|
Vazirligi muhammad al-xorazmiy
|
bet | 1/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #232452 |
Bog'liq 1-MUSTAQIL ISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
Elektronika va sxemalar 2
Guruh: 22-06 Talaba: Nurullayeva Sevinch Rahbar: O’rinov Jamshid
Mavzu: Qarshiliklarni ketma- ket, parallel va aralash ulash usullari.
Reja:
Qarshiliklarni ketma-ket ulash.
Qarshiliklarni parallel ulash. Kirxgofning birinchi qonuni
Qarshliklarni aralash ulash. Kirxgofning ikkinchi qonuni
QARSHILIKLARNI KETMA-KET ULASH
Eng oddiy elektr zanjir ham bir necha asbob va qurilmalardan iborat bo’ladi. 54-rasmda tok manbai, kalit, ampermetr, lampa va reostatdan iborat bo’lgan elektr zanjir tasvirlangan. Manbadan chiqqan elektr toki kalit, ampermetr, lampa va reostat orqali о tadi. Asboblarning bunday ulanishi ketma-ket ulash deyiladi. Ketma-ket ulashni o’rganamiz.
1. Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi. Asboblar ketma-ket ul- angan zanjirning istalgan nuqtasida tok kuchi bir xil bo’Iadi. Agar shunday bo’lmaganda edi, elektr zaryadlar biror joyda to’planib qolardi. Bu suvquvur tarmog’idagiga o’xshaydi: bir joydan qancha suv oqib o’tsa. boshqa joydan ham shuncha suv oqib o’tishi kerak.Agar bitta karshilikning (iste’molchining) oxirgi qismasi ikkinchi qarshilikning (iste’molchining) bosh qismasi bilan, ikkinchi qarshilikning (iste’molchining) oxirgi qismasi uchinchi qarshilikning (iste’molchining) bosh qismasi bilan va hokazo ulansa, bunday ulanishga ketma-ket ulanish deyiladi.
U holda hamma qarshiliklar (iste’molchilar) orqali bir xil tok o’tadi, chunki zanjirning birorta nuqtasida zaryadlar yig’ilmaydi. Ketma-ket, parallel yoki kombinatsiyalangan sxemaning qarshiligini hisoblash kerakmi? Agar siz taxtani yoqishni xohlamasangiz, kerak! Buni qanday qilishni ushbu maqola sizga aytib beradi. O'qishdan oldin, iltimos, rezistorlarning "boshlanishi" va "oxiri" yo'qligini tushunib oling. Ushbu so'zlar taqdim etilgan materialni tushunishni osonlashtirish uchun kiritilgan.
Om qonuni bo’yicha qarshiliklardagi kuchlanishlar:
Qarshiliklardagi kuchlanishlarni ularning qisqichlardagi potentsiallar ayirmasi bilan ifodalash mumkin:
Shu tenglamalarning chap va o’ng qismlari hadma-xad qo’shilsa, quyidagi tenglamani olamiz:
ya’ni ketma-ket ulangan qarshiliklarda kuchlanishlar tushuvining yig’indisi zanjirning qisqichlar orasidagi kuchlanishiga teng.
So’nggi ifodani hadma-had tokka bo’lsak, quyidagini topamiz:
yoki
Rэ=R1+R2+R3
Bunda: Rэ — zanjirning umumiy (yoki ekvivalent) qarshiligi.
Shunday ilib, ketma-ket ulangan qismlardan tashkil topgan zanjirning ekvivalent qarshiligi barcha qarshiliklarning yig’g’indisiga teng ekan. Elektr zanjirga ulanadigan asboblarni bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ulash va uzish zarur bo’lgan hollarda ketma-ket ulash yaramaydi. Masalan, ketma-ket ulash uydagi xonalarni yoritish uchun yaroqsizdir. Chunki bir vaqtda hamma xonalardagi lampalarni yoqish shart emas. Biz bittasini o’chirganimizda ketma-ket ulangan boshqalarini ham o’chirib qo’yamiz. Ketma-ket ulash rozetkalarni va boshqa asboblarni ulash uchun ham yaroqsizdir.
Zanjirning hamma nuqtalarida tok kuchi bir xil bo’lishiga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Ketma-ket ulangan zanjirning turli joylariga ampermetrlar ulaymiz. Bu 55-rasmda uchta ampermetr yordamida ko’rsatilgan. Bu ampermetrlar bir xil tok kuchini ko’rsatadi.
Shunday qilib,
|
| |