan qo‘shish va ayirish amallarini bajarish o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatilgan. 10 ichida raqamlash hamda qo‘shish va ayirishni o‘rgangandan keyin 11 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlashga, 100 ichida sonlarni xonadan o‘tmasdan qo‘shish va ayirishga to‘xtab o‘tish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchi bolalarga nafaqat jadvalni eslab qolishlari uchun o‘z vaqtida ko‘rsatma beribgina qolmay, balki, uni o‘zlashtirishlari uchun zaruriy kundalik tayyorgarlik ishlarini ham olib boradi. 100 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishda oldin sonni yig‘indiga, so‘ngra yig‘indini songa qo‘shishning har xil usullari qaraladi. Shundan keyin esa yig‘indini yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan yig‘indini ayirish qaraladi. O‘quvchilar yig‘indi va ayirmaning asosiy xossalaridan kelib chiqadigan qoidalar bilan tanishadilar. Bu qoidalardan foydalanib, ular og‘zaki hisoblash, undan keyin esa yozma hisoblashning har xil usullarini ongli, tushunib o‘zlashtiradilar, yechishning eng maqbul yo‘llarini izlashni o‘rganadilar.
Hisoblashlarning ravon va tez bo‘lishiga katta e’tibor berilishi kerak. Shu bois qo‘shish va ayirishga doir u yoki bu misolning yechilishini mufassal tushuntirishdan o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatoliklarni tushuntirishda zarur bo‘lib qolganda foydalanish kerak.
|
| |